• Pochta tarqatmalari
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet127/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Maxsus tadbirlar —
    boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 
    yoki mustaqil ravishda o‘tkaziladigan xayriya kitob yoymalari, kitob 
    marafonlari, konsertlar, festivallar, musiqali va dramatik spek- 
    takllar, ochiq savdolar, lotereya o‘yinlari, sport musobaqalari. 
    Ular katta auditoriyani qamrab oladi, eng kerakli shaxslar yoki 
    tashkilotlar bilan shaxsiy munosabat o‘rnatishga yordam beradi 
    va fandrayzerdan katta tashkilotchilik qobiliyatini talab qiladi. 
    Ayniqsa, shu tadbirlar davomida homiylarni aniqlash, topish va 
    ularni hamda volontorlar — ko‘ngillilarni kutubxona faoliyatiga 
    jalb qilishda tashkilotchilik qobiliyati, odamlar bilan ishlay olish, 
    muloqot madaniyati juda kerak.
    2. 
    Pochta tarqatmalari
    yanada yaxshiroq munosabat o‘rnatish 
    uchun qo 1 keladi. Bu usulning maqsadi bizning faoliyatimizga,
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    o'tkazayotgan tadbirimizga qiziqish bilan qaraydigan shaxslarni 
    hamkorlikka jalb etish. Bu usul maxsus tadbirlarga nisbatan kam- 
    roq auditoriyani qamrab olsa-da, samarasi ko‘proq bo'ladi. Bu 
    usuldan foydalanganda tashkilotchidan quyidagilar talab qilinadi:
    a) xat yoki xabar mo‘ljallangan iste’molchilarni to‘g‘ri aniqlay 
    va tanlay bilish;
    b) xat yoki xabarni homiyga jo'natishning samarali yo‘Iini 
    tanlash, xabarni o ‘z vaqtida, samara berishi mumkin bo‘lgan 
    paytdajo‘natish;
    d) xat matni toza, qisqa va do‘stona ohangda yozilishi sliart;
    e) xabar m o‘ljallangan shaxsning familiyasi, ismi, sanasini 
    to ‘g‘ri yozish bilan unga bo‘lgan e’tibor va hurmatni bildirish, 
    bu esa sizga bo‘lgan munosabatni ijobiy tomonga o‘zgartirishga 
    turtki bo‘ladi. Har bir so‘z aynan shu shaxsga qaratilgan bo‘lishi 
    lozim;
    f) fandrayzingda maktub solingan xatjildning tashqi ko‘rinishi 
    muhim ahamiyatga ega. Uning tozaligi, chiroyliligi ham homiy- 
    ning e’tiborini tortadi. Agar xatjild g‘ijimlangan, kir, ko‘rinishi 
    chiroyli bo‘lmasa, homiyda siz haqingizda «pala-partish, besaran- 
    jom» degan fikr uyg'onadi. Bu esa kelgusi ishning yo‘lini to'sadi;
    g) agar xatda moliyaviy jihatdan qo‘llab-quwatlashni so‘ra- 
    sangiz, uni ARM hisobiga o'tkazishning homiyga malol kelmay- 
    digan bir qancha variantlarini ko‘rsatishingiz lozim;
    h) xatni do‘stlarga, mijozlarga, xaridorlarga gazeta va jurnal 
    orqali yoki taqdimot materiallari bilan birgalikda jo‘natish ma’qul 
    boladi;
    i) xatda ulardan to ‘g‘ridan to‘g‘ri moddiy yordam so‘ral- 
    maydi, balki tashkilotingizga do‘st bo‘lishga, unga biron-bir 
    ko'rinishda sovg'a qilishga chaqiriladi. Tashkilot faoliyatida 
    ko‘ngillilar uchun ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmat turlari va 
    imkoniyatlar ko‘rsati!adi;
    j) xat orasiga sizga javob jo ‘natishlari uchun xatjild solib 
    qo‘yishni esdan chiqarmaslik zarur. Bu yana bir bor homiyda 
    AKMga bo'lgan ishonchni oshiradi va xodimlarga hurmat 
    tuyg'usini uyg'otadi. Unda, albatta, javob yozish kerakligini va 
    mas’uliyatini paydo qiladi;
    319
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    к) xat yoki xabar AKM direktori yoki u mansub bo‘lgan 
    o‘quv muassasasi rahbari tomonidan lmzolanishi shart. Bu homiyga 
    bo‘lgan hurmatning belgisi hamda uning obro‘-e ’tiboriga ishora 
    bo‘ladi. Bu esa homiyda AKMga nisbatan ham hurmat va e’tibomi 
    oshiradi;
    1) homiyga AKM bilan aloqa o ‘rnatish va uni davom ettirish 
    yo‘llarini ko‘rsatish zarur. Manzilni, aloqa uchun faks va telefon 
    raqamlarini ko‘rsatish xotiradan chiqmasligi kerak;
    m) oldindan minnatdorchilik xatini tayyorlab qo‘yish, uni 
    javob xati olgan zahoti jo ‘natish kerak. Kichkina bo‘lsa ham har 
    bir ko‘rsatilgan yordam va e’tibor uchun minnatdorchilik bildirish 
    yana bir bor homiyda AKMga ishonchni va hurmatni mustah- 
    kamlaydi. Bu ham insoniy, ham professional ahamiyatga ega. Bu 
    tuyg‘uni otkritka, buklet, varaqa, hisobotlarda, ma’ruzalarda eslab 
    o‘tish, kiraverishda, kutubxona devorlarida va hamma ko‘rishi 
    mumkin bo‘lgan joylarda chiroyU jumlalarda ko‘rsatish mumkin.
    Amerika fandrayzingida har bir kichkina yordam uchun ham 
    minnatdorchilik bildirishga katta e’tibor beriladi. M innatdor­
    chilik sertifikat ko‘rinishida, faxriy yorliq shaldida bildiriladi. 
    Mutaxassislarning hikoya qilishicha, bir amerikalik fermer mun­
    tazam ravishda o‘quv muassasasi kutubxonasiga arzimagan 
    hajmda mablag* ajratib turar ekan. Buning uchun har gal muassasa 
    rahbariyatidan sertifikat ko‘rinishida rahmatnoma olar ekan. 
    Keyinchalik ularning soni ko‘payib ketganligi sababli ularni 
    e’zozlab, maxsus ramkalarga solib, alohida xona tashkil etib
    devorlarga osib qo‘yibdi, shu joyga yo‘li tushgan har bir kishi 
    xuddi muzeyga kirganday ularni kirib tomosha qilar, fermer esa 
    ularni faxr bilan ko'rsatib, hikoya qilib berar ekan;
    n) xat va xabar jo‘natish o‘zining davomiyligiga va aniq tartib 
    hamda mazmunga ega bo‘lsa, kutilgan samarani beradi;
    o) hamkorlarni, donorlarni bayramlar va tug‘ilgan kunlari bilan 
    muntazam tabriklab turish, kutubxonalarda o‘tkazilayotgan tad- 
    birlarga ko‘rsatgan donorlik yordami uchun minnatdorchilik bildirish 
    hamda kelgusi tadbirga taklif etish ham muhim jihatlardan biri;
    p) AKM va ARMlarning yillik matnli hisobotlarida kutubxo­
    naga moddiy va ma’naviy yordamini ayamayotgan homiylarning
    320
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    nomlarini, ular ajratgan mablag4 miqdorini ko‘rsatish, ko'ngillilar 
    xizmatini eslab o ‘tish katta ahamiyatga ega va bu kelgusi faoliyat- 
    larida yanada ko‘proq homiylarni jalb etishda yordam beradi. 
    Tadbirlar haqida ommaviy axborot vositalari (OAV)da ma’lumot 
    berilayotganda ularning nomini ko‘rsatish ham muhim. Bu o‘sha 
    homiyda o ‘zining qilgan ishi uchun, ko‘rsatgan yordami uchun 
    faxrlanish, g‘ururlanish tuyg‘usini uyg‘otadi va kelgusida ham- 
    korlik ishlarini davom ettirishi uchun rag'bat uyg'otadi.
    3. 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish