— yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
— axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanish
uchun
shart-sharoitlar yaratadi;
— boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni
amalga oshiradi;
— tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalarining
depozitar saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini to ‘plashni
amalga oshiradi va ularning hisobini yuritadi.
Axborot-kutubxona markazlari
qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlami ham amalga oshirishi mumkin.
Axborot-kutubxona markazlarining axborot-kutubxona fondi
davlat mulkidir.
Axborot-kutubxona markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasi tom onidan
tasdiqlanadi.
12-modda.
Axborot-resurs markazlari
Axborot-resurs markazlari davlat ta’lim muassasalari
huzurida
tashkil etilgan, o‘quvchi yoshlarning, shuningdek, aholining ax-
borotga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan axborot-
kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi
universal axborot-
kutubxona muassasalaridir.
Axborot-resurs markazlari:
— ta’lim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq, asosan,
ilmiy-ta’limga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini
shakllantiradi va uning but saqlanishini ta’minlaydi;
— elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
— shaxsning ma’naviy boy va barkamol ijodiy o‘sishi uchun
imkoniyatlar yaratgan holda o‘zidagi va o‘zidan uzoqdagi axbo
rot-kutubxona resurslaridan foydalanish asosida 0 ‘zbekiston
xalqining tarbdy, ma’naviy va madaniy merosidan foydalanuv-
chilarni bahramand etadi;
— axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni
ta’minlaydi;
358
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni
amalga oshiradi;
— yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
madaniy, ta’lim, axborot dasturlari va loyihalarini hamda
boshqa dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun
ta ’lim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati
organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan
hamkorlikni rivojlantiradi.
Axborot-resurs markazlari qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Axborot-resurs mar-
kazlarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
Axborot-resurs markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 0 ‘z-
bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tas-
diqlanadi.