|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiylari universiteti
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 258,4 Kb. | | #234957 |
Bog'liq Dilobar kolleksiya ma\'ruza MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYLARI UNIVERSITETI
Mustaqil ish
Mavzu : Axborot-kutubxona fondini modellashtirish tushunchasi.
Bajardi: 060-21-guruh talabasi
Normanova Dilobar
Toshkent 2024
Mavzu : Axborot-kutubxona fondini modellashtirish tushunchasi.
Reja :
1. Axborot-kutubxona fondini modellashtirish;
2. Fond bilan ishlash
3. Bibliografik model
Axborot-kutubxona fondini modellashtirish
Mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda bolgani kabi kutubxonachilikda, jumladan, kutubxona fondini tashkil etish sohasida ham katta o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Axborotkutubxona fondini modellashtirish yuqoridagi va boshqa bir necha masalalarni aniqlashda, yoritib berishda kutubxonachiga katta yordam beradi.
Modellashtirishning ahamiyati shundaki, u fondning izchil va samarali ishlashini ta’minlaydi. Kutubxona fondini yaxshi tashkil qilishning ilmiy asoslaridan biri uni modellashtirishdir. Model o‘zining oddiyligi va aniqligi bilan olingan obyektni o‘rganishni yengillashtirib beradi. Kutubxonachi modelni ishlab chiqar ekan, o‘ziga xos o‘zgarishlar kiritilishiga moslangan konstruksiya yasaydi va hali bunyodga kelmagan tizimni o‘rgana boshlaydi. 0 ‘zi yasamoqchi bo‘Igan modelning xarakteristikasini tuzadi, sharoitni aniqlaydi, xizmat qilish jarayonlarini ishlab chiqadi. So‘ngra o‘z kutubxonasiga mos keladigan samarador modelni vujudga keltiradi.
Kutubxonada mavjud bo'lgan fondga real modelni, hali mavjud bo‘lmagan kutubxonaga esa ideal modelni ishlash mumkin. Bundan tashqari modellarni xilma-xil oraliq fondni xususiyati, xarakteri o‘rganilib, undan qanday natija chiqishi aniqlanadi. Ushbu natija yaxshi chiqishi uchun shu xususiyat yoki xarakter o‘zgartiriladi. Shuning uchun ideal modelni tuzishdan oldin kutubxona fondi immitatsiyali modellashtiriladi, so‘ngra kelgusida ishlatiladigan haqiqiy model yasaladi.
Model va modellashtiriladigan obyekt o‘rtasida ichki bog‘lanish bo‘lmasa ham modelni asosiy belgilaridan biri originalga o‘xshashligidir. 0 ‘xshashlikni 100% ga yetkazish ancha mushkul. Model kutubxona fondining hamma tomonlarini hisobga olgan bo‘lishi mumkin, lekin uni amalga oshirish ancha qiyin bo'ladi. Model oddiy va ko‘rgazmali bo'lishi mumkin, lekin u fondning hamma tomonlarini hisobga olmasligi ham mumkin. Shuning uchun birinchi navbatda model tuzayotganda uning imkoniyat darajasini aniqlash lozim.
Modellashtirishda ma’lumotlar yozma tavsif sifatida, grafik (grafik model), formulalar sifatida berilishi mumkin. Kutubxonachi o‘z oldiga qo‘ygan vazifasiga qarab modellarning xohlagan xilini tanlab oladi. 138 Agar biror bo‘lim yoki umuman kutubxona fondi qanday optimal bo'lishi, qaysi holatda, qancha nusxa kitob olishi mumkinligi, qancha kitobni hisobga olish va qancha chiqarib tashlash kerakligini bilmoqchi bo‘lsak, unda matematik modeldan foydalangan ma’qul. Natijada, shu birgina fond bir necha modellarda kompleks ifoda etiladi.
Model kutubxona fondining mohiyatini, mazmunini qanchalik chuqur ifodalasa, u shuncha ko'proq yashaydi, lekin vaqti-vaqti bilan ularni isloh qilib, yangilab borishga to‘g‘ri keladi. Kutubxona fondi modelini tuzish bir necha bosqichdan iborat. Boshlang‘ich davrda fondning miqdori va tarkibi, undan foydalanish, talabga javob berish kabi ma’lumotlar yig‘ilib tahlil qilinadi. Bunda fond pasporti ishlatiladi. Ikkinchi bosqichda olingan ma’lumotlarga tayanib fondning rivojlanish tendensiyasi aniqlanadi. Bu holat ma’lum vaqt ichida qancha kitob olish mumkinligini belgilab beradi.
Fondning umumiy va xususiy parametrlari, ya’ni umumiy fond, bo‘limlaridagi kitoblar, kitob bilan ta’minlash, aylanishi va hokazo ma’lumotlar matematik modelda aks etadi. Uchinchi bosqichda fondning struktura modeli tuziladi, ya’ni tematik-tipologik butlash rejasi vujudga keladi. Tuzilgan modelning loyihasi kutubxona kengashi va rahbari tomonidan tasdiqlanib, to'rtinchi bosqichda u haqiqiy hujjatga aylanadi. Beshinchi bosqichda alohida modellar asosida bir sohaga oid fond yoki regional fondning yagona yig‘ma modelini vujudga keltirish mumkin, ya’ni kutubxonalar fondini butlashning yagona muassasalararo rejasini tuzish mumkin. Masalan: Xorazm, Jizzax viloyati va hokazo. Kerak bo‘lsa kelgusida fonddan foydalanishga qarab bu modellarga joriy o'zgartirishlar kiritish mumkin.
Yozma yoki tavsif modeli. Ushbu modelning vazifasi fondni shakllantirish tendensiyasi, maqsadi haqida ma’lumot berishdir, ya’ni kutubxona joylashgan joy xarakteristikasi, kitobxonlar tarkibi va talabi, kutubxonaning kelgusida rivojlantirilishi, kitoblarni tanlash haqidagi metodik tavsiyalarni hisobga olish.
Fond bilan ishlash unga pasport tuzishdan boshlanadi. Pasportda fond haqidagi asosiy ma’lumotlar joylashadi: Fondning nomi va joylashgan joyi, tarixi, hozirgi tarkibi, strukturasi va hajmi, kitob olish manbai, yangilanish darajasi, kitoblarni joylashtirish tizimi, saqlash, kataloglarda tavsif etilishi, foydalanish holati, tekshirish davrlari va hokazolar. Yuqoridagilarga asoslanib fond va uning bo‘limlarini hozirgi ahvolini aniqlab, so‘ng kelajagi belgilab beriladi. Fondning kelajagini aniqlayotganda unga ta’sir etadigan obyektiv omilfarni hisobga olish lozim:
1) Demografik, madaniy, ishlab chiqarish, sotsial vaziyatlarning o‘zgarishi va kitobxonlarning talablari.
2) Nashriyot va kitob savdosidagi o'zgarishlar.
3) Kitobga qo‘yiladigan narx-navoning o‘zgarishi.
4) Boshqa tashkilot kutubxonalari, kooperativ va kutubxonalar faoliyati.
5) Kutubxonadan foydalanish vaqti, miqdori va tarkibi. Kutubxona fondi modelini tuzishda avvalo kutubxona oldida turgan vazifalardan kelib chiqiladi.
Bu vazifalar davlat, xalq xo‘jaligi, kutubxonachilik ishining rivojlanishidan, kitob va axborot ishlari ahvolidan kutubxona Nizomidan, shu joyda joylashgan tashkilot va muassasalar faoliyatidan kelib chiqadi. Yuqoridagi omillar kutubxonaning yo‘nalishiga mos kitoblar bilan to‘ldirishga yordam beradi. Qo'shimcha mavzudagi kitoblar boshqa kutubxonalar fondini hisobga olish natijasida aniqlanadi.
Modelni yaratishda kitobxon talabini ham hisobga olish lozim. Bunda uning kasbi, mutaxassisligi, yoshi, qiziqishi ahamiyatlidir, chunki ular qaysi mavzudagi, janrdagi, turli xildagi kitoblar kerakligini belgilab beradi. Bu yerda fond bilan ishlovchi xodim kitobxonni qaysi talablari umumiy, qaysilari xususiy yoki juda kerakligini aniqlaydi, chunki ushbu talablar nechta nusxa kitob olishni belgilab beradi. Ba’zi talablar esa boshqa kutubxonalar hisobiga qondirilishi mumkin.
Yozma modelda ko‘proq so‘raladigan mavzular, kitob turi va xillari, nusxasi, kutubxona fondining belgilari, umumiy tarkibi va hajmi aniqlanadi. Matematik model fond miqdori haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Bunda hisoblash texnikasi juda muhim. Har bir kutubxona fondi o‘ziga xos kattalikka va tuzilishga ega bo'lishi mumkin. Buni hisoblashda oddiy arifmetik formuladan va oliy matematika formulasidan foydalaniladi. (V.M. Motilev, A.G. Rayev).
Bizda kutubxonaning birinchi, ya’ni dastlabki fondi qishloq va texnika kutubxonasi uchun 2000, shahar kutubxonasi uchun 5000 jild qilib belgilangan. Bundan tashqari xalqaro minimumlar ham mavjud. Masalan: IFLA ning har bir kutubxonaning dastlabki fondi 6000 jild qilib belgilangan. Fondning miqdori shu joyda yashaydigan aholining soniga ham bog‘liq.
Besh minggacha aholisi bo'lgan joyda har bir odamni kitob bilan ta’minlash 2,5 jild, 10 minggacha — 2,0, 20 ming — 1, 5, 20 mingdan oshgan bo'lsa 1 jild. Fondning optimal aylanishi — 3 marta, fonddan hujjatni chiqarib tashlash — 12% yoki butlash budjetidan 10%ni tashkil etishi mumkin. Agar fond har yili 3%ga oshib borsa bu ancha ma’qul hisoblanadi. Ko‘rsatkichlarni hisoblashning umumiy usullari Kutubxona o‘z fondi bilan kitobxonlar talabini qanchalik bajarayotganini S. Bredford qonuniga asosan hisoblash mumkin.
Agar kitobxonlarning hamma talabini hisobga olib fond yig‘ilsa, u bir necha o‘n marta oshib ketadi. Shuning uchun umumiy kitobxon sonidan 70%i talabiga javob beruvchi fond ma’qul deb hisoblanadi. Kitobxonning 30% talabi esa boshqa kutubxonalar hisobidan qondiriladi, ya’ni bunda KAA va ichki kitob almashtirish hisobga olinadi.
Bredford qonuni bo‘yicha fondning miqdorini aniqlashda xususiy usullar ham qo‘llaniladi. Kutubxona fondining miqdorini (KF), kutubxona xizmat qiladigan aholini kitob bilan ta’minlash (KT) harflari bilan belgilaymiz. KFdan foydalanishni aniqlashda kitob berish (KB), kitobning o‘qilishi (KO‘), kitobxonlar soni (KS) kabi ko‘rsatkichlar 141 muhimdir. Bu ko‘rsatkichlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Kutubxona fondini ko‘paytirish uchun kutubxonachi kitobxonlar sonini oshirishi lozim, ya’ni KF=KTKX. Demak, formulaga asosan to la fond bo‘lishi uchun yetarli kitob bo'lishi va yetarli kitobxon bo‘lishi lozim.
K f o p t - K t o p t K X o p t Agar bitta kitobxon bir kelishda 5 ta kitob olish huquqiga ega bo‘lsa, KT — shu o‘rtacha songa teng bo‘ladi. Agar fondda har bir kitobxonga 5 tadan kitob to‘g‘ri kelsa, bunda yangi a’zo bo‘lgan kitobxonlarga kitob yetishmasligi mumkin. Shuning uchun fondda qo‘shimcha kitob bo‘lishi kerak. Odatda, har bir kitobxonga fondda o‘rtacha 8 ta kitob bo‘lishi lozim. Fondning yuqori miqdorini (chegara) aniqlayotganda har bir kitob ham kitobxon tomonidan doimo o‘qilavermasligi (aylanmasligi) hisobga olinadi.
Kutubxona fondining asosini tashkil qiluvchi ba’zi kitoblar: uncha talab qilinmaydigan qomus, ko‘p jildli asarlar, badiiy qiymati pastroq kitoblar, eski, fonddan chiqarilmagan kitoblar o‘qilmasdan fondda yotaveradi. Ba’zi kitoblar bir necha tilda olinishi yoki ozchilikni tashkil qiluvchi kitobxon guruhlari uchun olinadigan kitoblar KT ni ko‘paytirib yuboradi. Shularni hisobga olganda yetarli kitob bilan ta’minlash, ya’ni KT bitta kitobxonga 12 ta kitob to‘g‘ri kelishini taqozo qiladi.
Shunday qilib, MKT ning har bir filialida bir kitobxonga kamida 8 ta, ko‘pi bilan 12 ta kitob to‘g‘ri kelishi mumkin, ya’ni K f o p t - K t o p f Kxopt = 8 -f- 12Kx. Shuni ham esdan chiqarmaslik lozimki, yirik kutubxonaning kitobxoni ko'proq, kichik kutubxonaning kitobxoni esa ozroq kitob tanlash imkoniyatiga ega1. Shuning uchun bu imkoniyatlarni baravarlashtirish uchun fondning lozim miqdorini aniqlayotganda kitobxoni kam bo‘lgan kutubxona yuqori shkalani, kitobxoni ko‘p bo‘lgan kutubxona esa quyi shkalani tanlab oladi. Kitobning o'qilishi kitob bilan ta’minlashga bog‘liq, agar har bir kitob kitobxon talabiga mos bo‘lsa, bunda kitobxonning kitob 1 Y o‘ldoshev E., Raximova M. Hujjat fondlari. — Т., 2004,— b.61—62 142 o‘qishiga ketkazgan vaqtini, o‘qish darajasini ham hisobga olish lozim. 0 ‘rta hisobda har bir kitobga 12 soat vaqt ajratiladi. Taxminan bir kitobxon bir yilda o‘rta hisobda 16—22 ta kitob o‘qiydi. Biz kitob aylanishini (Ka=Kb:Kf) berilgan kitoblarni fondga bo‘lish bilan aniqlasak, kitobning aylanishi esa kitob bilan ta’minlanishi va uning o‘qilishi bilan uzviy bog‘liq. Demak, kitobning aylanishi ushbu ko‘rsatkichlar bilan bog'liq ekan: KFA=KT-KS Modellashtirishda matematik usul asos bo‘la olmaydi, chunki kitob o‘qilishi inson psixologiyasi, qobiliyati va ehtiyoji bilan bog'liq. U boshqa usullar bilan birgalikda ishlatilganda ancha qo‘l keladi.
Bibliografik model kutubxona fondini bibliografik qollanmalar bilan taqqoslab, birinchidan, kitoblarning yetmayotgan nusxalarini olishni aniqlab borsa, ikkinchidan, dublet va profilga mos kelmaydigan kitoblarni aniqlashga imkon beradi. Ideal model fond tarkibini mazmun jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lishini va kerakli kitoblar olinishini ta’minlaydi. Bu model ommaviy kutubxonalarga mo‘ljallangan namunali kataloglarda aks etadi. Lekin ulardagi kitoblar tezda eskirib qoladi. Hozir uning o‘rniga kutubxona fondi asosini aks ettiruvchi kitoblar ro‘yxatlarini tuzish dolzarb bo‘lib qoldi.
Kutubxonalar ba’zan fondni qayta to‘ldirish uchun dastlabki va qayta to‘ldirish kartotekasini tuzadilar. Bu ham ideal modellashtirishga yordam beradi. Kutubxona fondining haqiqiy holatini aks ettiruvchi, ya’ni fondning real modeli kutubxonaning katalogi va kartotekasi, inventar kitobi va jamlama kitobda aks etadi, u xohlagan kitob haqida ma’lumot beradi. Strukturali model kutubxona fondining kelajakda tuzilishi va rivojlanib borayotganini belgilab beruvchi hujjatdir. Bu hujjat kutubxonaning foydali va sifatli ishlash parametrlarini (tematik, tip, xil va nusxa) aniqlab beradi.
Ushbu modelning xili 1893-yili Amerikada paydo bo‘lib, namunali katalog sifatida ma’lum. U o‘z ichiga kitoblar ro‘yxatini va mavzusini oladi. Ayni chog‘da strukturali va bibliorafik modelning aralashmasi sifatida xilma-xil kutubxonalarga 143 mo'ljallangan edi. Keyinchalik strukturali model har xil tip va xildagi kutubxonalarda qo‘llanila boshladi. Ushbu model fond ko‘rinishining soddalashgan xili bo‘lib, hujjatlarning tipiga qarab, alohida temalar bo‘yicha nechta kitob olishni aniqlab beradi. «Tematik—tipologik» kutubxona fondining rivojlanishini bir necha yil oldin aniqlab, uning umumiy yo‘nalishi va kitob jamg‘arish siyosatini belgilab beradi. Ba’zan yangiliklarga qarab u o'zgartirib boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.В. Ganiyeva axborot kutubxona katalogi va fondi
2.https://e-library.namdu.uz/
|
| |