Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

shaxsiy muloqotdir.
5. 
Shaxsiy muloqotga kirishishdan awal, uchrashuv ssenariysi 
tayyorlanadi, ya’ni AKM rahbari yoki xodimi uchrashmoqchi 
bo‘lgan shaxs yoki tashkilot rahbari haqida to ‘liq m a’lumotga ega 
bo‘lish, tashkilot yoki muassasaning qiziqishlari, ehtiyojlari, 
intilishlari, talab va maqsadlari haqida, ishlab chiqarayotgan 
mahsuloti, uning turlari xususida, eng asosiysi, AKM, uning 
maqsad va vazifalari, aholiga axborot xizmati ko‘rsatishdagi o‘mi, 
boshqa shu yo‘nalishdagi tashkilotlardan farqli tomonlari borasida 
ishonchli ma’lumotlar bilan borishingiz lozim. Suhbat mavzusi 
quyidagi tartibda bo‘lgani ma’qul:
1. Suhbatni umumiy mavzu bilan boshlash zarur, bu bilan siz 
donorningyoki homiyning e’tiborini o‘zingizga jalb etasiz, sizni 
tinglashga tayyorlaysiz.
2. Keyin tashkilotingiz haqida m a’lum ot berishga o ‘ting. 
Bu bosqichda homiy sizni uzoq tinglashni xohlamaydi, shuning 
uchun ma’lumotingiz qisqa, aniq, ishonchli va 3 minutga yetarli 
bo‘lishi kerak.
3. Homiyning qiziqishlarini qo‘llab-quw atlashga harakat 
qiling. Unga sizning muammolaringizni tushunishda yordam 
bering, tashkilotingizni mablag‘ bilan ta’minlash yo‘llari haqida 
muloqotga kirishing.
4. Agar siz shu mavzuga kirisha olsangiz, sizning ish rejan- 
gizga yoki loyihangizga munosabatini bilishga harakat qiling
ikkilanayotgan bo‘lsa, bunga nima sabab bo‘layotganini aniqlab 
oling.
5. Muhokama yoki suhbatdan so‘ng tashabbusni o‘z qo‘lin- 
gizga oling, yana bir bor vazifa va maqsadingizni tushuntiring, 
ularni amalga oshirish uchun sizga qanday yordam kerakligini 
tushuntira oling.
6. So‘nggi bosqich homiy siz bilan o‘zi qo‘shishi mumkin 
bo‘lgan ulush haqida so‘z ochgandan so‘ng boshlanadi.
322
www.ziyouz.com kutubxonasi


7. Homiy ulushi haqida so‘z ochmasa yoki bunga imkoni 
bo'lmasa, demak, siz ehson qilishni iltimos qiling. Bunga sizning 
haqqingiz bor.
8. Suhbat natijasidan qat’i nazar, siz homiyga siz uchun ajrat- 
gan vaqti va sizning tashkilotingizga, maqsadingizga bo‘lgan qizi­
qishi uchun minnatdorchilik bildirishni yodingizdan chiqarmang.
9. Homiyni yoki shaxsni tashkilotingizda o‘tkaziladigan tadbirga 
taklif etishni ham unutmang. Homiylik qilish-qilmasligidan qat’i 
nazar, uni muntazam tadbirlarga taklif etib turish va hurmat 
bildirish, tug‘ilgan kunlarida, bayramlarda tabriklab turish — bora- 
bora uning eng asosiy homiy bo‘lib qolisliiga sababchi bo‘ladi.
Homiyni bo‘ysundirish yoki o ‘zingiz tarafga o‘tkazishingiz 
uchun aynan mablag1 topish yo‘llari bilan shug‘ullanuvchi, shu 
faoliyatni yurituvchi va boshqarib boruvchi xodim ajratiladi. 
Kichik AKMlarda bu vazifani ARM mudiri bajaradi. Yuqorida 
ko‘rsatilgan ishni olib boruvchi professional fandrayzer bo‘lib, 
quyidagilami bilishi va amalda qo'llay olishi zarur:
• boshqalarni ishontirish uchun, awalo, o‘zi shu narsaga isho- 
nishi shart;
• fandrayzing — bu mablag* qidirish emas, bu AKMning aniq 
bir mablag‘ talab etadigan vazifani amalga oshirish 
borasidagi 
faoliyatidir;
• fandrayzing tashkilotning maqsadi va vazifalariga hamo- 
hang bo‘lishi shart;
• fandrayzer faoliyatidagi eng katta va qo‘pol xato homiyga 
o'zining kishilarga, loyiha maqsadiga, uning muallifiga emas, balki 
faqat mablag‘ga qiziqayotganini sezdirib qo‘yishidir;
• eng muhim va asosiy g‘oya — fandrayzingning muvafifa- 
qiyatidir;
•siz eng zarur paytda juda ham kerakli odamga murojaat qila 
olishingiz lozim, buning uchun qanchalik ko‘p hamda kuchli 
homiyni bilib, uni topa olsangiz, shunchalik katta omadga ega 
bo‘lasiz;
• homiy sizga qancha ko‘p savol bilan murojaat qilsa, shun­
chalik mablag‘ bilan ta’minlashga imkon ko'proq yaratiladi;
323
www.ziyouz.com kutubxonasi


• homiyda siz yaratayotgan loyihaga mualliflik qila olish 
mumkinligi haqidagi tasawurni uyg‘ota oling, «Siz bilan birgalikda 
hal qilishimiz mumkin bo‘lgan muammo» fikrini aytishni unut- 
mang;
• mablag1 so‘rashdan uyalmang va tortinmang, holat yetilib 
tuigan paytda homiy ham iltimosingizni rad etishdan ko‘ra, yordam 
berishni taldif etishga iymanib turgan bo‘lishi mumkin.
Homiyni yenga olish uchun klassik fandrayzingning quyidagi 
qoidalariga amal qilish lozim, bular:
• agar imkoningiz bo ‘lsa, hom iydan faqatgina mablag1 
so‘ramang, balki o ‘zingizning unga ko‘rsatishingiz mumkin 
bo‘lgan yordamingizni, imkoniyatingizni ham tushuntiring. 
Masalan, agar siz biron-bir kattaroq tijorat-reklama firmasi bilan 
aloqada bo‘lsangiz, ular orqali homiyni va uning tashkilotini rek­
lama qilib borishga yordam bera olishingiz mumkin;
• har bir homiy yoki donor menejer bo£lishdan tashqari, 
oddiy inson, uning ham kuchli va kuchsiz, yaxshi va yomon 
tomonlari mavjud, oilasi, jamiyat oldida o ‘zining burch va 
mas’uliyatlari ham borligini unutmang. Bularni bilib, siz u bilan 
yanada yaqinroq, do‘stona munosabatga kirisha olasiz.
Qilingan xayr-ehson donorning talabini qondira olishi ke­
rak. Samarali muloqot va samimiylik har qanday donorga yo‘l 
ochib beradi. Donor bilan munosabatingizning uzoq vaqtgacha 
davom etishiga harakat qiling.
10. Fandrayzingning yana bir ko‘rinishi sifatida kutubxona­
larda 

Download 11,3 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish