Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Taqdimot.
Bu mustaqil tadbir bo‘lib, qabul marosmuga o'xshab 
ketadi. Bu biror-bir shaxs faoliyatini, yangi nashr etilgan kitobni. 
Internet kursini, kutubxonaning elektron katalogini yoki yangi
331
www.ziyouz.com kutubxonasi


bir muvaffaqiyatli tadbirni ko‘pchilikka, jamoatchilikka taqdim 
etish marosimidir. Buni tayyorlash bosqichlari quyidagilardan 
iborat:
• 
maqsadni aniqlab olish.
Maqsad yangi kitobxonlarni jalb 
etish, jamoatchilik o‘rtasida kutubxona imijini ko‘tarish, ku­
tubxonaning qiyofasini namoyish etish, yangi homiylami jalb 
etish, ko‘ngillilar safini kengaytirish, mahalliy OAV bilan aloqani 
mustahkamlashdan iborat bo‘1 ishi mumkin;
• 
g ‘oyani shakllantirish.
Bunda asosiy g‘oya nimadan iborat 
ekanligini ko‘rsatish, tadbirni o ‘tkazish joyi va vaqti, tadbir 
ishtirokchilari va tashkilotchilarimng tarkibi, zarur sarf-xarajatlar 
belgilab olinadi. Taqdimotni, asosan, tushdan keyingi vaqtga 
mo‘ljallab o‘tkazish va davomiyligini 1,5—2 soatga m o‘ljallash 
maqsadga muvofiqdir. Tadbir 1 — 1,5 soatga m o‘ljallangan bir 
piyola choy yoki qahva atrofidagi suhbat bilan yakunlanadi.
Tadbirga taklif etilayotganlar uchun awal dan tadbir mavzusi, 
g‘oyasi va maqsadi, o‘tkazish joyi va vaqti, hatto yetib kelish 
vositalari aniq ko‘rsatilgan taklif qog‘ozlari tarqatiladi. Qog‘ozlar 
tashkilotchilar tomonidan tarqatilsa, ishtirokchiga bo‘lgan hur- 
mat alohida bildirilgan bo‘ladi va uning, albatta, tadbirga kelishiga 
yana bir qadamdir.
Tadbir ssenariysini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. 
Tadbirni tashkilot rahbari yoki PR xizmati rahbari ochadi va olib 
boradi.
Boshqaruvchi so‘zga boy, chechan, nutq madaniyati rivoj- 
langan, o‘ta muomala madaniyatiga ega, o‘zini sahnada yoki 
ko‘pchilik orasida yaxshi tuta oladigan bo‘lishi zarur. Buning 
uchun u awaldan tayyorgarlik ko‘radi, tadbirning ravon, xatosiz 
va kamchiliksiz bo‘lishi uchun tadbir ssenariysini tayyorlab oladi. 
Ssenariy quyidagi tartibda tuziladi:
• boshqaruvchi tadbir mazmuniga ko‘ra, tashkilot rahbarlari 
vaxodimlarini kelgan mehmonlarga tanishtiradi yoki boshqa- 
larga alohida ajralib turgan ishtirokchilarni tanishtiradi;
• tadbir mazmunidan kelib chiqib, 7—12 minut vaqtda uning 
asosiy g‘oyasini ko‘rsatuvchi, dolzarb, asl va ijodiy, ilmiy va badiiy
332
www.ziyouz.com kutubxonasi


yangilikka ega bo‘lgan kitob ko‘rgazmasi, videofilm, kompyuter 
xonasi, turli xil dasturlar namoyishi o‘tkaziladi;
• so‘ngra boshqaruvchi asosiy muammoga oid fikr va mulo- 
haza bildiruvchilarga so‘z beradi. So‘zga chiquvchiga 2—5 minut 
vaqt ajratiladi;
• tadbir tashkilotchilari savollarga javob beradi;
• mehmonlarga taklif va mulohazaJarini, tabrik so‘zlarini, izoh 
va istaklarini bildirishlari uchun navbat beriladi;
• taklif etilganlarga sovg'alar (nishonlar, kutubxona varaqalari, 
kutubxona surati tushirilgan mayka, taqvim va boshq.) ulashiladi;
• norasmiy qismda tashkilotchilar va mehmonlarga o‘zaro 
munosabat o‘rnatish, fikr almashish, boshqa tashkilotlar bilan 
aloqa bog‘lash uchun imkon beriladi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish