Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

q a y sid ir  
tomonini birinchi o‘ringa qo‘yish uchun sharoit yaratadi.
Press-reliz shu kunning eng yangi, muhim voqea va hodisasi 
haqida axborot beradi. Undagi yangilikning dolzarbligi uning 
ahamiyatini oshiradi.
Axborotning o‘z vaqtida berilishi muallif va gazetaning ob- 
ro‘yini oshiradi. Biron-bir sababga ko‘ra, kechikib berilgan axborot
338
www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘tmishga aylanadi va o ‘z qadr-qimmatini yo‘qotadi. Audito- 
nyamng \axslii ко rsatkichlari shunda ko'rinadiki, ular qiziquv- 
chan, o ‘ziga xos xususiyatga ega, shov-shuvga o‘ch bo‘ladi.
Mashhur jamoat arboblari, omadli biznesmenlar, firmalar 
yangilikka, press-relizga, gazeta yangiligiga ijobiy ta’sir qiladi, 
kitobxonlarning mavzuga qiziqishini qo‘llab-quvvatlaydi, xa- 
barga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi hamda kutubxona xa- 
barini tezroq tarqatishda, ommalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Press-reliz ommaviy axborot vositalari uchun muhim bo‘lgan 
yangilikdan iborat bo‘ladi, shuning uchun u yangiliklar jurnalis- 
tikasining hamma asosiy talablariga: kim-nima-qayerda-qachon- 
nima uchun-qanday qilib savollariga to‘liq javob bera oladi.
Press-relizni berishda fikrlarning aniq, ravshan, yorqin va 
tushunarli bo‘lishiga, jumlalarning qisqa va yig‘ma holda berilishiga 
e’tibor berish lozim. Bosh xatboshi keyingi xatboshilar bilan 
mazmunan bog'liq bo‘ladi. Press-reliz maxsus (firma) qog'ozda 
yoziladi. Unda firmaning to‘liq nomi, tovar belgisi, pochta manzili, 
telefonlar yoki faks, press-relizdan so‘ng bog‘lanish mumkin 
bo‘lgan tahririyat va mas’ul vakil haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Tashkilot press-relizni o‘zi maxsus bo‘lim yoki reklama xizmati, 
PR agentligi orqali jo ‘natadi. Maxsus bo‘limi yoki PR xizmati 
mavjud bo‘lmagan holda PR agentligi buyurtmaga ko‘ra, o‘z 
qog‘ozida tashkilotning xabarini kerakli manzilga jo‘natadi.
Kutubxonada yoki tashkilotda matbuot-reliz bilan shug‘ul- 
lanuvchi press kotib ish olib boradi. U kutubxonada maqsadli gu- 
ruh yoki kutubxona jamoatchiligini tashkil etadi, ularning qizi­
qishini o‘rganadi, turli guruhlarga mo‘ljallangan tadbirlarni rejalash- 
tiradi va o'tkazishda ishtirok etadi, OAVni to‘g‘ri tanlash maqsadida 
yo'nalishini va xususiyatlarini o'rganadi, jurnalistlar bilan munta- 
zam aloqani o ‘rnatadi, axborot sabablarini qidirib topadi, press- 
reliz, reklama va kutubxona imijiga oid ish olib boradi, jurnalistlar 
uchun matbuot konferensiyasini tayyorlaydi va o‘tkazadi.
Axborot berish sababi kutubxonada o‘tkazilayotgan tadbir, 
yangi dasturning tantanali ochilishi, turli xil bayramlar, kutubxona 
faoliyatidagi muhim voqea, ayniqsa, u birinchi marta yuz bera- 
yotgan bo‘lsa, aniq shaxs faoliyati, ocliiq eshiklar kuni, kutubxona
339
www.ziyouz.com kutubxonasi


haftaligi, oyligi va boshqalar, tanlovlar ham axborot bo‘lishi 
mumkin.
Axborotni tarqatish uchun kutubxona imkoniyatidan kelib 
chiqqan holda turli xil vositalar qo‘llaniladi: to‘g‘ridan to‘g‘ri pochta 
orqali, TV, kino va radioreklama, elektron pochta yoki Internet 
orqali, vaqtli matbuot sahifalarida ko‘rgazmali reklama, sovg‘a 
ko‘rinishidagi mahsulotlar: ruchka, qalam, paketlar, qopchalar, 
maykalar, ko‘krak nishonlari. Maqola va reportajlar, shaxsiy 
nashrlar, ko‘rgazmalar, ochiq eshiklar kuni, tashkilot faoliyati 
haqida chiqadigan doimiy axborot manbalari, bukletlar, axborot 
varaqalari, plakatlar, otkritkalar, yilnomalar, xatcho‘plar, mash- 
hur kishining taijimayi holi, kutubxona haqidagi m a’lumotli 
varaqalar, OAVda kutubxonachilar haqidagi suhbatlari axborot 
berishga yordam beruvchi vosita va usullardir.
Press-reliz bo‘yicha ishlar natijasi alohida o‘rganilib, tahlil etib 
boriladi. Undagi xato va kamchiliklar aniqlangan holda kelgusida 
shu sohadagi ishlar ko‘lami belgilanadi. Bunda quyidagi usul va 
shakllar — maxsus albom yoki papkada matbuotda chiqqan xabarlar 
va axborot materiallarini yig‘ib borish, elektron press-relizlar uchun 
fayl yoki disklardan, veb-sahifalar, ko‘chirmalar to‘planadi. Nashr 
etilayotgan ishlar guruhlarga ajratiladi, bu kelgusida qaysi va qanday 
nashr zarur va kerakligini, ahamiyatliligini aniqlashda yordam 
beradi.
Xullas, kutubxona fandrayzingi kutubxonalarning jamiyatda 
tutgan o‘rnini, imijini oshiradi, qiyofasini ijobiy tomonga o‘zgar- 
tiradi, jamiyat taraqqiyotiga, kishilarning ma’naviy tarbiyasiga 
ta’sirini oshiradi.
XX asming so‘nggi choragidan boshlab, barcha mamlakatlarda 
kutubxonalar tizimiga pulli xizmat ko‘rsatish usullari kirib keldi. 
Barcha sohada axborot texnologiyalarining tezlik bilan qo‘llanilishi 
xizmat turlarining ko‘payib borishiga, sifatining va samaradorligining 
oshishiga, iste’molchilaming axborotga, bilimga va turli xil 
ma’lumotlarni tezkorlik bilan olishga, talablarining kengayib 
borishiga sabab bo‘ldi. Pulli xizmat ko‘rsatish usullariga davlat 
budjetidan mablag1 bilan ta’minlanmaydigan xizmat usullari 
kiritiladi. Bular ko‘proq nusxa ko‘paytiruvchi, nusxa oluvchi
340
www.ziyouz.com kutubxonasi


apparatlar, axborot texnologiyalari, kompyuter aloqasi, m a’lu- 
motlarning tijorat bazalaridan foydalanishga bog‘liq.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
3-sentabrdagi «Budjet tashldlotlarini mablag4 bilan ta’minlash 
tartibini takomillashtirish haqida»gi 414-sonli qarori budjet 
tashldlotlarini qo‘shimcha daromad olish hisobiga mablag1 bilan 
ta’minlash manbalarini kengaytirishga yo‘l ochib bergan edi. Bu 
manbalarga quyidagilar kiritildi:
• faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) 
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
• budjet tashkilotlari boshqa tashkilotlar tomonidan foy- 
dalanilmay turgan binolar (xonalar)ni vaqtincha foydalanish uchun 
ijaraga berish;
• yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilot- 
lariga homiylik (beg‘araz) yordamini ko‘rsatish.
Aholiga pulli xizmat ko‘rsatish usuh ancha vaqtlardan beri 
qo‘llanilib kelinayotgan bo‘lsa-da, hali ko‘plab kutubxonalar 
tajribasida uchramaydi va bu aholida shunday usullardan foyda­
lanish ko‘nikmasini hosil qilishga xalaqit bermoqda. Bu usullar 
ilg‘or kutubxonalar tashabbusi bilan amaliyotga joriy etilgan va 
ko‘plab mamlakatlarning kutubxonachilik ishida qo‘llanilib ke- 
linyapti. Tarixan uzoq yillar mobaynida qo‘llaniIib kelingan be- 
pul xizmat ko‘rsatish usullari an’anaviy usullar bo‘lib qolaveradi 
va pulli xizmat ko‘rsatish usullari ularni siqib chiqarmasligi, 
umumfoydalanish darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak, aksincha, 
barobar ishlatilishi zarur.
Mahsulotlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha 
me’yoriy hujjatlar: 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka­
masining 1999-yil 3-sentabrdagi «Budjet tashkilotlarini mablag‘ 
bilan ta ’minlash tartibini takomillashtirish haqida»gi 414-sonli 
qarori (o'zgarishlar bilan Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 
31-dekabrdagi 490-sonli, 2005-yil 28-dekabrdagi 610-sonli 
qarorlari), Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi «Mah­
sulotlarni (ish, xizmat) ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish 
bo'yicha xarajat tarkibi va moliyaviy natijalarni rasmiylashtirish 
tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 54-sonli qarori,
341
www.ziyouz.com kutubxonasi


2000-yil 4-yanvardagi 0 ‘zbektston Respublikasi Moliya vaziri- 
ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Budjet tashkilotlarining 
mahsulotlarni (ish, xizmat) ishlab chiqish va joriy etish tartibi», 
«Budjet tashkilotlari tom onidan boshqa tashkilotlarga va 
muassasalarga foydalanilmay yotgan davlat mulkini vaqtincha 
foydalanish uchun ijaraga berish tartibi haqida»gi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining 1999-yil 29-noyabrda va 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 1999-yil 23-noyabr- 
dagi 17-qarori bilan tasdiqlangan N izom i, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining 1999-yil 29-noyabrda 
va 0 ‘zbekiston Respublikasi M adaniyat ishlari vazirligining 
2000-yil 7-iyulda tasdiqlagan «Pulli xizmat asosida muassasalar 
tarkibidagi tashkilotlar tom onidan faoliyat yo‘nalishiga mos 
ishlab chiqariladigan, ko‘rsatiladigan va amalga oshiriladigan 
mahsulot (ish, xizmat)lar turlari» kutubxonalarda pulli xizmat 
ko‘rsatish ishini tashkil etish uchun asos bo‘ladi.
(H

Download 11,3 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish