Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Konferensiyalar.
Bunday tadbirlar tashkilotchilarga yig‘inlarda 
ma’ruza bilan qatnashib, o‘z g‘oyasi va maqsadini boshqalarga 
tushuntirish va singdirish imkonini beradi. Konferensiyalar ichki 
va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki konferensiyalar tashkilot xodimlari 
uchun m o‘ljallangan bo‘lib, shu joyning o‘zida muammoni 
muhokama etishga bag‘ishlanadi. Tashqi konferensiya tashldlotdan 
tashqaridagi auditoriyaga mo‘ljallanadi. Konferensiyalar mazmuniga 
va xarakteriga ko‘ra, ilmiy, siyosiy va adabiy yoki bir necha 
yo‘nalishda ham bo‘ladi. Konferensiyaning mavzusi, yo‘nalishi uni 
o‘tkazish xarakterini va muhokamaga qo‘yilayotgan masalaning 
mazmunini belgilaydi.
Konferensiyaning asosini to ‘planganlar qiziqishiga mos 
chiqishlar tashkil etadi. So‘zga chiquvchilar elga mashhur kishi- 
lar — yozuvchi va shoirlar, olimlar, hukumat idorasi rahbarlari, 
menejerlar, ishbilarmon kishilardan iborat bo‘ladi. Yana masalaga 
qiziquvchi boshqa ishtirokchiga ham so‘z beriladi.
Konferensiyaga avvaldan tayyorgarlik ko‘riladi. So'zga 
cliiquvchilar dastlab m a’ruza mavzusini aniqlab, shunga ko‘ra, 
o‘z chiqishini tayyorlab olishadi. Bu esa ma’ruzaning ta’sirli va 
sifatli bo‘Ushiga olib keladi. Ma’ruza uchun 20 minut, agar ma’ruza 
chet tilida bo‘lsa, ko'proq vaqt ajratiladi. Bunda turli slaydlar, video 
tasmalarning namoyish etilishi uning ta’sirini oshiradi.
Anjumanda tinglangan ma’ruzalar alohida to‘plam holida nashr 
etiladi. So‘zga chiquvchilar avvaldan aniqlanib, ular bilan tadbir 
yo‘nalishi haqida maslahatlashib olinadi. Tadbir oldidan ularga va 
boshqa ishtirokchilarga tadbir sarlavhasi, mavzusi, maqsadi aks 
etgan taklif qog‘ozlari jo‘natiladi. Tadbir boshlanishidan bir necha 
hafta oldin tadbir vaqti aniq ko‘rsatilgan, dastumi ishtirokchilar 
olib ulgurgan bo‘lishlari kerak.
Jamoatchilikka muhim anjumanlar haqida OAV orqali xabar 
beriladi, bunda anjumanning vaqti, o‘tkaziladigan anjuman 
mazmuni, uning ijtimoiy va ilmiy ahamiyati, ko'tarilgan masalalar
335
www.ziyouz.com kutubxonasi


haqida axborot beriladi. Agar jurnalist anjuman mavzusi va 
muammodan yiroqbo‘lsa, awaldan gazeta va jurnal uchun press- 
reliz tayyorlanadi. Bunda tayyorlangan m a’lumot quyidagi tar­
tibda bo‘lishi kerak:
• tashkilot haqida ma’lumot, aniq nomi, faoliyat yo‘nalishi, 
qisqacha tarixi, tarkibi, rahbarlar haqida m a’lumot, tashkilot 
ko‘rinishining surati;
• anjuman dasturi, qatnashuvchi shaxslar haqida qisqacha 
ma’lumot va ro‘yxati, foydali va muhim ma’ruzalarning qisqacha 
bayoni, press-rehz matni.
Yirik anjumanlar paytida jurnalistlar uchun tadbir ishtirok- 
chilaridan intervyu olish, suhbat olib borish va to ‘g‘ridan to ‘g‘ri 
efirga uzatish uchun maxsus xonalar ajratib beriladi.
Konferensiyalar turli tashkilotlar o‘rtasida aloqalar o‘r- 
natish va mustahkamlash, professional, siyosiy va ishchan 
jamoatchilik orasida yuzma-yuz holda m uam m olarni muho- 
kama qilib, hal etish imkonini beruvchi samarali tadbirdir. Yirik 
tashkilotlarda an’anaviy anjumanlar tele va videokonferensiyalar, 
Internet konferensiyalari bilan to‘ldiriladi.
Ochiq eshiklar kuni OAV xodimlari, keng omma, mutaxas- 
sislar uchun o‘tkaziladi. Keng omma, asosan, mahalliy jamoat­
chilik bunday tadbirga ko‘proq o‘z qiziqishlariga javob izlab ke- 
lishadi, tashkilotchilar esa ularda o‘zlariga yaxshi va to ‘g‘ri mu- 
nosabatni shakllantirishga hamda mustahkamlashga harakat qi- 
lishadi. Ochiq eshiklar kunini tayyorlash va o‘tkazish mas’uliyatli 
jarayon. Bunda tadbir dasturi va o‘tkazish ssenariysini tayyorlab 
olish, boshqaruvchini tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Bosh- 
qaruvchi so‘zga chechan, boy, xullas mahoratli notiq bo‘lishi 
shart. Tadbirda mavzuga mos turli ko‘rgazmalar, ko‘rsatkichlar, 
jadvallar, eng yaxshi yutuqlar, adabiyotlar, kutubxonaning imko- 
niyatlari namoyish qilinadi.
Kutubxonalar tajribasiga PRni olib kirish va undan foydala- 
nishda quyidagi qat’iy qoidalarga amal qilish zarur: tushunarli 
xabar — bunda berilayotgan xabar aniq, tushunarli, qisqa, 
mantiqan yuqori savodxonlik darajasida tuzilgan bo‘lishi kerak. 
Jumladan, bitta g‘oya, bitta obraz joy olishi zarur. Bunda so‘zlaming
336
www.ziyouz.com kutubxonasi


soddaligiga erishish katta ahamiyatga ega. Aniq belgilangan manzil 
yoki shaxs 
xabarni yoki axborotni kimga jo ‘natayotganingizni 
awaldan aniq belgilang, kirn, manzili qayerda, hatto pochta 
belgilarigacha aniq bo‘lishi xabarning har joyda adashib yurmasdan, 
to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z egasiga borishiga zamin yaratadi, maqsadning 
aniq bo‘lishi esa sizga hamkorlik qiladigan shaxsning, tashkilotning 
siz bilan bundan keyin ishni davom ettira olish imkoniyatini 
belgilashda yordam beradi. Maqsadingizni aniq bilib va tushunib 
olgandagina hamkorlik qilishga kiiishish mumkin, kirishimlilik fazitati 
har bir kutubxonachi uchun juda zarur, ta’sirchanlik, munta- 
zamlilik, birlik va turli-tumanlilik, ishchanlik ham bu ish jarayonida 
muhim ahamiyat kasb etadi.
PR ishini amalga oshirishda bir narsani unutmaslik kerakki, 
kitobxonni yolg'on so‘zlar bilan aldab boMmaydi, unga real, ha- 
qiqiy narsa kerak, faqatgina imij emas. Shuning uchun ham ichki 
aloqajuda zarur. PR juda katta, chiroyli, dabdabali boMgani bilan, 
ammo kam samara berishi ham mumkin. Real bog‘liq hayot, ha- 
qiqat esa doimo yodda turishi zarur, PR hamma muammoni hal 
etishi, yaxshi boshqaruvning o‘rnini bosa olishi mumkin emas.

Download 11,3 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish