*2 va З-ilovalar berilmaydi




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

*2 va З-ilovalar berilmaydi.
**4-ilova berilmaydi.
346
www.ziyouz.com kutubxonasi


Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Idoralararo kengash 
to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Amalga oshirilgan ishlaming yakunlari to‘g‘risida 2006-yilning
1-dekabrigacha 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga 
ma’lumot berilsin.
6. Belgilansinki, axborot-kutubxona va axborot-resurs markaz- 
lari faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari va 
homiylaming mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi 
bilan birgalikda 2007-yilning yanvaridan boshlab axborot-kutub- 
xona va axborot-resurs markazlarida elektron kutubxonalarni 
tashkil qilgan hamda ilg‘or axborot texnologiyalarini tatbiq et- 
gan holda ushbu markazlarni kompyuterlashtirish uchun zarur 
mablag'lar ajratilishini nazarda tutsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar 
va Toshkent shahar hokimliklari axborot-resurs markazlarining 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashishni 
ta’minlasin.
7. 0 ‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi zimmasiga:
— axborot-kutubxona markazlarini belgilangan tartibda 
«ZiyoNET» axborot tarmog‘iga bosqichma-bosqich ulash va 
ularning resurslariga aholi keng qatiamlarining kirishini 
ta’minlash;
— elektron kutubxonalar tizimini rivojlantirish, kutubxona 
axborot resurslarini tizimlashtirish vazifasi yuklansin.
8. 2006—2007-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat ma­
daniyat instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universi- 
tetida «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» ta’lim yo'na- 
lishi bo‘yicha bakalavriat kadrlari hamda magistratura tegishli 
mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash nazarda tutilganligi 
ma’lumot uchun qabul qilinsin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 
Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda 0 ‘zbekiston Aloqa va 
axborotlashtirish agentligi:
347
www.ziyouz.com kutubxonasi


— bir oy muddatda axborot-kutubxona va axborot-resurs mar- 
kazlari kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishga 
nisbatan qo‘yiladigan talablami ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
— elektron darsliklar va kutubxonalar, multimedia tizimlari va 
dasturlari yaratihshini ta’minlasin.
9. 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar 
va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga 
ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar 
to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Download 11,3 Mb.
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish