• 12-modda. Axborot-resurs markazlari
  • П -modda.  Axborot-kutubxona markazlari




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet146/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    П -modda.
     Axborot-kutubxona markazlari
    Axborot-kutubxona markazlari Qoraqalpog‘iston Respub­
    likasi, viloyatlar va Toshkent shahrida axborot-kutubxona fao­
    liyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi universal axborot- 
    kutubxona muassasalaridir.
    Axborot-kutubxona markazlari:
    — axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but 
    saqlanishini ta’minlaydi;
    — elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
    — tegishli hududda chiqariladigan nashrlarning majburiy 
    nusxasini oladi;
    — bibliografik, ilmiy-uslubiy va madaniy-ma’rifiy ishlarni 
    bajaradi;
    — tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini 
    muvofiqlashtiradi va ularni tashkiliy-uslubiy jihatdan ta minlashni 
    amalga oshiradi;
    357
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    — yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
    — axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanish uchun 
    shart-sharoitlar yaratadi;
    — boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni 
    amalga oshiradi;
    — tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalarining 
    depozitar saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini to ‘plashni 
    amalga oshiradi va ularning hisobini yuritadi.
    Axborot-kutubxona markazlari qonun hujjatlariga muvofiq 
    boshqa vakolatlami ham amalga oshirishi mumkin.
    Axborot-kutubxona markazlarining axborot-kutubxona fondi 
    davlat mulkidir.
    Axborot-kutubxona markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 
    0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasi tom onidan 
    tasdiqlanadi.
    12-modda.
     Axborot-resurs markazlari
    Axborot-resurs markazlari davlat ta’lim muassasalari huzurida 
    tashkil etilgan, o‘quvchi yoshlarning, shuningdek, aholining ax- 
    borotga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan axborot- 
    kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal axborot- 
    kutubxona muassasalaridir.
    Axborot-resurs markazlari:
    — ta’lim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq, asosan, 
    ilmiy-ta’limga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini 
    shakllantiradi va uning but saqlanishini ta’minlaydi;
    — elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
    — shaxsning ma’naviy boy va barkamol ijodiy o‘sishi uchun 
    imkoniyatlar yaratgan holda o‘zidagi va o‘zidan uzoqdagi axbo­
    rot-kutubxona resurslaridan foydalanish asosida 0 ‘zbekiston 
    xalqining tarbdy, ma’naviy va madaniy merosidan foydalanuv- 
    chilarni bahramand etadi;
    — axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni 
    ta’minlaydi;
    358
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni 
    amalga oshiradi;
    — yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi; 
    madaniy, ta’lim, axborot dasturlari va loyihalarini hamda
    boshqa dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 
    ta ’lim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati 
    organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan 
    hamkorlikni rivojlantiradi.
    Axborot-resurs markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
    vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Axborot-resurs mar- 
    kazlarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
    Axborot-resurs markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 0 ‘z- 
    bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tas- 
    diqlanadi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    П -modda.  Axborot-kutubxona markazlari

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish