axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori
—
axborot resurslarigayoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan
foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi >oiridik yoki jismoniy shaxs;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi —
qonun
bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori
tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga
yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi
va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot texnologiyasi
— axborotni to ‘plash, saqlash, izlash,
unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami
uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
axborot tizimi
— axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov
berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan,
tashkiliy
jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot tex
nologiyalari va aloqa vositalari.
4-modda.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurs
lari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish
hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hi-
sobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘na-
lishlari quyidagilardan iborat:
— har kimning axborotni erkin
olish va tarqatishga doir
konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resursla-
ridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
— davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy
axborot tizimlari,
shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxs-
larning axborot tizimlari asosida 0 ‘zbekiston Respublikasining
yagona axborot makonini yaratish;
— xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tar-
mog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
— davlat axborot
resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini
yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro
aloqada ishlashini ta’minlash;
366
www.ziyouz.com kutubxonasi
— axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab
chiqarilishini tashkil etish;
— axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari
bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;
— dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish
rivojlantirilishini
rag‘batlantirish;
— tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash va rag‘batlantirish, inves-
titsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
— kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy
tadqiqotlami rag‘batlantirish.