• Ikkinchidan
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet126/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    birinchidan,
    ARM xizmat ko4rsatayotgan hududda, 
    uning yaqin atrofida shu AKM oldiga qo‘yilgan maqsad va 
    vazifalarga, uning intilishlariga qiziqadiganlarni, masalan, oilalar, 
    ayrim shaxslar, huquqshunoslar, mahalla, vazirliklar, ta’lim va 
    tarbiya maskanlarini, mahalliy hukumat, xayriyajamg‘armalarini, 
    xalqaro tashkilotlarni aniqlab olish zarur.
    Ikkinchidan,
    ularning qiziqishlarini, maqsad va vazifalarini 
    o‘rganish zarur. Bunda ular haqida an’anaviy kartoteka, kompyu- 
    terda ma’lumotlar bazasini yaratish mumkin. Homiy tashkilot va 
    uni boshqaruvchi shaxslar haqida har tomonlama ma’lumotlar 
    to‘plansa, ular har qanday holatda kerak bo'ladi.
    Koreyalik mutaxassislar homiy bo‘lishi mumkin bo4lgan 
    shaxsning barcha shaxsiy qiziqishlari, intilishlari, yaxshi ko‘rgan 
    sanasi, tug‘ilgan kuni, bayrami, xobbisi nimadan iborat ekanligini,
    316
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    oila a’zolari va ular haqidagi barcha ma’lumotlarni ham bilib 
    olishga harakat qilishadi. Bu qanchalik aniq va to ‘liq amalga 
    oshirilsa, fandrayzing bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning unumi 
    shunchalik yaxshi natija beradi. Agar homiy sifatida xalqaro 
    tashkilot yoki xayriya jamg‘armalari tanlangan bo‘lsa, endi ular­
    ning bir-biridan farqini, afzalligini va ulardan nima kutish 
    mumkinligini aniqlab olish zarur. Bular, masalan, xalqaro do- 
    norlik tashkilotlari: Davlat donorlari — USAID, USIS, Yev- 
    rosiyo jam g‘armasining vositachilari, AYREKS. Bular eng 
    talabchan va byurokrat tashkilotlar bo‘lib, ularning dasturi kuchli 
    talabgorlarga qaratilgan, loyiha va hisobotlarni yozish va ras- 
    miylashtirishga juda qattiq talab bilan yondashadi.
    Xususiy donorlar — MakArturlar, Rokfeller jamg‘armasi, 
    Soros jamg‘armasi (2004-yiIgacha mamlakatimiz madaniyat va 
    ilm maskanlari bilan ishlagan) va boshqalar. Bular loyihalarni va 
    hisobotlarni yozishda soddalik va osonlikni talab qiladi. Jam- 
    g‘armalar va xususiy tashkilotlaming vositachilari — ISAR. Ular 
    o‘z jamg‘armalariga ega emas, ammo boshqalarning mablag‘ini 
    jalb etishda vositachilik qilib, jamoatchilikni xabardor qilishadi, 
    talablarni rasmiylashtirishda yordam bergan holda, ularni 
    baholaydi, tanlaydi, mablagMarni sarflashni nazorat qiladi, do- 
    norga hisobot yozishda yordam beradi.
    Homiylarni aynan sizning tashkilotingizni qo‘llab-quwat- 
    lashga ishontirish uchun nima qilish kerak? Fandrayzing ishining 
    muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun tashkilotning yoki loyihaning 
    maqsadini aniq belgilab olish zarur. NNT o‘zining bozoriga va o‘z 
    xaridoriga ega. Agar ana shu bozor talablari, xaridorning qizi- 
    qishlari aniqlab olinmasa, boshqa tashkilotlar bilan ishlab bo‘l- 
    maydi va urinishlar kam samara beradi. AKM axborot-kutubxona 
    xizmati ko‘rsatayotgan tashkilotlar va kishilarning talab hamda 
    ehtiyojlarini to‘la-to‘kis bilib olingandagina siz ularning qiziqish- 
    larini himoya qila olasiz va ularni homiylarga yetkaza olasiz.
    4. 
    Siz tashkilotingiz yoki loyihangizning g‘oya va maqsadlarini 
    homiyga yoki donorga yetkazib berish uchun aniq rasmiylashtira 
    olishingiz kerak va bunda quyidagilarga e’tibomi qarating:
    317
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    • Sizning tashkilotingiz qanday maqsad yo‘lida faoliyat ko‘r- 
    satmoqda?
    • 0 ‘z maqsadingizga erishish uchun qanday rejalaringiz bor?
    • Sizning tashkilotingiz kimlarga xizmat ko‘rsatadi yoki 
    kimlarning qiziqishini himoya qiladi?
    • Nima uchun donor aynan shu maqsadlarni amalga oshi- 
    rishga o‘z hissasini qo‘shishi kerak?
    • Nima uchun aynan sizning tashkilotingizni mablag4 bilan 
    ta’minlashi zarur?
    M a’lumotlar qisqa, ishonchli va to ‘g‘ri bo‘lishi shart.
    Jahon kutubxonachiligida chetdan m ablag‘ jalb etishning 
    juda ko‘p yo‘llari ishlab chiqilgan va qo‘llaniladi. Ularning ay- 
    rimlari ko‘proq samara bersa, ayrimlari esa kamroq samara be­
    radi. Har birining o‘ziga yarasha salbiy va ijobiy tomonlari bor.
    Fandrayzingning u yoki bu usulini tanlash va qo‘llash kutub­
    xonaning imkoniyati, u joylashgan va xizmat ko‘rsatayotgan 
    hududning xususiyatlari va fandrayzerning mahorati darajasiga 
    bog‘liq. Masalan, reklama usuli katta auditoriyani qamrab olsa-da, 
    ammo kamroq samara beradi, ko‘proq jamoatchilik fikrini jalb 
    etishda, shakllantirishda qo‘llaniladi. Mamlakatimiz axborot- 
    kutubxona faoliyatida XX asrning 90-yillaridan boshlab fandray­
    zingning quyidagi usullari qo‘llanib kelinadi:
    1. 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish