Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini
tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan
mustaqil belgilanadi.
Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to ‘g‘risidagi axborotni o‘z
ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza
qilinishini tashkil etish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Yazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
21-modda.
Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar o‘z axborot
tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon
axborot tarmog‘iga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ulashi
mumkin.
Erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslarini o‘z
ichiga olgan axborot tizimlarining xalqaro axborot tarmoqlariga
hamda Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanishi faqat zarur
muhofaza choralari ko‘rilganidan keyin amalga oshiriladi.
22-modda.
Nizolami hal etish
Axborotlashtirish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgi
langan tartibda hal etiladi.
23-modda.
Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini