• 23-modda. Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari
  • 24-modda. Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik
  • AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARINI




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet150/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARINI 
    MOLIYALASHTIRISH. AXBOROT-KUTUBXONA 
    MUAS SASALARINING BIRLASHMALARI.
    XALQARO HAMKORLIK
    22-modda.
     Axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish
    Axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish quyida- 
    gilar hisobidan amalga oshiriladi:
    — 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
    — muassislarning mablag‘lari;
    — pulli xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan mablag‘lar;
    — qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
    23-modda.
     Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari
    Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona faoliyatini 
    muvoflqlashtirish, shuningdek, umumiy manfaatlarini ifodalash 
    va himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
    birlashmalar tuzishi mumkin.
    362
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari:
    — axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga ko‘mak- 
    lashadi;
    — axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini 
    ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
    — axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini 
    takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
    — axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash 
    va malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi.
    Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari qonun 
    hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlami ham amalga oshirishi 
    mumkin.
    24-modda.
     Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi 
    xalqaro hamkorlik
    Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik 
    0 ‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shart - 
    nomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish