Kutubxonashunoslik fanining o’quv predmeti sifatida shakllanishi




Download 38,38 Kb.
bet3/4
Sana04.10.2024
Hajmi38,38 Kb.
#273432
1   2   3   4
Bog'liq
Hulkaroy Kurs ishi

1.2.Kutubxonashunoslik fanining o’quv predmeti sifatida shakllanishi.
Kutubxonashunoslik fani taraqqiyotining birinchi bosqichi kutubxonachilik nazariyasining tashkiliy masalalari bilan bog‘liq bo‘lib, ular 1921-yil noyabr oyida Markaziy idoralararo kutubxonachilik komissiyasining barpo qilinishi, 1923-yil Toshkent shahrida kutubxona birlashmalarining tashkil etilishi, turli kutubxonachilik kengashlari, konferensiyalar, seminarlar, qurultoylarning chaqirihshi, respublikadagi ayrim kutubxonalar faoliyatini tekshirish, kutubxona shoxobchalarini rivojlantirish rejalarining tuzilishi, yetakchi kutubxonalarning ilg'or ish tajribalarini o‘rganish, targ‘ib qilish, ommalashtirish va boshqa ishlar amalga oshirildi. О sha davrda kutubxonashunoslar tomonidan ba’zi bir muammolar o‘rganilgan va rivojlantirilgan. Bular: • kutubxonachilik ishi tarixi va nazariy asoslarining umumlashtirilishi (O zbekiston davlat kutubxonasi asarlarining nashr qilinishi va ilmiy sessiyalarning o‘tkazilishi); • О zbekiston davlat kutubxonasining ilmiy hisobotlarini tuzish va faoliyatini tahlil qilish; • kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishning ahvoli va kutubxona fondini to‘ldirish muammolarini o‘rganish; • kutubxona shoxobchalari va tarmoqlarini tashkil qШsh; • tavsiflash metodlari va alifbo katalogini tashkil qilishning nazariy asoslarini ishlab chiqish hamda o‘zbek tilidagi kutubxonacliilik atamalari muammolarini tadqiq etish; • turli xil nazariy qarashlar (tanqidiy, munozarali), aniq namoyon bo‘lgan o‘nli bibliografik klassifikatsiya jadvali nazariy va amaliy asoslarining ishlab chiqilishi. 0 ‘zbekistonda kutubxonachilik fani rivojlanishining ikkinchi bosqichi birinchi bosqichdan farqli ravishda sohada mahalliy millat vakillarining ko‘payishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda kutubxonachilik ishining umumiy masalalaridan tortib, alohida kutubxonalar faoliyati, kutubxona tarmoqlari, kutubxonalar ishining ayrim yo‘nalishlari, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, kutubxona fondiga oid muammolar, kutubxonalar ishini tashkil qilish, kutubxonalarda ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib qilish, boshqa kutubxonalar amaliyotiga joriy etish, kutubxonalar ish tajribalarini ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida to‘plamlar nashr qilish, lug‘atlar, ma’lumotnomalar tuzish, ma’lum mavzularda dissertatsiyalar yaratish masalalari asosiy o‘rinda turdi. 1940-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab matbuotda 0 ‘zbekistonda kutubxonachilik ishi, uning tashkil etilishi, tarmoqlarning rivojlanishi, A. Navoiy nomidagi davlat kutubxonasining faoliyati, tashkiliy-metodik ishlariga oid materiallar paydo bo‘la boshlaydi. 1950-yillar o‘rtalariga kelib, jamoa xo‘jaliklari kutubxonalari ishi keng o‘rganiladi va ular matbuotda yoritila boshlanadi. 0 ‘tgan asrning 60-yillariga kelib, qishloq va sho‘ro xo‘jaligi kutubxonalarining faoliyati, taraqqiyoti bo‘yicha materiaUar paydo bo‘ldi. Markaziy ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi faoliyati, qishloq va sho‘ro xo‘jaligi kutubxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yoritila boshlandi. 1950-yiIlardan bolalar kutubxonalari xodimlarining bolalarga kutubxona xizmati ko'rsatish, ilg'or tajribalarni ommalashtirish, bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish, bolalar bilan ishlash masalalarini yoritadilar. 0 ‘tgan asrning 60-yillari boshlariga kelib, ochiq kitob fondlarini tashkil etish masalasi oldingi o‘ringa chiqdi. 1960-yilda Farg‘ona va Buxoro viloyatida tuman kutubxonalanning ochiq kitob fondi sharoitida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tajribasi o‘rganilib, respublika miqyosida bu ilg‘or tajribani yoyishga o'tildi. Dastlab bu masalada Moskva va Sankt-Peterburgda nashr qilingan uslubiy qo‘llanmalardan foydalanildi. Shuning uchun ш1Шу tildagi adabiyotlar fondini shakllantirish, kitoblarni joylashtirish usullarini ishlab chiqish, tavsiya bibliografik qo llanmalarining yetishmasligi, katalog va kartotekalar tizimining takorniUashmagani tufayli kutubxona fondi mazmuni to‘la ochib berilmasligi, ochiq kitob fondi sharoitida «kutubxonachining bo‘lishi shart emas» degan tushunchalaming paydo bo‘lishi kutubxonachilik ishini takomillashtirishdagi asosiy to‘siqlar bo‘lib qoldi. Shu sababli, 0 ‘zbekiston davlat kutubxonasi metodik markaz sifatida ochiq kitob fondi sharoitida kitobxonlar o‘qishiga rahbarlik qilish, kutubxona fondini o‘rganish va to‘ldirish, katalog va bibliografik qo‘llanmalardan foydalanish hamda boshqa dolzaib masalalar bo‘yicha tajribalami o‘rganish, ommalashtirish, umumlashtirish masalalari bilan shug‘ullandi. Kutubxonachilar uchun viloyat, shahar, tuman kutubxonalarida ochiq kitob fondini tashkil etish, fondni joylashtirish, kutubxonachilarga yordam beradigan adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan tavsiya uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish boshlandi. Shu sharoitda o‘qishga rahbarlik qilish, kitobxonlar qiziqishini o‘rganish, ommaviy, bolalar, kasaba uyushmalari, texnika kutubxonalarida ochiq fondni tashkil etish kabi dolzarb masalalar paydo bo‘ldi. 1962— 1966-yillarda 0 ‘zbekiston davlat kutubxonasi «Наг bir kishining mehnati — hammaning baxt-saodati uchun» umumiy sarlavhasi bilan uchta to‘plamni nashrdan chiqardi. Birinchi to‘plam 1962-yildan nashr etilgan bo‘lib, respublika kutubxonalari fondini o‘rganish natijasida o‘zbek tilidagi adabiyotlar fondining o‘zagi (yadro)ni yaratish muammolari, texnika, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni targ‘ib qilish masalalari ana shu qismda ochib berildi. Ikkinchi to‘plam esa Farg‘ona viloyati kutubxonasida ishchi yoshlaming o‘qishiga rahbarlik qilish va o‘lkashunoslik ishlari tajribalari asosida to plangan materiallar asosida 1966-yili nashrdan chiqdi. Uchinchi to plam ham 1966-yil nashr etilgan bo‘lib, unda adabiyotlar targ‘iboti, mehnatkash-kitobxonlar orasida ilmiy bilimlarni targ‘ib qilish, qishloq joylarda va shaharlarda har bir oilaga kitobni yetkazish, ayrim jamoa xo‘jaligi kutubxonalarining ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan. Bu to‘plamlar tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, kutubxonachilik ishi tarixini o‘iganishda manba bo‘lib qoladi. 1972-yili oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kutubxonalari xodimlarining ish tajribalarini umumlashtirgan dastlabki to‘plam nashrdan chiqdi. Bu to‘plam uslubiy xarakterda bo‘lib, yoshlarga kutubxona-bibliografik xizmati ko‘rsatish tajribalarini umumlashtirish maqsadida Toshkent davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet) tomonidan nashr etilgan edi. 0 ‘sha davr mutaxassislari to‘plamga yuqori baho berishgan va to‘plam ko‘plab kutubxonalar uchun tajriba almashish, boshqa kutubxonalar tajribasini o‘rganib, o‘z faoliyatlariga singdirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Bunga o‘xshagan to‘plam 1974-yilda boshqa nomda nashr etilgan edi. 195 8-yilda Qo‘qon pedagogika instituti tarkibida kutubxonachilik fakulteti tashkil etiladi va 1960-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti tarkibiga kiritildi. Shundan so‘ng mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sifati, ko'lami ancha oshdi. Kutubxonashunoslik va bibliografiya fani rivojlana boshladi. Bu esa kutubxonalar tizimining amaliyotiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, 0 ‘zbekistonda tarix fanining taraqqiyotida o‘zgarishlar yuz berdi. Alohida kutubxonachilik ishi tarixi hali mustaqil o‘rganilmagan bo‘lsa-da, ikki yo‘nalishda: xalq maorifi tarixi, nashriyotchilik ishi, madaniy-ma’rifiy ishlar tarixi o‘rganilganda ma’lum bir ma’noda kutubxonachilik ishi tarixiga ham o'rin berilgan edi. 1959-yil hukumatning «Mamlakatda kutubxonachilik ishining ahvoli va uni yaxshilash choralari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi. 1960—70-yillarga kelib, Nizomiy nomidagi TDPI qoshidagi kutubxonashunoslik kafedrasi jamoasi tomonidan kutubxonachilik ishi tarixi o‘rganila boshlandi. Ilk feodallar jamiyati davridan 1924-yilgacha bo‘lgan davrda 0 ‘zbekiston kutubxonachiligi tarixi masalasi birinchi marta Osiyo G‘afurovna Qosimova tomonidan tadqiq etildi. Natijada, 1965-yilda Toshkent davlat universitetida respublikada birinchi bo‘lib kutubxonachilik ishi tarixi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Bu O. Qosimovaning «0‘zbekistonda ommaviy kutubxonalar tarmog‘ining rivojlanishi» mavzusidagi ishii edi. Tarixiy materiallar asosida ilk bora Turkiston o‘lkasi kutubxonalari tarixi, turli xil ilmiyjamiyatlar kutubxonalari faoliyati, nolegal kutubxonalar, Turkiston ommaviy kutubxonasi, unda tashkil topgan Kutubxonachilik komissiyasining tashkil topishidan to 1924-yilgacha bo‘lgan faoliyat yoritildi. Inqilobdan keyingi davrni o‘r%anishda davrlashtirish prinsipini qo‘llagan holda ommaviy kutubxonalar rivojlanishi, har bir davrda aholiga kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishning xususiyatlarini ochib bergan. Ilmiy ishi natijasidan unumli foydalangan O. Qosimova 1968-yilda «0‘zbekistonda kutubxonachilik ishi» nomli asarini nashr ettirdi. Bu asarda 1924-yildan 1967-yilgacha bo‘lgan davrdagi 0 ‘zbekiston kutubxonalari tarixi, istiqboli tanqidiy va tahliliy ravishda ochib beriladi. Kutubxonachilik ishi tarixi muammolari bilan amaliyotchilar ham shug‘ullanishgan. A. Navoiy nomidagi 0 ‘DK xodimi Y.B. Abramov Leningrad davlat madaniyat instituti bazasida 1967-yili «0‘zbekistonda kataloglashtirish nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi» mavzusida dissertatsiyasini himoya qiladi. Ishning birinchi qismida muallif IX asrdan to Rossiyaning 0 ‘rta Osiyoni bosib olgunigacha bo‘lgan davrda 0 ‘zbekiston hududida kataloglashtirish tarixini yoritgan. Asosiy e’tiborini Turkiston Ommaviy kutubxonasi (TOK)ning rusbo‘limi katalogi, Turkiston o‘lkasidagi shahar, ilmiy, o‘quv yurtlari va boshqa kutubxonalar kataloglariga qaratgan. TOKning kataloglashtirish faoliyati va uning rivojida N .V. Dmitrovskiy hamda kutubxonachilik komissiyasining o‘rni tarixan o‘rganib chiqilib, tadqiq qilingan. Tadqiqotning keyingi qismlarida 1917—1924-yillar Turkiston muxtor respublikasida, 1925 1967-yillarda 0 ‘zbekistonda kataloglashtirish jarayonlari va amaliyoti 0 ‘zbekiston davlat kutubxonasi misohda yoritilgan. О DK negizida 1918-yili tashkil topgan kutubxona fondini kataloglashtirish muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus komissiya faoliyati birinchi bor ilmiy jamoatchilikka yetkazildi. 1969-yili ToshDU asosiy kutubxonasi xodimi Aleksandr Ivanovich Kormilitsin «Inqilobdan oldingi Turkistonda kutubxonachilik ishi tarixi» mavzusida ilmiy ishini himoya qiladi. Ishda Turkistonning mahalliy aholi soni ko‘p bo‘lgan Sirdaryo, Farg‘ona va Samarqand viJoyatlari bo‘yicha tadqiqot ishlari yoritilgan. 1970-yillarning birinchi yarmida ilmiy kutubxonalar faoliyati ham tadqiq qilina boshlandi. 1973-yili M.Rahimova ToshDUda «0‘zbekiston SSR ilmiy kutubxonalari taraqqiyoti tarixi» (1917— 1941 -yillar) mavzusida ilmiy ishini himoya qiladi va 0 ‘zbekiston davlat kutubxonasi, ToshDUning ilmiy kutubxonasi, A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat kutubxonasi, A. Navoiy nomli Samarqand davlat universitetining asosiy kutubxonasi, Abu Ali ibn Sino nomli Buxoro viloyat kutubxonasi, FA asosiy kutubxonasi, Toshkent davlat tibbiyot instituti kutubxonalari tarixi, respublikada ilmiy kutubxonalar tarmog‘ining shakllanishi, oliy o‘quv yurtlari kutubxonalari faoliyati va muammolari atroflicha tadqiq qilingan. 1941 — 1970-yillarda ilmiy kutubxonalar faoliyati tarixini Boqibillo Karimov tadqiq qiladi va «0‘zbekiston SSRda ilmiy kutubxonalar taraqqiyoti» nomi bilan ilmiy ishini himoya qiladi. Unda Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, Respublika hududiy patent fondi kutubxonasi, 0 ‘zbekiston davlat rejani llmiytexnika va texnik-iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy tekshirish institutining xalq xo‘jaligi mutaxassislariga xizmat ko‘rsatish faoliyati yoritib berilgan. Mamlakatimiz kutubxonashunoslik fanining rivojlanishini o‘rganishda, tadqiq qilishda yana ma’lumotnoma nashrlar ham alohida ahamiyatga ega. 1964-yili A. Navoiy nomidagi О DK tomonidan o‘zbek tilida « 0 ‘zbekistonning yirik kutubxonalari» nomli ma’lumotnoma e’lon qilindi. Unda respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan ilmiy kutubxonalar, viloyat, oliy o‘quv yurtlari va kasaba uyushmalari kutubxonalari faoliyati yoritilgan, makoni, joyi, tarixi, qaysi tarmoqqa qarashliligi va vazifalari, tuzilishi, kitob fondi va kitobxonlar miqdori ko‘rsatilgan. Yana bir ma’lumotnoma «0‘zbekistonning texnika kutubxonalari»dir. Bu 0 ‘rta Osiyo respublikalari bo yicha shunday tipdagi birinchi nashr hisoblanadi. Maqsadi 0 ‘zbekiston kutubxonalarining kitob fondini to‘ldirish, kutubxonachilik va axborot ishlarim muvofiqlashtirish. U respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, boshqa ilmiy-texnika va texnika kutubxonalari, 0 ‘zbekiston Madamvat ishlari vazirligining viloyat kutubxonalari, FAning asosiy kutub xonasi, universitetlar va texnika oliy o‘quv yiirtlari kutubxonalari haqida ma’lumotlar beradi. Xulosa o‘mida 1946— 1974-yillarda e’lon qilingan materiaUar asosida shuni aytish mumkinki, respublika kutubxonalari faoliyati chuqur ilmiy va tanqidiy jihatdan o‘rganildi va sharhli-axborotli materiallar ko‘paydi, ilg‘or tajribalar o‘rganilib, umumlashtirildi va amaliyotgajoriy etildi, kutubxonachilik ishi haqida ilmiy tadqiqotlar ko‘paydi, ma’lumotnoma va lug‘at nashrlari paydo bo‘ldi. A. Navoiy nomh 0 ‘DK mamlakatda kutubxonachilik ishining tashkilotchisi, jonkuyari, ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiruvchi markazga aylana boshladi. Kutubxonachilik sohasida kadrlar tayyorlashning oliy va maxsus tizimi tarkib topdi. 1974-yilda sobiq Ittifoqda 14-chi bo‘lib Toshkent davlat madaniyat instituti tashkil topdi va uning tarkibida «Kutubxonachilik» fakulteti ish boshladi. Respublikada yagona oliy ma’lumotli kutubxonachi-bibliograflar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti 2012-yilgacha faoliyat yuritdi, ko‘p yillar mobaynida mamlakatimiz, qo‘shni va xorijiy davlatlar kutubxonalari uchun malakali kadrlar tayyorlab keldi, mamlakatimiz kutubxonachiligi tizimini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shdi. 1974-yil kutubxonachilik ishi sohasida markazlashtirilgan tizimni boshlab bergan «Mehnatkashlarni kommunistik ruhda tarbiyalashda va fan-texnika taraqqiyotida kutubxonalarning rolini oshirishto‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu esa 1975-yildan boshlangan kutubxonashunoslik fanining uchinchi bosqichi rivojida muhim asos bo‘lib qoldi. Bu davrda kutubxonashunoslik fani yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Kitob ishi tarixi, kutubxonalar tarmoqlari, kutubxonashunoslik fani va uning umurniy muammolarini hal etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. O. Qosimovaning o‘zbek va rus tilidagi «0‘zbekistonda kutubxonachilik ishi tarixi» darsligi kutubxonachilik fakultetida o‘qitila boshlandi. Bu davrda kutubxonachilik ishi muammolariga oid bitta doktorlik va 7 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. «0‘zbek tilining kutubxonachilik-bibliografik terminshunosligi» (E. Yo'ldoshev) rriavzusida isfi boshlanib, u «0‘zbek kitobatchiligi terminologiyasi» ncfmibilan doktorlik ishi darajasiga yetdi. Professor Ergash Yo‘l doshev « 0 ‘zbekistonda bolalarga kutubxonachilik xizmati ko‘rsatilishi: shakllanishi, rivojlanishi va istiqbollari», M. Rasulov «MKSda ommaviy qishloq xo‘jaligi kasbi mehnatkashlariga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish», M.A. Zufarova «Ikki tillilik sharoitida sistematik katalog: tashkil qilish muammolari va takomillashtirish yo‘llari», V.V. Sadurskaya «Yuqori sinf o‘quvchilarining bilishga oid faolligini shakllantirishda yoshlar kutubxonasi, maktab ishlab chiqarish jamoasining o‘zaro hamkorligi», M. Mahmudov «Maktab o‘qituvchilariga kutubxona xizmatini ko‘rsatish: hozirgi ahvoli va taraqqiy ettirish yo‘llari» mavzularida tadqiqot ishlarini yakunladilar. Bu bosqichda 0 ‘zbekistonda kutubxonashunoslik fanini rivojlantirishning asosiy masalalaridan biri ilg‘or tajribalami o‘rganish, tahlil qilish va ommalashtirishdan iborat edi. Shu yo'nalishda 1960-yillardan Alisher Navoiy nomidagi Respublika davlat kutubxonasi (hozirgi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi) 34 ta maxsus to‘plam nashr qiladi, 1976-yildan « 0 ‘zbekiston kutubxonalari» nomi bilan davomli nashr chiqadi. Ilmiy to‘plam sifatida respublika kutubxonalaridagi amaliy ish tajribalari yoritadigan, tahlil va targ‘ib qiladigan nashrga aylanadi. Keyinchalik bu to‘plam « 0 ‘zbekiston kutubxonashunosligi: kutubxonachilik ishi nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha maqolalar to‘plami» nomi bilan chiqarila boshlandi va kutubxonachilik ishining nazariy va amaliy muammolari bo‘yicha umumiy materiallar, uning ayrim yo‘nalishiariga bag‘ishlangan risolalar o‘z aksini topdi. Bu nashr respublikada kutubxonachilik ishi tarixi, nazariyasi, amaliyoti va istiqboli masalalarini yoritadigan, ishlab chiqadigan, barcha kutubxona tarmoqlari o‘rtasida ilg‘or tajribalarni ommalashtiradigan, mamlakatimizda va hududlarda kutubxonachilik ishi qurilishi xususiyatlarini o‘rganadigan, kutubxona xodimlari malakasini oshiradigan, kitobxonlarda o‘qish madaniyatini tarbiyalaydigan, kutubxonachilik kasbining nufiizini, obro‘-e’tiborini ko‘taradigan nashrga aylandi.
II BOB
2.1. Kutubxonachilik faoliyatining taraqqiy topishi
1975— 1990-yillarda «Kutubxonashunoslik» fanining rivojlanishida asosiy e’tibor respublikada maktab o‘quvchilari va bolalarga kutubxona xizmati ko‘rsatish sifatini oshirish masalalariga qaratildi. Kitobxonlar o‘qish madaniyatini tarbiyalash, o‘qishiga rahbarlik qilish masalalari har tomonlama ishlab chiqila boshlandi. Shu davrda Toshkent davlat madaniyat institutining «Bolalar adabiyoti va kutubxonalarda bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish» kafedrasi tashkil topib, uning faoliyati ko‘lami va sifati jihatidan ko‘zga tashlandi. Bu kafedraga awal filologiya fanlari doktori, folklorist olim Malik Murodov, keyinchalik pedagogika fanlari nomzodi, professor E. Yo‘ldoshev rahbarlik qildi. 1982—1990-yillarda M. Murodovning bolalar kitobxonligi, ularning o‘qishiga rahbarlik qilish, kitobxonlikning ildizlari, oilada kitobxonlik, uning ildizlari, an’analari, shaxsiy kutubxonalar va ularda aholiga xizmat ko‘rsatish, bolalar ma’naviy dunyosini shaldlantirishda kitobning o‘rni, E. Yo‘ldoshevning «Bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish», «0‘qish madaniyatini tarbiyalash» kabi risolalari nashr etildi. Maktab va litsey kutubxonalari ishini tashkil etish, kutubxonalarda kataloglarni tashldl etish, kitob fondini tashkil etish va u bilan ishlash, turli sinf o‘quvchilari bilan ishlash, ular o‘rtasida kutubxonachilik va bibliografik bilimlarni targ‘ib etish bo‘yicha kitoblar va risolalar, turli ommaviy tadbirlarni tashkil etish metodikasiga oid qo llanmalar respublika «Kitobxon» jamiyati bilan hamkorlikda nashr etildi. Ulardan «Badiiy adabiyotlarni targ‘ib etishning ommaviy usullari», «Adabiy o‘qishlarni tayyorlash va o‘tkazish metodikasi», «Adabiy viktorinalar» kabi yangi ish usullarinmg metodikasini o‘rgatuvchi, ommalashtiruvchi metodik risolalar nashr etildi. Chunki, bu davrga kelib, ommaviy ishlarni tayyorlash va o‘tkazishda yagona metodikaga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Turli kutubxonalarda ommaviy ishlarning o‘zi bo‘larchilik bilan, har kim o‘zi istagancha o‘tkazishi ommaviy tadbirlaming ta’sirini, sifatini, nufuzini tushirib yubordi. 1975—1990-yillarda kutubxonachilik ishi sohasidagi tadqiqotlar kutubxonalarning ijtimoiy rolini oshirishga qaratildi. Bu sohaga adabiyotshunoslaming kirib kelishi ko‘zga tashlandi. Ammo, kutubxonachilik ishi masalalarining hal etilishida sotsiologlar, faylasuflar, pedagoglar, psixologlar yetarli darajada ishtirok etishmadi. Bu davrda asosiy e’tibor sohaga oid ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, bolalar va o‘smirlar bilan ishlash, o‘qish madaniyatini tarbiyalash, o‘qishiga rahbarlik qilish, yetakchi kutubxonashunos-bibliograf olimlarning faoliyatini o‘rganish, tadqiq qilish, targ‘ib qilish, kutubxonashunoslik fanining boshqa sohalar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ular yordamida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, aholiga kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, kutubxona tarmoqlarini markazlashtirish, madaniy-ma’rifiy muassasalar tizimida kutubxonalarning o‘rni masalasini o‘rganish, tadqiq qilish, kutubxonachilik hududiy birlashmalari faoliyatini o‘rganish masalalari uchinchi bosqichga xos edi. 1991-yil 0 ‘zbekiston mustaqilligi qo‘lga kiritilganidan so‘ng jamiyatning barcha qatlamlarida o‘zgarishlar yuz berdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tish davri boshlandi. Hamma sohada iqtisodiyotni mustahkamlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda bo‘lgani kabi madaniyat va san’at sohasida ham milliylikka e’tibor oshdi. Milliy urfodatlarimizni takominashtirish, milliy qadriyatlarimizni qaytadan o‘rganish, tahlil qilish, ayniqsa, o‘zbek millati tarixini yangi nuqtayi nazardan o‘rganish masalasi, ma’naviyatni shakllantirish, rivojlantirish oldingi o‘ringa chiqdi. Diniy qadriyatlar qaytadan tiklandi. Xorijiy mamlakatlar bilan barcha sohada hamkorlik kuchaydi. Xorijiy investitsiyalar mamlakatimiz rivojiga ta’sir eta boshladi. Kutubxonachilik ishi sohasida ham xorijiy grantlar, hamkorlik yordamlari paydo bo‘ldi. Ulaming ta’sirida va ko‘magida kutubxonachilik ishi sohasida avtomatlashtirish tushunchalari shakllanib, amaliyotga joriy etila boshlandi. Shulardan eng asosiysi elektron kataloglarning tashkil etilishi bo‘ldi. Mamlakatimizda dastlab Toshkent viloyati «Turon» ilmiy-universal kutubxonasi, 0 ‘zbekiston FA asosiy kutubxonasining faoliyatida yangi texnologiya paydo bo‘ldi, Rossiyaning «IRBIS» dasturi asosida elektron kataloglar yaratila boshlandi. «Turon» kutubxonasi tomonidan bir necha xorijiy grantlar yordamida respublika kutubxonalari uchun o‘quv seminarian tashkil etilib, elektron katalog tuzish qoidalari, nusxa ko‘chirish apparatlari yordamida adabiyotlardan nusxa olish, bibliografik yozuvlarni dasturga kiritish, kompyuter savodxonligini oshirish masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. XX asrning so‘nggi yillariga kelib, mamlakatimiz kutubxonalari faoliyatiga kompyuterlar kirib keldi. Ular yordamida kutubxonachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan kutubxonachilar mehnatini yengillashtirish, ulaming ish samarasini va sifatini oshirish masalalari kun tartibiga chiqdi. Shu sababli, 1994-yildan boshlab AK respublikada birinchilardan bo‘lib, Rossiyaning «IRBIS» dasturi asosida elektron katalog yaratishga kirishdi. 1998-yili kutubxona ish jarayonlari shu dastur asosida avtomatlashtirishga o‘tkazila boshlandi, kitobxonlarda Internet tarmog‘ida ishlash imkoniyati yaratildi hamda elektron pochta aloqasi ishga tushdi. 2001-yili FAAK Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib, «Avtomatlashtirilgan kutubxona modeli» loyihasi doirasida respublika kutubxona xodimlarini axborot texnologiyalari savodxonligiga o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv markazi ish boshladi va 150 dan ortiq kutubxona xodimi o‘qitildi. 1994-yildan boshlab, AK fondiga olingan hujjatlarning elektron katalogi, 9 mingga yaqin dissertatsiyalarning bibliografik yozuvlari kiritildi. Ammo bu ishlar dastlabki davrda bajarilgani va hali kutubxona xodimlarida elektron katalog tuzish madaniyati yetarli bo‘lmaganligi sababli bibliografik yozuvlarni kiritishda ko‘pgina xatolar mavjud edi. 2000 2004-yillarda Toshkent viloyati «Turon» ilmiy-universal kutubxonasi (2006-yildan axborot-kutubxona markazi) nafaqat Toshkent viloyati kutubxonalari, balki respublika kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida xorijiy grantlardan foydalanib, 5 ta viloyat kutubxonasida «Huquqiy axborot markazi»ni tashkil etdi, ularni kompyuter, printer, skaner bilan ta’minladi va elektron katalog tashkil etish ishlarida yordam berdi, kutubxonalar faoliyatiga fandrayzing usulini olib kirish bo‘yicha bir yil davomida o‘quv seminarian tashkil etdi. 1999-yildan boshlab mutaxassislar sa’y-harakati bilan xorijiy tashkilotlar ko‘magida «Fan, texnika, ta’lim va biznes sohalarida kutubxona, Internet resurslaridan foydalanish — «Central Asia» nomi bilan ikki yilda bir marta 0 ‘zbekistonning yirik shaharlari va kutubxonalari bazasida Xalqaro anjuman o‘tkazila boshlandi. Bu anjumanda dunyo mamlakatlarining ilg‘or kutubxonashunos va bibliograf olimlari, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etadilar. Anjumanda kutubxonachilik ishini takomillashtiiish, sifatli va samarali axborot xizmati ko‘rsatish, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, elektron kataloglar yaratish, mamlakatlarning yig‘ma elektron kataloglari, ilg‘or ish tajribalari, virtual kutubxonalar, elektron kutubxonalar, ularning ishini tashkil etish, Internet xizmati, Internet resurslarini yaratish, xususiy elektron resurslar va ularni yaratish, masofadan turib xizmat ko‘rsatish, elektron resurslar tashkil etish, o‘zaro almashish, hamkorlik ishlari, elektron bibliografik resurslar yaratish va fondini tashkil etish kabi ko‘plab masalalar muhokama qilindi. Anjumanda axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq tashkilotlar — nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari, kompyuter texnologiyalari ishlab chiqarish kompaniyalari, dasturchilar, arav xodimlari qatnashib, fikr almashdilar. Bu davrda xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rganish, kutubxonalar faoliyatiga olib kirish borasida katta ishlar bajarildi. Turli grantlar jalb etilib, Ispaniya, Italiya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Latviya, Litva, Shvetsiya, Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog'iston, Qirg‘iziston kabi ko‘plab mamlakatlar bilan hamkorlik o‘rnatildi, ularning ish tajribalarini o‘rganish maqsadida ijodiy safarlar, o‘quv kurslari tashkil etildi. Bunda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti kutubxonashunos-bibliograflari, talabalar, mamlakatimizning yirik kutubxonalari xodimlari qatnashdilar. Ayniqsa, bu borada Germaniyaning Gyote instituti faoliyati juda samarali bo‘ldi. Bu institut yordamida Samarqand viloyati AKMda, Toshkent shahar sanoat kasb-hunar kollejining ARMda nemis o‘quv zallari tashkil etildi, kompyuterlar va ilg‘or texnika vositalari bilan jihozlandi, adabiyotlar va elektron resurslar fondi tashkil etildi. Mamlakatimiz kutubxonalarida xususiy elektron resurslar yaratish ishlari, yig‘ma elektron katalog yaratila boshlandi. Kutubxonachilik ishi sohasida yangi qonuniy va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Xulosa
Kutubxonalar paydo bo'libdiki, ularda shu davrning, makonning o‘ziga xos axborot resurslari to‘plangan, saqlangan va keyingi avlodlarga yetkazib berilgan. Shu bilan birga, ular inson kamoloti uchun, jamiyat taraqqiyoti uchun bilim manbayi, rivojlanish asosi bo‘lgan. Bugungi kunda ham axborot resurslari, asosan, kutubxonalarda yig'ilgan bo‘lib, bu foydalanuvchilarga aynan shu kutubxonadagi va boshqa kutubxonalar fondidagi axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Axborot va Internet texnologiyasining rivojlanishi kutubxonalar oldiga mavjud resurslarni tartibga solish, elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, axborot resurslarini kooperatsiyalash, ularga erkin kirish va unumli foydalanish uchun shartsharoitlar yaratish vazifalarini qo‘ydi. Ana shu zaruratdan kelib chiqqan holda 2006-yil 20-iyunda Respublika Prezidenti tomonidan qabul qilingan «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori mamlakatimiz kutubxonachilik sohasida axborot va telekommunikatsiya texnologiyasini rivojlantirish va takomillashtirish uchun keng yo‘l ochib berdi. Qaror axborot-kutubxona bilan ta’minlashni takomillashtirish, kutubxonachilik ishini rivojlantirish va takomillashtirish uchun butun kutubxonachilik tizimini tubdan isloh qilishga asos bo‘ldi. Qarordan so‘ng mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan markazlashgan kutubxonalar tizimiga barham berildi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi ommaviy, ilmiy-universal kutubxonalar yangicha nuqtayi nazarga ko‘ra, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlariga aylantirildi. Mavjud respublika, viloyat ilmiy-universal hamda Toshkent shahar markaziy kutubxonasi axborot-kutubxona markazlari sifatida qaytadan tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligi tasarrufiga o'tkazildi. Markazlashgan kutubxonalar tizimidagi markaziy va filial kutubxonalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tizimidagi kasb-hunar kollejlari, akademik litsey, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktab kutubxonalari bilan birlashtirilib, axborot-resurs markazlariga aylantirildi. Endilikda ular maxsus kutubxona sifatidagi faqat o‘z o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talaba-o‘quvchilarigagina xizmat qilib qolmasdan, balki aholining barcha qatlamiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatuvchi axborot-resurs markazi vazifasini bajaradi. Bu an’anaviy kutubxonachilik ishi shakllaridan zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida yangicha o‘ta takomillashgan va samarali usullarni joriy etish va foydalanishga o‘tish zaruratini keltirib chiqaradi. Kutubxonalar o‘z xususiy elektron resurslarini yaratishi, mamlakatimizning yig‘ma elektron katalogini yaratishda faol ishtirok etishlari, Internet va boshqa axborot tarmoqlaridagi axborot ma’lumotlaridan unumli foydalangan holda aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning zamonaviy yangi shakl va usullarini ishlab chiqish uchun faoliyat yurita boshladilar. 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarorda respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash tuzish va uning vazifalari haqida alohida fikrlar berilgan, uning tarkibi ilova qilindi. 2007-yil 27-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori e’lon qilindi va Nizom qabul qilindi. Unga ko‘ra, kengash ARM va AKM hamda kutubxonalai faoliyatini uning yo‘nalishlariga mos muvofiqlashtirish ni amalga oshiruvchi kollegial idoralararo organ deb belgilandi. Uning asosiy vazifalari etib, axborot-kutubxona faoliyatidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish, tarmoqlararo tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish, mamlakatimiz va xorijdagi ilmiy-axborot faoliyatini o‘rgangan holda tavsiyanomalar ishlab chiqish belgilandi. Uning vazifasi sifatida AKM, ARM hamda kutubxonalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, ular fondini komplektlashning asosiy yo‘nalishlari, mamlakatimiz adabiyotlari, shu jumladan, hujjatlaming majburiy nusxalari, qog‘oz va elektron manbalardagi xorijiy nashrlar, xalqaro kitob almashish, ma’lumotlar bazalari va banklari bilan to‘la ta’minlash bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish va ishlarni muvofiqlashtirish, fondlarning fizik holatini, nashrlar, noyob fondlar va madaniy meros yodgorliklarini saqlashni ta’minlashning chora-tadbirlari haqida tavsiyanomalar ishlab chiqish, mamlakatimiz va xorijiy nashrlarga obuna bo‘lishga budjet, valuta mablag‘larini taqsimlash, kutubxonachilik sohasidagi ilg‘or texnologiyalar negizida kutubxona kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish, barcha turdagi me’yoriy hujjatlaming ishlab chiqilishini ta’minlash, kutubxonachilik ishiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirishdan iborat etib belgilandi. Bundan tashqari, kengash kutubxonachilik ishini rivojlantirishning istiqbolli dasturlarini va yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, kutubxonalarnmg kitob savdosi tashkilotlari, OAV bilan hamkorligini o‘rnatish, ularning fondlarini shakllantirish, ulardan foydalanish, adabiyotlarni nashr etish va qayta nashr etish bo yicha takliflar tayyorlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, kadrlar bilan ta’minlash, elektron kataloglar tashkil etish ishini rivojlantirish, elektron resurslardan foydalanishning korporativ tizimlarim, noyob kitoblami raqamlashtirish markazlarini tashkil etish bo yicha ilmiy-texnik loyihalarni ishlab chiqish, ish tajribalarini о rganish, ommalashtirish, o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo'yish, xalqaro hamkorlikni o‘rnatish, respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarni tayyorlash va o‘tkazish vazifalarini bajaradi.


Download 38,38 Kb.
1   2   3   4




Download 38,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kutubxonashunoslik fanining o’quv predmeti sifatida shakllanishi

Download 38,38 Kb.