bepul olish, shu jumladan, nashrlar va boshqa axborot-
kutubxona resurslarini hadya sifatida qabul qilish (o‘zining elek
tron axborot-kutubxona resurslari, ta’lim muassasalarining fakul-
tetlari, kafedralari va boshqa bo‘linmalari materiallari).
8.
Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondi quyida-
gilarni о ‘z ichiga oladi:
— axborot-kutubxona muassasasi fondlarida mavjud bo‘lgan
barcha axborot-kutubxona resurslari to‘g‘risida axborot mavjud
bo‘lgan elektron katalog;
— elektron nashrlar va hujjatlami yetkazib beruvchi turli tash-
kilotlardan oUngan elektron nashrlar va hujjatlar;
— axborot-kutubxona ma’lumotlar bazasi;
— darsliklar va o ‘quv qo‘llanmalari;
— davriy nashrlar;
— bosma nashrlarning elektron versiyalari, shu jumladan,
axborot-kutubxona muassasasi nashrlarining elektron versiyalari;
— axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga o‘tkazish
jarayonida axborot-kutubxona muassasasi tomonidan tashkil
etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ta’lim, madaniy-tarixiy vao‘quv
xususiyatiga ega bo'lgan elektron axborot-kutubxona resurslari.