|
Kutubxonashunoslik fanidan
|
bet | 2/4 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 38,38 Kb. | | #273432 |
Bog'liq Hulkaroy Kurs ishiASOSIY QISM
I BOB
1.1Kutubxonashunoslikning paydo bo’lishi.
"Kutubxonashunoslik", termini 19-asrning 1-yarmida paydo boʻldi. Fan sohasi sifatidagi dastlabki ishlar ham shu davrga toʻgʻri keladi. Ilk bor nemis kutubxonashunosi M. Shretinger tomonidan mustaqil fan sohasining nomi sifatida qoʻllanilgan. Kutubxonashunoslikning uslubiy asoslari va masalalarini ijtimoiy-iqtisodiy tarixiy sharoitlar belgilaydi. 19-asr 2- yarmidan AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda tarqala boshlagan. Kutubxonashunoslik uzoq vaqt amaliy xususiyatga ega boʻlgan soha sifatida rivojlandi. Uning faoliyat doirasiga kutubxonalarning ichki tuzilishlari, kitob fondini tanlash va tashkil qilishning texnik tomonlari, kutubxona binolarini qurish va jihozlash kabi masalalar kiritildi. Shu bilan kutubxonaning ijtimoiy oʻrni xaqidagi masalalarni oʻrganishga eʼtibor berila boshlandi. Oʻzbekistonda Kutubxonashunoslik 20-yillardan taraqqiy etdi. Kutubxonachilik ishini toʻla yoʻlga qoʻyishda V.V.Bartold, V. L. Vyatkin, V. I. Mejov, Ye. K. Betgerdarning hissasi katta. Toshkent va Samarqandda kutubxonachilik kurslari ochildi (1919), Toshkent kutubxonachilik texnikumi (1937), Toshkent ped. institutida kutubxonachilik fakulteti (1960) tashkil etildi, 1974- yildan kutubxonachilik fakulteti boʻlgan Toshkent madaniyat instituti ishga tushdi. Oʻzbekistonda kutubxonashunoslar mintaqada oʻtkaziladigan fundamental ilmiy tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi "Oʻzbekistonda kutubxonachilik ishi tarixiga doir hujjatlar" toʻplamini tuzishni davom ettirmoqda. Oʻzbekistonda Kutubxonashunoslik fanini rivojlantirishga O.Qosimova, E. Yoʻldoshev, B. Karimov, M. Rahimova, M. Rasulov, M. Mahmudov va boshqalar oʻz hissalarini qoʻshmoqda. 2006-yil 20-iyunda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarorda axborot-resurs markazlarining asosiy vazifasi etib o'quvchilarning hamda aholining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish, kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish vazifasi qo‘yildi. Axborot-kutubxona muassasalari bu vazifalarni amalga oshirish uchun har bir kitobxon bilan yakka tartibda ish olib borishi, ishning turli usullaridan foydalangan holda ularning qiziqishini, talab va ehtiyojlarini maqsadli o‘rganishlari, shunga ko‘ra, sifatli va samarali axborot-kutubxona xizmatini tashkil etishlari lozim. Chunki, har bir kitobxon o‘ziga xos individual xususiyatlarga ega. Kitobxonning axborotga va bilimga bo‘lgan intilishi, talabi kundan kunga oshib, ko‘p qulaylik kasb etmoqda. Kitobxonlar qiziqishini o‘rganishning maqsadi unga samarali axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, uning qiziqishini kengaytirish, o‘qish jarayonini to‘g‘ri tashkil etishiga yordam berish, kitobxonning qiziqishini, talabini to‘g‘ri va aniq belgilab olgan holda uning ijodiy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga yordamlashish, kitobxonning shaxs sifatida kamol topishiga ta’sir etadigan tarixiy, ilmiy, madaniy, ma’rifiy jihatdan ahamiyatli adabiyotlar o‘qishini tashkil etish, dunyoqarashini kengaytirish, kitob o‘qishga ijodiy munosabatini shakllantirishdan iborat. Kitobxon qiziqishini o‘rganishda uning kasb-korini, ma’lumot darajasini, o‘qishidan maqsadini, o‘qish mazmunini, yoshi, oilaviy ahvoli, qanday jamoatchilik ishlari bilan shug‘ullanishini, o‘qish texnikasiga munosabatini, o‘qish madaniyati darajasini bilish lozim.Kitobxon qiziqishi hayot tarzi, oilaviy muhit, do‘stlar, mehnat faoliyati, darsda o‘tilayotgan mashg‘ulotlar, o‘qituvchining ta’siri, hayotiy voqealar, hodisalar, o‘qilgan kitoblar haqidagi suhbatlar, o‘zaro fikr-mulohazalar ta’sirida o‘zgarib, chuqurlashib va kengayib borishi mumkin. Bunda uning qabul qilish, tushunish, fikrlay va mulohaza qila bilish qobiliyati katta o‘rin tutadi. Shu sababli, kitobxondagi o‘zgarishni kuzatib, yangi qiziqishni to‘la qondirishga yordam berish, qiziqishni kengaytirib borishga ko‘maklashish kerak. Mutaxassis xodim kitobxonni va uning qiziqishini bilibgina qolmasdan, har bir kitobning ahamiyatini, uning kitobxonga ta’sirini, aynan shu kitobning qaysi kitobxonga zarurligini va tavsiya qilish mumkinligini aniqlashi uchun kitoblarni yaxshi bilishi muhim ahamiyatga ega. Hind kutubxonashunos olimi Ranganatan aytganidek, har bir kitobxonni va har bir kitobni bilish kitobxon bilan yakka tartibda ishlashning asosini tashkil etadi. Ya’ni, har bir kitobning o‘z kitobxonini aniqlash, har bir kitobxonga o‘z kitobini tavsiya etish kutubxona xodimidan katta psixologik mahoratni, pedagogik qobiliyatni, yuqori malakali bilimni talab etadi. Shundagina, juda katta axborotlar olamidan, bilimlar ummonidan kitobxonga eng kerakli durni — bilimni topib bergan bolamiz. Shu bilan birgalikda, kitobxonni ana shu bilimlar xazinasidan foydalana olishga o‘rgatamiz. Kitobxonlar bilan yakka tartibda ishlashning yana bir maqsadi kitobxon o‘qishini tashkil etish, unga rahbarlik qilish. Kitobxon bilan yakka tartibda ishlash kundalik va alohida e’tiborni talab etadigan mas’uliyatli jarayondir. Bu jarayonda mutaxassis xodim har bir kitobxon bilan ishlash rejasiga ega bo‘lishi zarur: yangi kelgan kitoblar haqida ma’lumot berish, internetdan foydalanishgacha maslahat berishdan iborat. Buning uchun mutaxassis xodim har bir kitobxonning o‘qish maqsadini, unga nima zarurligini, uning о‘qish madaniyatini, kompyuter savodxonligi darajasini aniqlab olishi zarur. Shunga ko‘ra, kitobxon bilan olib boriladigan ish ко‘lamini, usulini belgilab oladi. Kitobxon bilan yakka tartibda ishlash о’zining barcha yo‘nalishlari bilan kutubxonaning asosiy vazifasi — o‘qishga rahbarlik qilish, kitobxonning mustaqil bilim olishini tashkil etishga qaratilgan. Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos bo‘lishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo‘lishini ta’minlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborotkutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda. Bu esa, axborot-kutubxona faoliyatiga, kutubxonachilar kitobxonlarni yanada sergak turishga undaydi.
Qadimgi davrlardagi Shumer va Nineviya sopol taxtachalaridagi yozuvlardan Misrdagi papirus o‘rama kitoblarigacha, o‘rta asrdagi masjid va madrasalardagi taxchil qo‘lyozmalardan to dastlabki maktablar uchun yaratilgan darsliklargacha bo‘lgan hamma davrda kutubxonalar ko‘plab tarixiy o‘zgarishlarni boshidan kechirdi va o‘sha davr jamiyat talablariga, taraqqiyotiga javob berib keldi. Har bir jamiyatning g‘oyalari, yangiliklari, oliy maqsadlari kutubxonalaming rivojlanishiga, mazmun-mohiyatiga ta’sir etdi. Shu tufayli, kutubxonalarning jamiyatda tutgan o‘rni, maqsad va vazifalari shunga qarab o‘zgarib, rivojlanib bordi. Hamon kutubxonalar jamiyat ma’naviy kamolotining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda. Zero, ma’naviyat kitoblar, axborot resurslarining boshqa turlari orqali shakllanadi. Buni jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ko‘rish mumkin. Shuning uchun kutubxonalarning ijtimoiy roli aniq tarixiy sharoitda namoyon bo‘ladi. Kutubxonachilik ishi hech qachon makonda va zamondan tashqarida mustaqil rivojlana olmaydi, jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Kutubxonalar ijtimoiy hodisa sifatida o‘zi ishlab turgan ijtimoiy muhit doirasiga bog‘liq ravishda shakllanishi buyuk haqiqatdir.
|
| |