P ablik rileyshnzni q o ‘llash vositalari




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

P ablik rileyshnzni q o ‘llash vositalari
uning maqsadi, u 
mo‘ljallangan ommayoki kishilar, moliyaviy imkoniyatlardan kelib 
chiqib tanlanadi.
PRni qo‘llashda quyidagi kanallardan va texnika vositalaridan 
unumli foydalanish uning samaradorligini oshiradi. Bular: om­
maviy axborot vositalari bilan hamkorlikda matbuot-reliz, press- 
konferensiyalar o ‘tkazish, radio va televideniya orqaU axborot 
berib borish bilan jamoatchilikni jalb etish.
Bu yerda ommaviy kommunikatsiya vositalari alohida aha- 
miyatga ega. Ommaviy kommunikatsiya bu ko‘p sonli audito- 
riyani muntazam ravishda axborot bilan ta ’minlab turish va 
ularning fikri va axloqiga siyosiy, iqtisodiy, psixologik va tash- 
kiliy ta ’sir etish maqsadida xabarlarni tarqatishdan iborat. 
Ommaviy kommunikatsiya muhim ijtimoiy va siyosiy institut 
bo‘lib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
• aholiga g‘oyaviy va siyosiy ta’sir etish;
•jamoatchilik fikrini qo‘llab-quwatlash;
• tashkilotchilik;
• ma’lumot bilan ta’minlash;
• maorif, ta’lim va bo‘sh vaqtni tashkil etish.
OAV mantiqiy, obrazli va musiqali axborotni juda tezlik bilan 
tarqatishga qaratilgan tashkiliy-texnik kompleksdan iborat.
OAV jamoatchilik fikriga tezkorlik bilan ta’sir etuvchi vosita- 
lardan iborat. Ularning har biri o‘z xususiyatiga ega. Matbuot yoki 
vaqtli matbuot yozma nutq va tasvirga asoslangan, radio og‘zaki 
so‘z boyligiga va musiqaga ega, televideniya og‘zaki nutq bilan biiga 
harakatdagi tasvirga tayanadi.
Internet xalqaro axborot tarmog‘i bo‘lib, unda og'zaki nutq, 
yozma nutq, tovush, musiqa, harakatdagi rangli tasvirlar, chiz- 
malar qo‘llaniladi.
Axborot agentliklari — yangiliklami yig‘ib, tegishli joyga jo‘na- 
tish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlardir. Ular milliy va xalqaro 
axborotni to'plashadi. Asosan, muxbirlar agentliklar uchun turli
329
www.ziyouz.com kutubxonasi


xil yo‘nalishda axborotlarni to ‘playdi. Ular esa gazeta, jurnal, 
radio, televideniye, davlat tashkilotlari, tijorat va boshqa tizimlarga 
axborotni uzatadilar.
Vaqtli matbuot gazeta va jurnal nashrlaridan iborat bo‘lib, 
mahalliy va xorijiy turlargabo‘linadi. Gazetalar, birinchi navbatda, 
kundalik voqea va hodisalar haqida ma’lumot beradi, nashr etilish 
muddatiga ko‘ra kunlik, haftalik, yakshanbalik bo'lishi mumkin. 
Yo‘nahshiga, hududiy belgisiga ko‘ra umummilliy, respublika, 
viloyat, tuman, shahar gazetalari; profiliga ko‘ra ommaviy, ixtisosli 
bo‘ladi. Har bir gazetaning o‘z o‘quvchisi mavjuddir.
Jumallar ham, asosan, oylikva choraklikbo'ladi. Chiqish joyiga 
ko‘ra mahalliy va umummilliy bo‘lishi mumkin. Jumallar ijtimoiy 
vazifasiga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, badiiy-adabiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy-mutaxassislik kabi turlarga ajratiladi.
Radio o'zining hamma uchun mansubligi va hamma joyga 
mosligi bilan ajralib turadi. Radio maxsus joy va vaqtda, alohida 
xabar tinglashni talab etmaydi. Uni boshqa ish bilan mashg'ul 
bo‘la turib ham eshitish mumkin. Radio orqali kundalik axborot 
materiallari bilan tanishib borish mumkin. Unda berilayotgan 
xabarlar kunning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, m a’rifiy, 
adabiy-badiiy va boshqa sohalariga oid bo‘ladi va tez eskiradi.
Televideniye — yanada kengroq kommunikativ imkoniyat- 
larga ega. Tinglovchi bir yo‘la ham tinglashi va ham eshitishi mum­
kin. Bunda berilayotgan axborotning ta’sirini unga mos tasvirlar, 
musiqa ohanglari oshiradi. Televideniye axborotni to‘g‘ridan to‘g‘ri, 
bevosita va ikki tomonlama qabul qilishga imkon beradi. Bu bir 
qaraganda, ikki shaxs o‘rtasidagi muloqotga o‘xshaydi. Radio va 
televideniye eshittirishlari ham mahalliy va xalqaro turlarga bo‘linadi.
Jurnalistika — dolzarb axborotni to ‘plash, qayta ishlov berish 
va matbuot, radio hamda televideniye orqali tarqatishga qaratilgan 
ijtimoiy faoliyat sohasidir.
Bosma mahsulotlardan yillik hisobotlar, bukletlar, varaqalar, 
dalil va raqamlar nashr qilingan turli varaqalar, plakatlar, otkrit- 
kalar, taqvimlar, xatcho‘plar, turli mahsulot olib yurishga mo‘ljal- 
langan sumka yoki paketlar ham kutubxona faoliyatiga boshqa 
tashkilotlarm jalb etishga va kutubxona reklamasiga yordam beradi.
330
www.ziyouz.com kutubxonasi


Masalan, Litva, Latviya va Estoniyadagi kutubxonalar hainkor 
tashkilotlar yordamida kutubxona tamg‘asi, biron-bir shior, kitob 
haqida so‘zlarni berish bilan paypoqlar, ruchkalar, turli xil sharf- 
lar, maykalar, futbolkalar, kitob uchun xatcho‘plar chiqaradi, 
tadbirlarda ularni sovg‘a sifatida tarqatadilar yoki turli xil o‘yin 
g‘oliblariga taqdim qilishadi. Homiy va hamkor tashkilotlarga sovg‘a 
sifatida ulashadilar.
Har qanday tashkilotda og‘zaki va yozma aloqa vositalari 
qoMlaniladi. Yirik tashkilotlarda, hatto ichki gazeta-yangiliklar 
varaqasi, yillik hisobotlar, e’lonlar taxtasi, ichki video, Internet 
yoki elektron pochta, rahbarlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. 
Yangiliklar varaqasi aloqaning bosma vositalaridan biii. Uncha katta 
bo‘lmagan varaqa arzon va qulay bo'lib, uni printerda chiqarib, 
nusxa ko‘paytiruvchi apparatda ko‘paytirish mumkin.
Varaqa bosmaxona usulda ham tayyorlanadi. Varaqani tayyor­
lash bilan quyidagi masalalar hal etiladi: biron-bir maqsadga ega 
bo‘lgan auditoriyani tanlash, maqolaning xil, nashr xarajati, 
maqola hajmi, varaqaning chiqish davomiyligi, nusxasi, tarqatish 
usullari. Varaqalar mavzuli ham bo‘ladi, ayrim chiqish sonlari 
aniq mavzularga bag‘ishlanadi va har biri alohida ranglarda bezatiladi.
Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi ayrim kutubxonalar tajribasida 
bunday vositalarning ko‘pchiligini ko‘rish mumkin. Finlandiya 
kutubxonalari, hatto kutubxona nishoni yoki surati, kitob shakli 
tushirilgan maykalami ham ko‘plab nusxada chiqaradi va ommani 
tashkil etuvchi guruhlarga tarqatadi.
Boshqa taslikilotlarni kutubxona faoliyatiga jalb etishda turli 
hamkorlarga yoki shaxslarga jo ‘natiIgan xatlar, tadbirlar va das- 
turlar — ko‘rgazmalar va ularda ishtirok etish, ochiq eshiklar 
kuni, taqdimotlar, mukofotlash marosimlari, sayohatlar, aksiyalar 
ham alohida ahamiyatga ega.
Bunday tadbirlar maxsus tashkil etilgan voqea yoki tadbir deb 
ham yuritiladi. Ushbu tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish keyingi 
paytda kutubxonalar faoliyatida ham ko‘p uchrab turibdi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



P ablik rileyshnzni q o ‘llash vositalari

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish