• 3-bob. AXBOROT-KUTUBXONA TIZIMI 9-modda. Axborot-kutubxona tizimi hamda axborot-kutubxona muassasalarining turlari
  • -modda.  Axborot-kutubxona muassasalarini davlat




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet144/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    8-modda.
     Axborot-kutubxona muassasalarini davlat 
    tomonidan qo‘llab-quwatlash
    Axborot-kutubxona muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab- 
    quwatlash:
    — ularning moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustah- 
    kamlash;
    — axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga investitsiya- 
    lar jalb etish;
    — axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirishda soliq 
    imtiyozlari va boshqa imtiyozlarni belgilash orqali amalga 
    oshiriiadi.
    3-bob.
     
    AXBOROT-KUTUBXONA TIZIMI
    9-modda.
     Axborot-kutubxona tizimi hamda axborot-kutubxona 
    muassasalarining turlari
    Axborot-kutubxona tizimi yagona tashkiliy va uslubiy ta’minot 
    asosida faoliyat ko‘rsatuvchi axborot-kutubxona muassasalari 
    majmuyidir.
    Axborot-kutubxona muassasasi mustaqil muassasa bo'lishi 
    yoxud korxona, muassasa yoki tashkilotning tarkibiy bo'linmasi 
    bo‘lishi mumkin.
    Axborot-kutubxona muassasalariga quyidagilar kiradi:
    — 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi;
    — axborot-kutubxona markazlari;
    — axborot-resurs markazlari;
    355
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutub­
    xonalari;
    — boshqa kutubxonalar (fuqarolar o ‘zini o ‘zi boshqarish 
    organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashki- 
    lotlarining kutubxonalari).
    Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fond- 
    larining mazmuni va belgilangan maqsadiga ko‘ra universal hamda 
    maxsus axborot-kutubxona muassasalariga bo‘linadi.
    Universal axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona 
    fondlarini bilimning turli sohalari bo'yicha shakllantiradi va turli 
    toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo ‘lgan ehtiyojlarini 
    qanoatlantiradi.
    Maxsus axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona 
    fondlarini bilimning bir yoki bir necha turdosh sohalari bo‘yicha 
    shakllantiradi va ayrim toifadagi foydalanuvchilarning axborotga 
    bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda.  Axborot-kutubxona muassasalarini davlat

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish