axborot-kutubxona xizmati ко ‘rsatish — foydalanuvchilarning
axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash;
yig ‘ma elektron katalog — axborot-kutubxona muassasalarining
elektron kataloglari majmuyi;
foydalanuvchi — axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishi
uchun axborot-kutubxona muassasasida ro'yxatga olingan shaxs;
elektron katalog — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona re-
'surslari ro‘yxatining elektron shakli;
elektron kutubxona — axborot-kutubxona fondining elektron
shakli.
4-modda. Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari quyidagi-
lardan iborat:
— foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan
foydalanishini ta’minlash;
— foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy,
madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart -
sharoitlar yaratish;
— milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga
ko‘maklashish, 0 ‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy
merosini saqlash;
— axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-
kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash.
2-bob. AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI SOHASINING DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI 5-modda. Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u axborot-ku-
23
-
403
353 www.ziyouz.com kutubxonasi
tubxona faoliyati sohasida maxsus vakolat bergan davlat organi
(bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuri-
tiladi) tomonidan amalga oshiriladi.