Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

moddiy resurslarti.it.
313
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shtatdagi xodimlar, kutubxona yoki boshqa tashkilot fao- 
liyatiga jalb qilingan shaxslar, maslahatchilar, ko‘ngillilar yoki 
volontorlar esa 
mehnat resurslari
hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, axborot-kutubxona muassasalari nodavlat 
notijorat tashkiloti emas, ular davlat budjetidan mablag1 bilan 
ta’minlanadigan tashkilotlar. Shunday ekan, fandrayzingni ku­
tubxonalar faoliyatiga kiritish nima uchun kerak? M a’lumki, 
budjetdan ajratilayotgan mablag‘ kutubxonalar ehtiyojini to‘liq 
qondira olmaydi. Moddiy-texnika negizini yaratish, kutubxonalar 
fondini zarur adabiyotlar bilan to ‘ldirish, ommaviy tadbirlarni 
tayyorlash va o‘tkazish, nashriyotchilik faoliyatini olib borish 
uchun ko‘plab mablag1 kerak bo‘ladi. Texnika vositalari, yozuv 
qurollari, ayniqsa, adabiyotlarning narxi juda qimmat.
Yana bir tomoni, adabiyotlar nashrining adadi juda kam. Bu 
esa aholining axborotga bo‘lgan talabini to ‘liq qondirishda 
muammolar paydo qiladi. Fandrayzing kutubxonalarga tevarak- 
atrofdagi iqtisodiy baquw at tashkilotlar, homiylar, xususiy 
firmalar, shaxslar bilan aloqa o ‘rnatish, hamkorlik qilish, ho- 
miylar topish, ularga qiziqishlari, ehtiyojlari doirasida axborot 
xizmati ko‘rsatish, axborot bilan ta ’minlab turish, kutubxona 
ishiga volontorlarni jalb etish, boy shaxsiy kutubxonalar fondini 
kutubxonaga olish bilan mablag1 topish imkonini beradi.
Mustaqillik yillarida tashkil topgan ko‘pgina nodavlat notijorat 
tashkilotlari o‘z faoliyatlarini tashkil etish va yuritishda jahon 
tajribasida tez ommalashib ketgan usullardan foydalana boshladilar.
Respublikamiz kutubxonalarida ham ko‘pgina ish shakllari- 
ning u yoki bu usuli qo‘llaniladi. Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘z- 
bekiston Milliy kutubxonasi, Respublika bolalar kutubxonasi, 
deyarli oldingi barcha viloyat ilmiy-universal kutubxonalari turli 
mavzularda, turli maqsadlar yo‘lida grant olib, kutubxonalarni 
zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta ’minlash, asbob- 
uskunalar sotib olish, kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan 
to‘ldirish, kitobxonlarga axborot xizmati va bepul Internet xizmati 
ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishgan. Chirchiq shahar kutubxonalari 
mahalla qo‘mitalari bilan birgalikda o‘smirlar, maktab o‘quvchilari
www.ziyouz.com kutubxonasi


va yoshlar orasida ta lim-tarbiyaviy ishlarni olib borish uchun 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, har bir ommaviy tadbir uchun ho- 
miylarva ko‘ngillilardan ko‘pgina miqdorda mablag1 to‘pIashga 
erishilmoqda. Shaxsiy kutubxona fondlarini kutubxona fondiga olish 
bo‘yicha ham juda ko‘p kutubxonalar ma’lum tajribaga egalar.
2002-yili Toshkent viloyat «Turon» axborot-kutubxona mar­
kazi (awalgi universal ilmiy kutubxonasi) qoshida viloyat ku­
tubxonalar assotsiatsiyasi kutubxonalarning yangi ish usullari 
yuzasidan qator seminar mashg‘ulotlari o‘tkazdi. Seminarlarda 
turli xalqaro jam g‘armalar va mahalliyjamg‘armalar, Respub­
lika kutubxonalar assotsiatsiyasi vakillari qatnashishdi. Seminar- 
larning bir mashg‘uloti aynan kutubxonalar faoliyatiga fandray- 
zingni olib kirish masalasiga bag‘ishlandi va «Kutubxonada 
fandrayzing» deb nomlandi. Bu tadbir «IREX» jamg‘armasi 
mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Unda klassik fand­
rayzing, uning mohiyati, negizi, kutubxonalar tizimida fandray- 
zingni tashkil etish, rejalashtirish, Pablik rileyshnz, 0 ‘zbekis- 
tonda fandrayzing, uning ko‘rinishlari, press-reliz va turli boshqa 
tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Seminarlar davomida barcha vilo- 
yatlar kutubxonalari uchun murabbiylar tayyorlandi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish