• MAVZU:Kutubxonashunoslik fanining ilmiy va o’quv predmeti sifatida paydo bo’lishi va shakllanishi (XIX asr)
  • II BOB 2.1. Kutubxonachilik faoliyatining taraqqiy topishi ___________________ 16 2.2. ______________________ 28 Xulosa
  • Kutubxonashunoslik fanidan




    Download 38,38 Kb.
    bet1/4
    Sana04.10.2024
    Hajmi38,38 Kb.
    #273432
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Hulkaroy Kurs ishi




    О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI KUTUBXONA - AXBOROT FAOLIYATI FAKULTETI KUTUBXONA – AXBOROT FAOLIYATI (FAOLIYAT TURLARI BO‘YICHA) BAKALAVRIAT TA’LIM YО‘NALISHI
    KUTUBXONASHUNOSLIK FANIDAN


    KURS ISHI


    MAVZU:Kutubxonashunoslik fanining ilmiy va o’quv predmeti sifatida paydo bo’lishi va shakllanishi (XIX asr)

    Bajardi: Xamraliyeva Zebuniso


    Ilmiy rahbar: Y.Mannonov

    Toshkent-2023





    MUNDARIJA
    KIRISH ___________________________________________________ 3
    ASOSIY QISM
    I BOB
    1.1.Kutubxonashunoslikning paydo bo’lishi_________________________ 7
    1.2.Kutubxonashunoslik fanining o’quv predmeti sifatida shakllanishi____
    II BOB
    2.1. Kutubxonachilik faoliyatining taraqqiy topishi ___________________ 16
    2.2. ______________________ 28
    Xulosa_____________________________________________________ 32
    Foydalanilgan adbiyotlar_____________________________________ 35


    KIRISH
    Insoniyat tarixi kurashlardan, aql va ma’rifatning rivojidan, uning nodonlik ustidan g‘alabasidan, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat. Insoniyat doimo muntazam taraqqiyot yo‘lidan borgan. Inson tafakkurini o‘zida aks ettirib, saqlab kelayotgan ijtimoiy xotira shu taraqqiyot negizini tashkil etadi. Ijtimoiy xotira insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida biron-bir axborotni yoki ma’lumotni qayerdadir qayd etish, ro‘yxatga olish, saqlash, qayta ishlov berish, kimgadir, avloddan avlodga yetkazishning o‘sha davrga xos shakllaridan iborat bo‘lgan. Bu shakllar ma’lum bir sifatga, qiyofaga yoki vositalarga ega bo‘lgan. Jamiyatlar taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida tilning paydo bo‘lishi dastlabki tajribalarni o‘zlashtirib, tahlil qilib, mehnat qurollarini takomillashtirish, ulardan foydalanish jarayonlarida ko‘zga tashlangan. Eng muhim belgilar tuzilmasidan iborat yozuvning paydo bo‘lishi esa fikrlarni uzoq vaqt davomida saqlab qolish, bir kishidan ikkinchi kishiga yetkazish, avloddan avlodga yetkazish imkonini kengaytirdi. Avval xalq og‘zaki ijodi ko‘rinishida, keyinchalik yozma shaklda paydo bo‘lgan ma’lumotlar almashinuvi og‘zaki va yozma adabiyotning paydo bo‘lishiga olib keldi. Natijada, awal og‘zaki ko'rinishdagi matnlar yozma shaklga aylandi. Insoniyat tomonidan yaratilgan ikkinchi kashfiyot — kitob yuzaga keldi va hamma bilim sohasida adabiyotning mavjudlik shakllariga aylandi. Davrlar davomida kitobning shakl-shamoyili, sifati, bezatilishi, tashqi ko‘rinishi, ishlab chiqarilishi takomillashib bordi. Antik davrda o‘rama kitoblar shakllangan bo‘lsa, keyinchalik eramizning IV asriga kelib, muqovaga ega qo‘lyozma kitoblar paydo bo‘ldi. XV asrga kelib esa qo‘lyozmalarni qo‘lda ko'chirib yozishdan kitob chop etishga o'lildi. XX asr oxiriga kelib esa i!g‘or mamlakatlarda elektron shakldagi kitoblar yuzaga keldi. Ammo har qanday shakJda bo‘lmasin, kitobning mohiyati o‘zgarmaydi. Qo‘lyozma holida ham, matbaa holida va elektron shaklda ham kitob o‘zining tub mohiyatini, ahamiyatini yo‘qotmaydi, uning o‘rnini boshqa narsa egallay olmaydi. Kitob insoniyat va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismi bo‘lib, insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida kishilarni tarbiyalash, ularning aqliy rivojlanish vositasi bo‘lib keldi. Kitob barcha sohaga oid bilimlarni to‘plash, saqlash usuli sifatida ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda, barcha formatsiyalarning aLmashinuvida va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Inson tafakkiirining rivojlanishida kitob va yozuv doimo hamroh bo‘lgan. Ba’zi madaniyat va ma’rifat shakllari og‘zaki aloqa munosabatlariga asoslangan bo‘lsa-da, yozuv paydo bo'lgandan so‘nggina hozirgi kungacha yetib keldi va voqelikka aylandi. Insoniyat yaratgan muomala vositalari ichida eng ishonchlisi, eng qulayi kitobdir. Barkamol inson tarbiyasi, odamlar ma’naviyati, madaniyati, odob-axloqi, bilim saviyasi, jamiyatda o‘ziga xos o‘rinni egallashi faqat kitobdan olgan bilimiga bog‘liq, chunki u inson aql-zakovati va bilimlarini saqlash hamda keng yoyishning eng mukammal qurolidir. Kitob kishilarga insoniyat erishgan yutuqlarni bilish imkonini beradi, xalqlar o‘rtasidagi munosabatni, hamjihatlikni, o’zaro mehr-oqibatni tiklaydi. Dunyoda tinchlikni o‘matishga, mustahkamlashga xizmat qiladi. Insoniyat yaratgan yozuvlar, kitoblar bo‘lmaganda odamzod o‘zining o‘tmishini, bilim, donolik va hikmatlarini ham bilmagan, ilm-fanni ham taraqqiy ettira olmagan bo‘lardi. Jami ixtirolar, kashflyotlar, taraqqiyot darajasi ham kitoblar tufaylidir. «Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir», degan edi nemis yozuvchisi S. Sveyg. Kitoblar barcha zamonlar uchun eng zarur narsa, qalblar malhami, bilimlar xazinasi, donishmandlik chashmasi bo'lgan va bo‘lib qolaveradi. Kitoblar tufayli qadim davrlardagi kutubxonalar, ulardagi fondning mazmuni, katalog va kartotekalar tizimi, kutubxona xizmati ko‘rsatishning sifati haqidagi ma’lumotlami bilish bilan o‘sha davr kishilarining qiziqishlari, intilishlari, hayot darajasi haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Eramizdan awalgi asrlarda kutubxonalaming sopol taxtachalarda bitilgan qo‘lyozma boyliklari Ossuriya-Bobil madaniyatini tushunishga yo‘l ochib berdi. Boshqa topilmalar kabi Mesopotamiyaning qadimgi madaniyati tarixini, uning yozuvi, saroy, cherkov va boshqa kutubxonalari sirlarini ochishga yordam qildi. Ular sababli bizgacha yetib kelgan juda ko‘p turk, fors, arab tillaridagi qo‘lyozma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi adabiy manbalar jonli guvohligida O‘rta Osiyoning qadimgi sulolaviy kitob fondlari, masjid va madrasalarning kutubxonalari, shaxsiy kitob to‘plamlari bo‘lganligidan xabardor bo‘lamiz. Somoniylar, xorazmshohlar, qoraxoniylar va mo‘g‘illarning O‘rta Osiyoga bostirib kirgan davrida saljuqiylar davlatidagi juda boy kitob xazinalari, Shahrisabz, Samarqand va Hirotdagi Temur va temuriylar kutubxonasi, Buxoroda shayboniylar va ashtarxoniylar kutubxonasi, Qo‘qon, Xiva va Buxoro xonliklari kutubxonalari musulmon olamiga mashhur bolganligini bilib olamiz. Yozma axborot manbalari bo‘lgan kitob, gazeta, jurnal va boshqalarjamiyattaraqqiyotini, ma’naviy, ijtimoiy-maishiy talabehtiyojlarini to‘la qondirishga qaratilgan va butun insoniyat taraqqiyoti davomida shu vazifani ham bajarib kelgan. Yozma hujjatlar kishilarning o‘zaro fikr almashuv imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lsa, kutubxonalar yozma asarlar umrini uzaytirish vositasi hisoblangan. Boshqa ijtimoiy muassasalar kabi kutubxonalar ham jamiyatning eng zaruriy ehtiyojlari asosida vujudga keldi va turli davrlarda turlicha shaklda rivojlanib keldi. Buning sababi, ma’lumotlarni qayd qilish, uzatish vositasi sifatida ijtimoiy talabga javob beradigan yozuvning paydo boMishi bilan o‘z-o‘zidan tabiiy holda ana shu yozuvlarni saqlay oladigan muassasalarni vujudga keltirishga ehtiyoj paydo bo‘lgan edi. Shu tufayli ham kutubxonalar awal-boshdanoq jamiyatning mo‘tadil mavjudligini ta’minlaydigan ajralmas qismi hisoblangan.



    Download 38,38 Kb.
      1   2   3   4




    Download 38,38 Kb.