• Xayriya jamg ‘armalarini
  • Pablik rileyshnz
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    «oltinfondlar»
    ning tashkil etilishidir. Toshkent davlat 
    san’at 
    va madaniyat instituti asosiy kutubxonasi — hozirgi axborot-resurs 
    markazida ana shunday fond tashkil etilgan. Fondga institutning 
    sobiq o‘qituvchilari, mehmonlar, turli xalqaro va mahaUiy jam- 
    g‘armalar tomonidan sovg‘a qilingan adabiyotlar jamg‘arilgan.
    11. 
    Xayriya jamg ‘armalarini
    tashkil etish — fandrayzingning 
    bir ko‘rinishi. Xayriya jamg‘armalari kutubxonalarda ko‘ngilli- 
    lardan, badavlat yoki tadbirkor shaxslar tomonidan baholi qud- 
    rat ajratilayotgan mablag‘lar evaziga tashkil etiladi. Ana shunday 
    jamg‘arma Respublika bolalar kutubxonasida ham tashkil etilgan.
    324
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Xayriya jamg‘armalarida to ‘planayotgan mablag‘lar kutubxonaga 
    yangi adabiyotlar olishda, ommaviy tadbirlarda ishtirokchilarni 
    ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishda, kutubxonani jihozlash va 
    bezatish maqsadida ishlatiladi.
    Pablik rileyshnz
    Fandrayzingni tashkil etishda Pablik rileyshnz (PR) alohida 
    ahamiyatga ega. Public — inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, uning 
    500 dan ortiq m a’nosi mavjud: jamoatchilik, ijtimoiy, umumiy, 
    ommaviy, xalq, maqsadli guruh, tashkilot-muassasa, institut, 
    kutubxona va boshqalar. Pablik rileyshnz, asosan, ijtimoiy mu- 
    nosabatlar tushunchasini anglatadi, ya’ni tashkilot, muassa- 
    saning faolligini, obro‘-e ’tiborini oshirish maqsadida ijtimoiy 
    fikrni tashkil etish ma’nosida. Bu turli yo'llar bilan, ayniqsa, 
    ommaviy axborot vositalari yordamida amalga oshadi. PR — dav­
    lat boshqaruv organlari, ijtimoiy tuzilmalar va fuqarolar o‘rta- 
    sidagi butun jamiyat manfaati va qiziqishi yo‘lida o‘zaro bog'liq- 
    likni o'rnatish san’atidir.
    Pablik rileyshnz tushunchasi quyidagicha tavsiflanishi mumkin:
    • keng va mahalliy jamoatchilik fikriga ta’sir etish maqsadida 
    olib boriladigan muntazam va rejali faoliyat;
    •tashkilotni jamoatchilik bilan, jamoatchilikni tashkilot bilan 
    bog‘lash jarayoni, bunda quyidagi funksiyalarni ko‘rish mumkin;
    •tashkilot va jamoatchilik o‘rtasidagi o‘zaro foydali muno- 
    sabatlarni o‘rnatish, aniqlash va qo‘llash bo‘yicha boshqaruv va- 
    zifasi;
    • tashkilotga foyda va omad keltiradigan darajada qaror qabul 
    qilishda maslahat berish;
    • tashkilot bilan jamoatchilikning aloqasini boshqarib borish.
    PR faoliyatining asosiy yo‘nalishi ommaviy axborot vositalari,
    tadbirkorlar, davlat va mahalliy boshqaruv organlari, investorlar 
    bilan ishni tashkil etishdan iborat.
    Yuqoridagi xususiyatlar ilgaridanoq turli xil ko‘rinishlarda 
    namoyon bo'lgan. Masalan, kishilarni ijtimoiy birlashtirish maq­
    sadida ibtidoiy jamoa davridanoq o‘yin va qo‘shiqlardan foydala-
    325
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    nishgan. Bu tadbirlar davomida nutq, ritorika, sahna mahorati 
    shakllangan, rivojlantirilgan, uning yordamida auditoriyani bosh- 
    qara olish xususiyati antik davrdanoq rivojlanib kelgan.
    PR tushunchasi birinchi marta 1807-yilda Amerika Qo‘shma 
    Shtatlari prezidenti T. Jefferson tomonidan qo‘llanilgan. 1900-yili 
    Bostonda Garvard universiteti qoshida PR agenturasi tashkil 
    etiladi. D. Rokfellerning press-boshqaruvchisi Ivya Li jurnalis- 
    tikada PRni qo‘llashga asos soldi va uning shiori «jamoatchilik ax­
    borot bilan ta’minlanishi shart» ifodasidan iborat edi.
    PR nazariyasi, amaliyoti va mutaxassisligining asoschisi Edvard 
    Bemauz bo‘lib, yaratilgan birinchi darslikning muallifi, ilk muallimi 
    edi, 60 yillik umrini, bilimi va tajribasini PR sohasiga bag‘ishladi.
    XX asrda texnika vositalari rivojlana borishi bilan axborotga 
    bo‘lgan talab va intilish, uning tarqalish doirasi kengaydi. 1904-yili 
    Pensilvaniya shtatidagi universitetda «Publicit» xususiy ofisi tashkil 
    etildi. 1918-yili birinchi marta PR fan sifatida Illinoys shtati uni- 
    versitetining o‘quv rejasiga kiritildi.
    Dastlab, PR, asosan, jumahstika fakultetida o‘qitildi. 1923-yili 
    Zigmund Freyd PR asoslariga bag‘ishlangan birinchi kitobini yozdi. 
    1930-yillarga kelib, Amerikada PR menejmentning mustaqil tarkibi 
    va vazifasi sifatida shakllandi. 1948-yilda Amerikada PR jamiyati 
    tashkil etildi. Keyinchalik Rossiya tijorat va davlat tizimidagi 
    tashkilotlar ham PRni o‘zlarining faoliyatiga faol kirita boshlashdi.
    PR boshqa xorijiy mamlakatlar kutubxonalari tajribasida ham 
    awaldan keng qo‘llanilib kelingan. Masalan, Germaniya kutub- 
    xonalarida maxsus PR byurolari tashkil etilgan bo'lib, ular kutub­
    xonada olib boriladigan barcha PR ishlari bilan shug‘ullanadi. Bunda 
    alohida PR bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishlaydi va ulardan 
    quyidagi fazilatlarga ega bo‘lish talab etiladi:
    • aqllilik, qiziquvchanlik, sezgirlik;
    • tasawur eta bilish, yumorni tushuna bilish;
    • vazminlik, epchillik;
    • tahliliy va tashkiliy mahoratga ega bo‘lish;
    • har qanday kishi va tashkilotlar bilan aloqa bog‘lash qobiliyati;
    • turli xil auditoriya bilan bog‘lana olish va ishlay olish;
    326
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    • savodli yoza olish, muammolarni tezda ilg'ay olish va 
    shakllantira olish;
    • tafovutlarni, muammolarni hal eta bilish, muloqotlarni o‘rnata 
    bilish;
    • kompyuter savodxonligi.
    PRning quyidagi asosiy vazifalari belgilangan:
    • boshqaruv vazifasi;
    • rejali va muntazam ish olib borish;
    • ikki yo‘nalishda aloqa olib borish;
    • o ‘zaro bir-birini tushunish.
    PR bir vaqtning o'zida ham marketing, ham reklama, ham 
    targ‘ibot, ham boshqaruv qarorlariga ta ’sir etish amaliyotidir.
    Ijtimoiy-siyosiy, texnologik va professional talablarning o‘zgarib 
    va o‘sib borishi, insoniyatga va jamiyat hayotiga OAVning kuchi va 
    ta’sirining oshib borishi, kutubxonalarning maqom va imijining 
    pastlashib borganligi, boshqa sohalarga nisbatan oylik maoshlaming 
    kamligi, bozor va biznesning ijtimoiy hayotga ta’siri kutubxonalar 
    faoliyatiga PRni olib kirishni talab etdi. PR kutubxonalar imijini 
    ko‘tarish, ommani axborot bilan muntazam ta’minlash, jamoat - 
    chilikning tayanchiga, madadiga erishish va tashqaridan mablag1 
    jalb etish, o‘z obro‘sini oshirish va himoya qilish maqsadida qo‘lla- 
    niladi. PRnmg maqsadi kutubxona maqsadiga mos kelishi shart.
    Kutubxonalar faoliyatida PRni qo'llash jarayonida o‘ziga xos 
    tashkiliy madaniyat talablariga amal qilinadi. Bulami quyidagi 
    ko‘rinishlarda ajratib ko‘rish mumkin: 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish