0 ‘ZBEK IST0N RESPUBLIKASI VAZIRLAR
MAHKAMASINING QARORI
ELEKTRON KUTUBXONA TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY
NIZOMNI HAMDA AXBOROT-KUTUBXONA
VA AXBOROT-RESURS MARKAZLARI DA VA
KUTUBXONALARDA TO‘LIQ MATNLI ELEKTRON
AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI
FONDINI YARATISH REJA-JADVALINI
TASDIQLASH HAQIDA
(2011-yil 5-iyul, № 198)
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011—2015-yil-
larda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-
kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihati-
dan rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
2011-yil 23-fevraldagi PQ 1487-sonli Qarorini bajarish yuzasidan
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
— Elektron kutubxona to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 1-ilo-
vaga muvofiq;
— axborot-kutubxona va axborot-resurs
markazlarida hamda
kutubxonalarda to‘liq matnli elektron axborot-kutubxona resurs
lari fondini yaratish reja-jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir
ligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat
va sport ishlari vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Fanlar akademiyasi, 0 ‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi, 0 ‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish
agentligi, 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi:
375
www.ziyouz.com kutubxonasi
— bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namuna-
viy nizom asosida idoraviy mansub axborot-kutubxona muassa
salarining kutubxona fondlari tarkibi va maqsadidan kelib chiqqan
holda ular tarkibida faoliyat ko‘rsatuvchi
elektron kutubxona
to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
— axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda
kutubxonalarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan to ‘liq matnli
elektron axborot-kutubxona resurslari
fondini yaratish reja-
jadvalining o‘z vaqtida bajarilishini ta ’minlash chora-tadbirlarini
ko‘rsinlar.
3.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish 0 ‘zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.N. Aripov zimma-
siga yuklansin.