Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari:
— axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga ko‘mak-
lashadi;
— axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini
ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
— axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
— axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash
va malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi.
Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlami ham amalga oshirishi
mumkin.
24-modda.
Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi
xalqaro hamkorlik
Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik
0 ‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shart -
nomalariga muvofiq amalga oshiriladi.