— axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va moni-
toringni tashkil etadi;
— axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini liimoya qilish choralarini amalga oshiradi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavf-
sizligi manfaatlarini ko‘zlab axborot xavfsizligini hamda axborot
tizimlaridan ustuvor foydalanilishini ta’minlaydi;
— qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi.
7-modda.
Axborot resurslari va axborot tizimlarining
huquqiy rejimi
Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi qu-
yidagilami belgilovchi normalar bilan aniqlanadi:
— axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllan-
tirish va axborot tizimlarini yaratish tartibini;
— axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk
huquqini;
— axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi
bo‘yicha toifasini;
— axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish
tartibini;
— axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibini.