-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

13-modda.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlarining kutubxonalari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxona­
lari qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda axborot-kutub­
xona faoliyatini amalga oshiruvchi maxsus axborot-kutubxona 
muassasalaridir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari:
— axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but 
saqlanishini ta’minlaydi;
— elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
— axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni 
ta’minlaydi;
— boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni 
amalga oshiradi;
— yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kutubxonalarining
axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxona­
lari to‘g‘risidagi nizomiar ushbu organlaming rahbarlari tomoni­
dan tasdiqlanadi.
359
www.ziyouz.com kutubxonasi


14-modda. Boshqa kutubxonalar
Boshqa kutubxonalar o‘z muassislari tomonidan belgilanadi- 
gan tartibda axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi 
universal yoki maxsus axborot-kutubxona muassasalaridir.
Boshqa kutubxonalar:
— axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but 
saqlanishini ta’minlaydi;
— elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
— axborot-kutubxona resurslaridan o ‘zaro foydalanishni 
ta’minlaydi;
— boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni 
amalga oshiradi;
— yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.
Boshqa kutubxonalarning axborot-kutubxona fondi ularning
muassislari mulkidir.
Boshqa kutubxonalar to‘g‘risidagi nizomlar ularning muassis­
lari tomonidan tasdiqlanadi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish