• 4-modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati
  • -modda.  Asosiy tushunchalar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet152/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    3-modda.
     Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
    axborotlashtirish
    — yuridik va jismoniy shaxslarning axbo- 
    rotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, 
    axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan 
    holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy- 
    texnikaviyjarayoni;
    axborot resursi
    — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi 
    axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
    365
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori
     
    axborot resurslarigayoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan 
    foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi >oiridik yoki jismoniy shaxs;
    axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi —
    qonun 
    bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori 
    tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga 
    yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi 
    va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
    axborot texnologiyasi
    — axborotni to ‘plash, saqlash, izlash, 
    unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami 
    uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
    axborot tizimi
     — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov 
    berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy 
    jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot tex­
    nologiyalari va aloqa vositalari.
    4-modda.
     Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati
    Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurs­
    lari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish 
    hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hi- 
    sobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
    Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘na- 
    lishlari quyidagilardan iborat:
    — har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir 
    konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resursla- 
    ridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
    — davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy 
    axborot tizimlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxs- 
    larning axborot tizimlari asosida 0 ‘zbekiston Respublikasining 
    yagona axborot makonini yaratish;
    — xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tar- 
    mog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
    — davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini 
    yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro 
    aloqada ishlashini ta’minlash;
    366
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    — axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab 
    chiqarilishini tashkil etish;
    — axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari 
    bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;
    — dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini 
    rag‘batlantirish;
    — tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash va rag‘batlantirish, inves- 
    titsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
    — kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy 
    tadqiqotlami rag‘batlantirish.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish