|
Media savodxonlig. Kutubxonada ishlash ko’nikmalarni shakillantirish
|
bet | 1/4 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 32,21 Kb. | | #248964 |
Bog'liq Mavzu 4 Media savodxonligi va kutubxonada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda kutubxonalarning ahamiyati
Mavzu 4 Media savodxonligi va kutubxonada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda kutubxonalarning ahamiyati
MEDIA SAVODXONLIG.
2. KUTUBXONADA ISHLASH KO’NIKMALARNI SHAKILLANTIRISH.
3. MEDIA VA OMMAVIY MADANIYAT.
MEDIA SAVODXONLIG-Har oyda o‘zgarib turgan mazkur raqamlar bugungi kunda zarur axborotni kerak emasidan ajratish, media orqali savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. Xo‘sh, mediasavodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib bormoqda? So‘nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi mediasavodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda mediasavodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun mediasavodxonlik – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Mediasavodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondoshishi lozim. Mazkur savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir. Bugungi axboriy muhitni tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, mediasavodxonlik nima uchun kerak? Avvalo:
Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushunish;
OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish;
Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish;
Insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”;
OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;
Axborot qaerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilyapti, kimning manfaatlarini o‘zida aks etayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir.
Mediasavodxonlik tushunchasi borasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd etilishicha, «Mediasavodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.
Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko‘ra esa, mediasavodxonlik harakat bo‘lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga undashdan iborat. Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa mediasavodxonlikni turli xil shakllarda ma’lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi. M.Guetterz esa multimediasavodxonligi o‘z ichiga multimedia hujjatlarini shakllantirishga qaratilgan tillarni bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan foydalana olish, yangi multimedia texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, mediamatnlarni tanqidiy qabul qilishni oladi, deydi.
Fikrimizcha, mediasavodxonlik yuqorida bildirilgan fikrlar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan barcha axborotga tanqidiy qarash, ularga xolis yondoshish va har bir uzatilayotgan axborotni saralashda ongli ravishda yondashish hamdir.
Medisavodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir.
Taniqli hind fotojurnalisti Pabak Sarkarning fikriga ko‘ra, mediasavodxonlik sari tashlangan ilk qadam, bu to‘g‘ri savol bera olishdir. Bugungi kunda Internet orqali amalga oshirilayotgan axboriy xurujlar dunyodagi har bir mamlakat milliy xavfsizligi strategiyasining bir qismiga aylandi va u kiberxavfsizlik nomini oldi. Zero, virtual va haqiqiy dunyoning qo‘shilishi, aynan virtual dunyo orqali yoshlar tomonidan haqiqiy dunyoni noto‘g‘ri tushunilishi, turli xil salbiy kuchlar va oqimlar tomonidan bir qarashda ijobiy ko‘ringan, ammo mohiyatan inson ongiga salbiy ta’sir qiluvchi axborotning tarqatilishi ko‘payib borayotganligi hech kimga sir emas. Aynan jamiyat hayotiga ta’sir etuvchi mazkur salbiy jihatlarning oldini olishda aholini mediasavodli qilish zarur, degan fikrlar ko‘paymoqda. Bugungi kunda mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida o‘tilsa, Finlyandiyada 1970-yildan o‘rta maktablarning, 1977-yildan esa oliy o‘quv yurtlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan edi. 1990-yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik mediata’lim tushunchasi bilan almashtirildi. Shvetsiyada u 1980-yildan boshlab ta’lim muassasalarida alohida fan sifatida o‘qitila boshlangan. 1990-yillarda Rossiyada mediata’limni ilmiy tadqiq etishga urinishlar bo‘lib, O.Baranov, S.Penzin, A.Fyodorov, A.Sharikova va boshqalarning tadqiqotlari bunga misol bo‘la oladi. 2002-yili pedagogika oliy ta’lim yurtlari uchun mediata’lim ixtisosligi bo‘yicha yo‘nalish ochildi. 2005-yili esa YuNYeSKO homiyligida “Mediata’lim” darsligi yaratildi va Rossiyada kinota’lim va mediapedagogika sayti ishga tushirildi.
OAV orqali tarqatilayotgan axborotning manipulyativ ta’siri kuchliligini bugun hech kim inkor etmaydi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, OAV orqali tarqatilayotgan xabarning haqqoniyligiga ishonish ilk gazetalar paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelganligini ko‘rish mumkin. 1874 yilning 9 noyabr kuni New York Herald gazetasida reportyor T.B.Konneri tomonidan Sentral Park hayvonot bog‘ida yirtqichlar chiqib ketib, “ikki yuzga yaqin odam jarohatlangan, toptalgan bo‘lib, oltmish nafari og‘ir ahvolda. Ulardan uchtasi ertalabgacha yetib bormasligi mumkin. O‘n ikkita yirtqich hayvon hamon erkinlikda. Ular qaerga yaqinlashganligi hozircha noma’lum” deya yolg‘on xabar bosib chiqarilib, uning oxirida gazeta mushtariylari xavotirga tushmasliklari, bularning barchasi uydirma ekanligi yozilgan edi. Ammo ko‘pchilik xabarning aynan shu joyigacha yetib kelmay, yashirinishga, ba’zilar esa qo‘lga qurol olib yirtqichlarni o‘ldirish uchun hattoki ko‘chaga chiqishgan. 1939 yili CBS radiostantsiyasi Orsona Uelles tomonidan Mercury teatrida Gerbert Uellsning “Dunyolar urushi” romani asosida qo‘yilgan asarining radiopostanovkasini efirga uzatayotgan paytida ommaviy tartibsizliklar yuz bergan. Roman syujetiga ko‘ra, marsliklar yerni bosib olib, millionlab insonlarni gaz bilan zaharlaydilar. Ko‘pgina odamlar radiopostanovkaning birinchi qismini eshitgan daqiqalardan boshlab qochishga, “dushmanlar”dan yashirinishga harakat qilishgan. 1835 yili birinchi Amerika tabloidi New York Sun jurnalist Richard Adame Lokkning ingliz astronomi oyning yuzasida aqlli jonzotlarni teleskop orqali ko‘rganligi haqidagi yolg‘on xabarni bosib chiqaradi. Natijada gazetaning adadi o‘sha payti eng yuqori ko‘rsatkich — 19 ming donaga yetadi. Hattoki, xristian ayollar jamiyati ularni nasroniy diniga kiritish uchun Oyga uchish taraddudiga ham tushishadi.
Bugun OAVning ta’siri o‘sha paytdagidan kam emas. Aynan axborotni tahlil etmay, o‘z holicha qabul qilish oqibatida dunyoning turli chekkalarida yoshlar jinoyatga qo‘l urmoqda, o‘zini kino asari qahramoni sifatida his qilganlar esa, “qahramon” xatti-harakatlarini takrorlagan holda qo‘llariga qurol olib, begunoh insonlar hayotiga zomin bo‘lishmoqda. Masalan, respublikamiz telekanallari orqali efirga uzatilgan “Jumong” serialidan so‘ng yosh bolalarning o‘zini “Jumong” his qilib, qo‘lida “qilich” bilan urisha boshlaganliklari, AQShda jangari filmlari va kompyuter o‘yinlarini ko‘rgan maktab o‘quvchilari haqiqiy qurol bilan sinfdoshlari va ko‘chadagi begunoh odamlarni otganliklari haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda terrorchilik guruhlar tomonidan internet orqali jihodga chaqirgan, “jannat” va’dasini o‘zida mujassam etgan axborotlari yoshlar ongiga salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Demak, aynan ana shu holatlarning oldini olish, axborotga ongli ravishda yondoshish bugun zamon talabidir.
Hozirda medianing tahlil etilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya’ni mediasavodxonlik, mediata’lim, mediani o‘rganish va boshqalar bir- biri bilan bog‘liq bo‘lsa-da, olimlar ularni mohiyatan bir-biridan farqlashga urinmoqdalar. Fikrimizcha, mediasavodxonlik mediata’limning uzviy bog‘liq qismidir. Shu bilan birgalikda uning ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Bugungi kunda mediaaxborotni qabul qilish, saralash, tahlil etish, baholashda mediasavodxonlik tushunchasi bilan birgalikda mediata’lim, mediani o‘rganish, mediamadaniyat tushunchalari ham qo‘llanilayotir. Ular bir-biridan farq qiladimi?
Mediata’lim
(media education):
– media o‘quv dasturida integrallashgan, fanlararo asosida o‘rganilishini;
– «mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishini;
– amaliy ish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni;
– uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o‘rganishni;
– mediaagentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o‘rganishni;
– talabaning OAV bilan ishlashini;
– tadqiqot faoliyatini;
– medianing til va san’at orqali auditoriyaga ta’sirini o‘rganadi.
Mediani o‘rganish
(media studies) o‘z navbatida:
– mediani nazariy jihatdan o‘rganishni;
– mediani qiyosiy jihatdan tahlil etishni;
– uning kontseptual tarkibini;
– mediamatnni tahlil etish va uning yaratilish metodikasini;
– ommaviy kommunikatsiya, kinosan’ati va madaniyatshunoslik fanlarining o‘zaro bog‘liqligini;
– jahon OAVning bir-biriga o‘zaro ta’sirini o‘rganadi.
Media savodxonlik
(media literacy) mediani o‘rganish bo‘lib, mediata’limning quyidagi natijalariga asoslanadi va o‘z oldiga:
– medianing shaxs va jamiyatga ta’sirini tushunish;
– ommaviy kommunikatsiya jarayonini anglash;
– mediamatnlarni tushunish va tahlil eta olish;
– media kontekstini tushunish;
– mediamatnlarni yaratish va ularni tahlil etish;
– mediamatnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‘yadi.
Bugungi kunda media, ya’ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, san’atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma’lumot inson ongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi kunda mediata’lim, mediasavodxonlik, mediatanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir. Ayni paytda mediata’lim asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga kiritish, bolalarga maktabgacha ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘ladi.
KUTUBXONADA ISHLASH KO’NIKMALARNI SHAKILLANTIRISH- XX asr oxirlaridan yuz bera boshlagan «axborot inqilobi» kutubxonalar faoliyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir natijasida kutubxonalar borgan sari ko‘proq zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlanib, axborot resurslari markazlariga aylanib bormoqda. Kutubxonalarda xizmat ko‘rsatish turlari ham keskin kengaydi: Internet tarmog‘idan foydalanish, axborot-tahliliy materiallarni jamlab berish, kutubxona kataloglarining elektron ko‘rinishi va to‘liq matnli ma’lumotlar bazalarini kitobxonlarga taqdim etish shular jumlasidandir. Kerakli axborotni olish uchun yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilganda manbalarni qidirib topish imkoniyati yuz martalab oshadi. Telekommunikatsiya vositalarini qo‘llash esa axborot manbaining qanday masofada turganidan qat’iy nazar unga tezkorlik bilan ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bu yerda gap kutubxonalarda avtomatlashtirish va tashkiliy-texnika vositalarini qo‘llash orqali ularni axborot resurslari markazlariga aylantirish haqida bormoqda. Bunday yangi turdagi kutubxonalar «elektron kutubxona», «virtual kutubxona» singari nomlar bilan atalmoqda. Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK)- bu shunday kutubxonaki, uning funksiyasi, ayniqsa, kutubxona axborot xizmati asosan avtomatlashtirish (kompyuterlar, serverlar, tashkiliy-texnika vositalari, dasturiy komplekslar) va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy AK yaratish murakkab va serxarajat tadbirdir. U yuqori malakali kasb egalari: dastur tuzuvchilar, tizimchi texniklarni jalb qilishni, kutubxonachilarni qayta tayyorlashni taqozo etadi. Kutubxonalarni avtomatlashtirishning ixcham tarixi, avtomatlashtirilgan kutubxona tarkibi va uni tashkil etuvchi omillari, zamonaviy xalqaro formatlar, loyihalar tuzish uchun ishlab chiqilgan yo‘l-yo‘riqlar muhim ahamiyat kashf etadi. Avtomatlashtirilgan kutubxonada foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar (kompyuterlar tiplari va modellari, kutubxona axborot tizimlari) ARMning tarkibiy qismidir. ARM uchun hisoblash texnikasi, dasturiy va axborot ta’minotini tanlashdek murakkab masalalar mavjuddir. Kutubxona formatlari, maxsus dasturlar va texnika vositalariga bag‘ishlangan maxsus adabiyotlar keng ko‘lamda chop etilgan. Kutubxonalarni avtomatlashtirish holati. Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK) tizimlarining rivoji axborot texnologiyalarining umumiy rivojini o‘zida to‘liq aks ettiradi. Kompyuter bajaradigan ishi va tarkibiga ko‘ra odatdagi kutubxonaga juda o‘xshab ketadi. Kompyuter texnologiyasida ishlatiladigan ba’zi bir atamalar, masalan: «boshlang‘ich modullar kutubxonasi», «katalog», «yuklanadigan modullar kutubxonasi» kabilar shular jumlasidandir. Shaxsiy kompyuter orqali iste’molchiga xizmat ko‘rsatish jarayoni ham kitobxonlarga kutubxonada ko‘rsatilayotgan xizmatga o‘xshab ketadi. Katalogdan ma’lumotlar qidirish, ma’lumotlarni saqlash jarayoni, kataloglashtirish parametrlarini tasniflash va boshqalar bir-biriga o‘xshash. Bularning hammasi kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish mumkinligini ko‘rsatadi. Ya’ni kutubxonadagi asosiy jarayonlar: ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish, qidirish va uzatishni to‘liq avtomatlashtirish mumkin.Kutubxonalarni avtomatlashtirish usullari joriy qilinmasdan avval ular faqat o‘zlarining kitobxonlariga xizmat qilganlar. Aniq bir kutubxonaga a’zo bo‘lgan kitobxon faqat shu kutubxona axborot resursidan foydalana olgan, mazkur kutubxonada bo‘lmagan axborot resursidan faqat «kutubxonalararo abonement» orqali foydalanish mumkin bo‘lgan. Ammo har qanday nashrni ham «kutubxonalararo abonement» orqali jo‘natish oson ish emas. Nashrni bunday jo‘natish vaqt va mablag‘ talab qiladi. Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishda yana bir cheklash bor edi: kutubxonalar kitobxonlarga nashrlarni faqat odatdagi holatda (masalan: kitob shaklida) berishlari mumkin edi. Kutubxonalarda kompyuterlardan va Internetdan foydalanish yangi imkoniyatlarni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida turli fizik tashuvchilardan (magnitli tasmalar, disklar, SD-ROMlar va boshqalardan) foydalangan holda elektron hujjatlarning keng tarqalishiga olib keldi. Bunda masofadan turib axborot olish va axborot uzatishning roli beqiyosdir. Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakllarini o‘zlashtira borgan kutubxonalar o‘z kuchlarini elektron hujjatlar va Internet resurslaridan foydalanishga yo‘naltirdilar. Bunday maqsadga erishish uchun bir qator huquqiy va texnologik masalalarni yechish va kutubxona ishi konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish zarur edi. Elektron kutubxona yaratuvchilarga shu narsa aniq bo‘lib qoldiki, maqsadga erishish uchun manfaatdor tomonlar kuchlarini birlashtirish zarur ekan. Natijada elektron kutubxonalar yaratish ishiga dastlab alohida tashkilotlar kirishgan bo‘lsa, so‘ngra bu ish milliy va xalqaro darajadagi ishga aylandi. Kutubxonalarni avtomatlashtirishga dastlab XX asrning 60-yillari o‘rtalaridan kirishildi. Kompyuterlarni kutubxonalar ishiga tatbiq qilish bibliografik ma’lumotlar bazasi va kutubxona kataloglarini yaratishdan boshlandi. Bu ishlar maxsus EHM lar asosida bajarildi. Mashina o‘qiy oladigan (MARC) kataloglarni va yagona kataloglar tarmog‘ini yaratish bo‘yicha dastlabki natijalar olindi. O‘tgan asr 70-yillari kompyuterlarni aloqa kanallari orqali yagona tarmoqqa bog‘lash imkoni yaratildi. Bu esa o‘z navbatida, bir kompyuterdagi bibliografik ma’lumotlar bazasidan ikkinchi kompyuter orqali foydalanishga sharoit tug‘dirdi. 1980 yillarda shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan kutubxona tizimlarini yaratish va ularni keng tatbiq qilish real bo‘lib qoldi. 1967 yilda AQSh dagi Ogayo shtati kollejlari va universitetlari rahbarlarining tashabbusi bilan Ogayo kollejlari kutubxona markazi- Ohio College Library Center (OCLC) tashkil qilindi. Bundan maqsad -akademik universitetlarning kompyuter tizimlarini rivojlantirib, bibliografik resurslarni o‘zaro almashtirishga imkon yaratish edi. OCLC ning birinchi idorasi Ogayo Davlat universitetining Bosh kutubxonasida, birinchi kompyuterlashtirilgan zal esa mazkur universitet tadqiqotlar markazida tashkil qilindi. OSLC va uning boshqa universitetlar bilan hamkorligi tezda rivojlandi. 1981 yilda korporatsiyaning rasmiy nomi OCLC – to‘g‘ri murojaat qiluvchi kutubxona markazi (Online Computer Library Center Inc) deb o‘zgartirildi. Bugungi kunda OCLC 63 mamlakatdagi 23000 kutubxonaga xizmat qiladi. Elektron kutubxona g‘oyasi jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi universitetlar va yirik kutubxonalarda u yoki bu yo‘sinda tatbiq qilinmoqda. Masalan, yangi texnologiyalarni tatbiq qilish agentligi, Parlament milliy kutubxonasi, bir qator vazirliklar, 20 dan ortiq kutubxona va madaniy markazlar o‘z kuchlarini birlashtirib, «XXI asr kutubxonasi»ni yaratishga kirishganlar.
Bir necha yil avval AQSh kongressi kutubxonasi elektron kutubxona yaratish milliy dasturini amalga oshira boshladi. 1994 yildan boshlab, AQShda NSF, DARPA va NASA tashabbusi bilan Digital Libraries initiative (DLI) elektron kutubxonalar bo‘yicha tadqiqot dasturi ish boshladi. Mazkur dastur rivojining 2-bosqichida, ya’ni 1998 yildan boshlab, u yagona tarmoqlararo dasturga birlashtirildi. Bu dasturga milliy tibbiyot kutubxonasi, AQSh statistika agentligi, Milliy gumanitar fond, AQSh milliy arxivi va boshqa federal agentliklar qo‘shildi. 1995 yildan boshlab, Buyuk Britaniya milliy dasturi – ELIB amalga oshirildi. Bir qator mamlakatlar (Kanada, Germaniya va boshqalar)da yaratilgan elektron kutubxonalar tashkil etishga oid tarqoq loyihalar milliy va xalqaro loyihalarga aylana boshladi. Elektron kutubxonalar yaratish va ulardan foydalanishni maqsad qilgan bir qator loyihalar KES (Yevropa hamjamiyatining 4-dasturi) dasturi doirasida amalga oshirildi. Bugungi kunda elektron kutubxonalar yaratish va ulardan foydalanish «Informatsion jamiyat texnologiyalari» dasturi doirasida KES dasturiga kiritilgan. AQSh da o‘tgan asr 80-yillarda elektron kutubxonalar (EK) yaratish bo‘yicha ish boshlangan bo‘lsa, bu ishga Buyuk Britaniyada 1990 yil boshlarida kirishildi. Odatda bunday ishlar loyihalarni amalga oshiruvchi kichik guruhlar tomonidan bajarilib, keyinchalik milliy dasturlar va xalqaro loyihalar darajasiga ko‘tariladi. Bunga misol sifatida «Katta yettilik» mamlakatlari tomonidan yaratish mo‘ljallanayotgan EK ni keltirish mumkin. Bu loyihada qatnashish uchun Rossiya ham taklif etilgan. AQSh dagi «DLI», Buyuk Britaniyadagi «ELIB» loyihalari ham bunga misol bo‘la oladi. Germaniyada esa «CLOBAL-INFO» elektron kutubxona yaratishga kirishilgan. Yuqorida keltirilgan loyihalar davlat tomonidan yetarlicha moliyaviy ta’minotga egadir. Bu mamlakatlarda EK yaratish muammolarini yechish uchun turli investitsiyalar faol jalb qilinmoqda, jumladan, turli fondlar, manfaatdor xususiy kompaniyalar, xayriya tashkilotlari, alohida homiy shaxslar mablag‘lari bu ishga yo‘naltirilmoqda. Rossiyada ham EK yaratish bo‘yicha tajribalar yetarli. 1995 yildan boshlab elektron resurslar va ularning dasturiy-texnik ta’minotini yaratish bilan bog‘liq loyihalar (jumladan, Internet orqali) amalga oshirila boshlandi. Bu loyihalar bir qator davlat ilmiy-texnik dasturlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Masalan, «Fan va texnika bo‘yicha federal informatsion fond», «Rossiyani axborotlashtirish» dasturi. Rossiya Fan vazirligining maqsadli ilmiy-texnika dasturi «Fan va oliy maktab uchun milliy kompyuter tarmoqlari telekommunikatsiyasi» loyihasi qo‘llab – quvvatlanmoqda. 1998 yili Rossiya fundamental tadqiqotlar fondi (RFTF) va Rossiya texnologik rivojlanish fondi (RTRF) tanlov e’lon qildi. Uning natijasiga ko‘ra EK muammolarini yechish bo‘yicha loyihalar moliyalashtirila boshlandi. «Rossiya elektron kutubxonalari» tarmoqlararo dasturini amalga oshirish to‘g‘risida ham bir qator yechimlar bor. Mazkur dastur bu sohadagi boshqa loyihalar va dasturlar bilan birgalikda elektron informatsion resurslar yig‘ish, saqlash va ulardan samarali foydalanishga mo‘ljallangan. EK yaratishga yo‘naltirilgan xalqaro loyihalardan biri-«BIBLIOTHECA UNIVERSALIS» hisoblanadi, bu loyiha bo‘yicha EK larning global tarmog‘ini yaratish ko‘zda tutilgan. Mazkur loyiha «Katta yettilik» mamlakatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ikki loyihaning biridir. 1995 yilda boshlangan bu loyiha ishida quyidagi mamlakatlar ishtirok etmoqda: Fransiyadan – Fransiya madaniyat vazirligi va Fransiya milliy kutubxonasi,
Yaponiyadan -Yaponiya milliy kutubxonasi,
AQSh dan – Kongress kutubxonasi,
Buyuk Britaniyadan – Britaniya kutubxonasi,
Germaniyadan – Germaniya kutubxonasi,
Kanadadan – Kanada milliy kutubxonasi,
Italiyadan -Davlat kutubxonasi. Elektron kutubxonalar yaratishda AQSh dagi kutubxonalar va axborot markazlari ayniqsa, faollik ko‘rsatmoqda. Loyihalar ichida salmoqlisi AQSh Kongressi kutubxonasi tomonidan amalga oshirilgan, 1995 yilda 15 ta yirik universitet kutubxonasini birlashtirgan Milliy elektron kutubxonalar federatsiyasi (NDLF) loyihasi Milliy kutubxona va Amerika xotirasi loyihalari hisoblanadi. AQShda bu sohada olib borilayotgan ishlar boshqa mamlakatlarda ham shu yo‘nalishdagi tashabbuslar rivojiga turtki bo‘ldi. Shuning uchun ham ular o‘zlarining loyihalarida amerikalik kasbdoshlari tajribasiga ko‘proq tayanishlari tasodifiy emas. 1993 yili Avstraliya arxivlari, Avstraliya kutubxonalar kengashi, Axborot xizmatlarini saqlash bo‘yicha milliy agentlik va Tovushli kino bo‘yicha milliy arxiv hamkorlikda elektron materiallar ishlanmalari yaratishga tavsiyalar beruvchi ishchi organ tuzdilar. Bu sohadagi ishlar Avstraliya federatsiyasining 100 yillik yubileyiga mo‘ljallangan «2001 yildagi Federasiyaga yuzma yuz» dasturiga kiritildi. 1995 yildan boshlab, bu ishchi organ AQSh ning «Hujjatlarning saqlanishi va ulardan foydalanish bo‘yicha kompaniya» ishchi guruhi (SRA) va Ilmiy kutubxonalar guruhi (RLG) ishlaridan samarali foydalana boshladi. Hozirgi paytda bu ishchi organ «Elektron axborotlarni arxivlashtiruvchi ishchi guruhi» deb nom oldi. Yevropada Yevropa kengashi tomonidan juda ko‘p milliy va xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Bunda, ehtimol Buyuk Britaniyaning ancha oldinga ketganligi bois bo‘lsa kerak, uning ELIB dasturi doirasiga 60 dan ortiq loyiha qamrab olingan. O‘zbekistonda kutubxonalarni avtomatlashtirish ishlari 90-yillarning o‘rtalarida «Axborotlashtirish haqida» qonun va Milliy ilmiy-texnik axborotlar tarmog‘i yaratish bo‘yicha dastur qabul qilinishi bilan boshlandi. Kutubxonalarni avtomatlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qo‘mitasi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qo‘llab- quvvatlangan. Shundan so‘ng elektron kutubxonalar va kutubxona konsorsiumlari yaratish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yildi. Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasida birinchi elektron kutubxona ishga tushirildi. Namunaviy avtomatlashtirilgan kutubxona loyihasi ochiq jamiyat instituti ko‘mak jamg‘armasining granti asosida amalga oshirildi. Mazkur loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad:
• kutubxona faoliyati bilan bog‘liq axborotlarni avtomatlashtirilgan holda qayta ishlashning barcha funksiyalarini namoyish etish va o‘rgatish;
• kutubxonachilarni avtomatlashtirilgan kutubxonada ishlashga o‘rgatish uchun sharoit yaratish.
Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi EIFL Direct Project xalqaro loyihasi bo‘yicha ochiq Jamiyat instituti ko‘mak jamg‘armasi orqali AQShdagi EBSCO Publishing kompaniyasining elektron ma’lumotlar bazasini oldi. Bu ma’lumotlar bazasida 3500 dan ortiq nomdagi yetakchi davriy nashrlarning annotatsiyali bibliografiyasi va to‘la matnli materiallari mavjud. EBSCO, ma’lumotlar bazasidan tashqari axborotlarni Internet va SD disklardan qidirish imkonini beruvchi zamonaviy axborot qidiruv tizimi ELFL- Directni ham taqdim qiladi. Bu esa mutaxassislarga fan, madaniyat, tibbiyot va tijorat sohasida jahonda erishilayotgan yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni tezkorlik bilan olishlariga imkoniyat yaratadi. 2001 yilda O‘zbekistondagi 84 kutubxona EBSCO Publishing kompaniyasining elektron ma’lumotlar bazasiga obuna bo‘ldi. O‘zbekistonda Respublika axborot infrastrukturasini rivojlantirishning istiqboldagi boshqa rejalari bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Yetakchi vazirliklar va xalqaro fondlar kuchlarini birlashtiruvchi UzREN loyihasi Internet resurslaridan foydalanishni arzonlashtiradi va ayni paytda kutubxonalar o‘z elektron resurslarini faollik bilan xalqaro tarmoqlar orqali jahon axborot resurslariga taqdim qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘RO va O‘MTVning 2006 yil 29 dekabrdagi «Axborot-resurs markazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i va ushbu buyruq asosida ishlab chiqilgan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari to‘g‘risida namunaviy nizomi respublikamizda axborot-resurs markazlarini tashkil etish va rivojlantirishda dasturi amal bo‘lib xisoblanadi. Quyida eslatib o‘tilgan nizomda aks ettirilgan umumiy qoidalar, ARM larning asosiy vazifalari, asosiy funksiyalari, huquq va majburiyatlarini keltirib o‘tamiz:
|
| |