• 6. Kutubxona reklamasi, uning imijini oshirish yollari nimalardan iborat 7. Homiylar bilan ishlash tartibi qanday 342
  • 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI PREZIDENTINING Q A R O R I RESPUBLIKA AHOLISINI AXBOROT-KUTUBXONA BILAN TA’MINLASHNI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet138/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Takrorlash uchun savollar
    1. Fandrayzing tushunchasi, uning mohiyati nimalardan iborat?
    2. Chetdan mablag1 jalb etishning usullarini bilasizmi?
    3. Fandrayzingni tashkil etish qoidalari va unga qanday talablar qo'yilgan?
    4. Pablik rileyshnz nima?
    5. Press-reliz va uni tayyorlash qoidalarini bilasizmi?
    6. Kutubxona reklamasi, uning imijini oshirish yo'llari nimalardan 
    iborat?
    7. Homiylar bilan ishlash tartibi qanday?
    342
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    SOHAGA 
    OID ME’YORIY 
    HUJJATLAR
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
    Q A R O R I
    RESPUBLIKA AHOLISINI AXBOROT-KUTUBXONA 
    BILAN TA’MINLASHNI TASHKIL 
    ETISH TO‘G‘RISIDA
    2006-yil 20-iyul, PQ 381-sonli
    ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to ‘plami, 
    2006-yil, № 25—26, 228-modda)
    Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmo- 
    g‘ini tashkil qilishni takomillashtirish, o‘sib kelayotgan yosh 
    avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, 
    ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan 
    prinsipial yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek, 
    aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun 
    zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
    1. 
    0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari va­
    zirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, 
    0 ‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qoraqalpo- 
    g‘ iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
    shahar hokimliklarining:
    0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi 
    kutubxonalarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 
    0 0
    ‘MTVning 
    0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi 
    ixtiyoriga o‘tkazish yo‘U bilan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassa- 
    salari va umumta’lim maktablari huzurida axborot-resurs mar­
    kazlarini tuzish;
    344
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Qoraqalpog‘iston Respublikasining Respublika kutubxonasi, 
    viloyatlar ilmiy-universal kutubxonalari, shuningdek, Toshkent 
    shahar markaziy kutubxonasi negizida idoraviy jihatdan 0 ‘zbe- 
    kiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga bo‘ysunuvchi 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
    axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish to ‘g‘risidagi 
    takliflari qabul qilinsin.
    2. Quyidagilar axborot-resurs markazlarining asosiy vazifalari 
    etib belgilansin:
    — ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholining zamona- 
    viy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim 
    olishi va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
    — milliy, m a’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko‘lamda 
    targ‘ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand 
    bo‘lishni ta ’minlash, m a’naviy boy va uyg‘un kamol topgan 
    shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish;
    — yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlar elektron 
    bazalari, Internet resurslari) asosida aholiga axborot xizmati 
    ko‘rsatish;
    — madaniy, ta’lim, axborot hamda boshqa dastur va loyiha- 
    larni birgalikda amalga oshirish uchun ta’lim muassasalari, 
    mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, milliy madaniyat mar­
    kazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
    3. Axborot-kutubxona markazlari zimmasiga:
    — aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishru sifat jihatidan 
    yangi darajaga ko‘tarish, uning ilmiy, ta’lim, axborot va madaniyat 
    sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari aso­
    sida tezkorlik bilan qondirish;
    — kitobxonlarga an’anaviy kutubxona xizmati ko'rsatishdan 
    o‘z axborot resurslarini yaratish va jahon ilmiy-ta’lim axborot 
    resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish yo‘li bilan axborot- 
    kutubxona xizmati ko‘rsatishga o‘tishni ta’minlash;
    — universal axborot resurslari, milliy va xorijiy nashrlar 
    (bosma, audiovizual, elektron va boshqa) fondlarini shakllan- 
    tirish, saqlash va foydalanish uchun berish;
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    — yig‘ma elektron katalog yordamida axborot resurslarini 
    birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va m a’lumot bazalarini 
    yaratish;
    — joylarda axborotlashtirish va kutubxonachilik ishi sohasidagi 
    axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda 
    tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlash vazifasi yuklansin.
    4. Quyidagilar:
    — axborot-resurs tarmog‘i va axborot-kutubxona markazlari 
    sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
    — axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarini yaratish 
    topshirig‘i 2-ilovaga* muvofiq;
    — respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvo- 
    fiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash tarkibi 3-ilovaga* 
    muvofiq tasdiqlansin.
    5. Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiq­
    lashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash:
    — bir oy m uddatda belgilangan tartibda kutubxonalarni,
    4-ilovaga** muvofiq, 0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va 
    sport ishlari vazirligi tizimidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 
    0 0 ‘MTVning 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi markazi, Xalq 
    ta’limi vazirligi hamda 0 ‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish 
    agentligi ixtiyoriga bepul o‘tkazishni hamda ular oqilona qayta 
    tashkil etilishini;
    — ikki oy muddatda barcha kutubxona fondlarini zamonaviy 
    talablami hisobga olgan holda qayta ro‘yxatdan o ‘tkazish uchun 
    ekspert komissiyalari tuzilishini;
    — ikki oy muddatda axborot-kutubxona va axborot-resurs 
    markazlari ishini belgilab beruvchi tegishli normativ hujjatlar ishlab 
    chiqilishini;
    — axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari tanlov 
    asosida malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini;
    — axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari yuksak sa­
    mara bilan faoliyat ko‘rsatishini hamda aholining barcha qatlamlari 
    ulardan bemalol foydalana olishlarini ta’minlasin.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish