• NEGIZIDA AXBOROT-KUTUBXONA VA AXBOROT- RESURS XIZMATLARI KO‘RSATISHNI SIFAT JIHATIDAN YANADA RIVOJLANTIRISHNI DAVOM
  •  ‘zbekiston Respublikasining




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet140/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    0 ‘zbekiston Respublikasining
    Prezidenti 
    I. KARIMOV
    348
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
    2011-YIL 23-FEVRALDAGI «2011—2015-YILLARDA 
    AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI 
    NEGIZIDA AXBOROT-KUTUBXONA VA AXBOROT- 
    RESURS XIZMATLARI KO‘RSATISHNI SIFAT 
    JIHATIDAN YANADA RIVOJLANTIRISHNI DAVOM 
    ETTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA»GI 
    1487-SONLI QARORI
    0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyunda 
    qabul qilgan «Respublika aholisiga axborot-kutubxona xizmatini 
    tashkil etish to‘g‘risida»gi 381-sonli Qarorida ko‘rsatilgan chora- 
    tadbirlarni amalga oshirish doirasida adabiyotlar fondini o‘stirish, 
    kutubxonachilik ishiga yangi axborot-kommunikatsiya texno- 
    logiyalarini olib kirish, shuningdek, aholining mamlakat axborot- 
    kutubxona resurslariga kirib borishini kengaytirishni ta’minlash 
    borasida keng qamrovli va rejali ishlar olib borilmoqda.
    Bugungi vaqtda 0 ‘zbekiston Respublikasida 6,3 mln kitobxonga 
    axborot xizmati ko‘rsatuvchi 11 026 ta axborot-kutubxona muas- 
    sasalari mavjud. Jami adabiyotlar fondi 83,6 mln birlikda va, shu 
    jumladan, 3,5 mln birlikda elektron shakldagi resurslardan iborat.
    Barcha axborot-kutubxona markazlarida Internet («ZiyoNET») 
    tarmog‘iga ulangan ichki tarmoq mavjud. Ta’lim muassasala- 
    rining axborot-resurs markazlarida (91 % ) ichki tarmoq tashkil 
    topgan, 1380 markazlar (76,5 %) Internet («ZiyoNET») tarmo- 
    g‘iga ulangan.
    Kutubxona tashkilotlarini zamonaviy kompyuter va tashkiliy 
    texnika vositalari bilan jihozlash bo‘yicha ishlar olib borildi, 
    kompyuterlar soni 2,8 martaga oshdi, nusxa ko‘chiruvchi va 
    ko‘paytiruvchi texnika 2,3 martaga ko'paydi.
    349
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Aholiga yangi zamonaviy axborot-kom m unikatsiya tex­
    nologiyalari asosida sifat jihatidan yangi axborot-kutubxona xiz- 
    matiga o'tisluni, axborot-kutubxona muassasalarini yagona ax­
    borot maydoniga birlashtirish, о 'sib kelayotgan yosh avlodning 
    intellektual talablarini qondirish, madaniy, ma’naviy-axloqiy qad- 
    riyatlarni saqlash va mustahkamlash, o ‘quv muassasalari o ‘quv- 
    chilarining va aholining bilim olishi va mustaqil o ‘qish tizimini 
    takomillashtirish maqsadida:
    1. 
    Aholiga axborot-kutubxona xizmatini sifat jihatidan tako- 
    millashtirishning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
    — axborot-kutubxona xizmati sohasida axborot-kommunika­
    tsiya texnologiyalarini qo‘llashga oid standartlar va yagona yo‘nali- 
    shni ishlab chiqish;
    — matbaa asarlarining, eng awalo, ma’nan boy va barkamol 
    shaxsning ijodiy o‘sishi uchun zarur ma’naviy-axloqiy, mada- 
    niy-tarixiy, ilmiy-ta’limiy ahamiyatga ega asarlarning elektron 
    nusxasini olish va ko‘paytirish asosida elektron resurslar fondini 
    shakllantirish;
    — aholi keng qatlamining axborot-kommunikatsiya texno­
    logiyalari asosida, «ZiyoNET» tarmog‘i vositasida yagona axbo­
    rot-kutubxona resurslariga kirishni ta’minlash;
    — axborot-kutubxona muassasalarining yig‘ma elektron 
    katalogini va elektron hujjatlarni yetkazib berishni tashkil etish 
    bilan axborot resurslaridan hamjihatlikda foydalanishni muvo­
    fiqlashtirish;
    — axborot-kommunikatsiya muassasalarini takomillashtirish, 
    ularni zamonaviy kompyuter, axborot-kommunikatsiya va tash- 
    kiliy texnika vositalari bilan ta’minlashning kompleks tadbirlarini 
    amalga oshirish, elektron kutubxona zallarini tashkil etish, in- 
    tegrallashgan axborot-kutubxona tarmoqlariga ulash;
    — axborot-kutubxona muassasalari xodimlarini zamonaviy 
    axborot-kutubxona texnologiyasiga o‘qitish, malakasini oshirish 
    va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.
    2. Tasdiqlansin:
    — 2011 2015-yillarga mo‘ljallangan m e’yoriy-huquqiy 
    bazani takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalarini jihoz- 
    lash, integrallashgan axborot-kutubxona tarmog‘ini yaratish,
    350
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    elektron axborot-kutubxona resurslarini shakllantirish, yuqori 
    malakali kadrlarni tayyorlashning dasturi (keyingi o ‘rinlarda 
    Dastur) (3-ilovaga muvofiq) tasdiqlansin;
    — 
    elektron kutubxonani bosqichma-bosqich shakllanti- 
    rishning, axborot-kutubxona muassasalarini jihozlashning, 
    elektron axborot-kutubxona resurslarini shakllantirishning, 
    2011—2015-yillarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning 
    maqsadli parametrlari (1—2-ilovaga muvofiq) tasdiqlansin.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish