— yig‘ma elektron katalog yordamida axborot resurslarini
birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va m a’lumot bazalarini
yaratish;
— joylarda axborotlashtirish va kutubxonachilik ishi sohasidagi
axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda
tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlash vazifasi yuklansin.
4. Quyidagilar:
— axborot-resurs tarmog‘i va axborot-kutubxona markazlari
sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
— axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarini yaratish
topshirig‘i 2-ilovaga* muvofiq;
— respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvo-
fiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash tarkibi 3-ilovaga*
muvofiq tasdiqlansin.
5. Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiq
lashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash:
— bir oy m uddatda belgilangan tartibda kutubxonalarni,
4-ilovaga** muvofiq, 0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va
sport ishlari vazirligi tizimidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
0 0 ‘MTVning 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi markazi, Xalq
ta’limi vazirligi hamda 0 ‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish
agentligi ixtiyoriga bepul o‘tkazishni hamda ular oqilona qayta
tashkil etilishini;
— ikki oy muddatda barcha kutubxona fondlarini zamonaviy
talablami hisobga olgan holda qayta ro‘yxatdan o ‘tkazish uchun
ekspert komissiyalari tuzilishini;
— ikki oy muddatda axborot-kutubxona va axborot-resurs
markazlari ishini belgilab beruvchi tegishli normativ hujjatlar ishlab
chiqilishini;
— axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari tanlov
asosida malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini;
— axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari yuksak sa
mara bilan faoliyat ko‘rsatishini hamda aholining barcha qatlamlari
ulardan bemalol foydalana olishlarini ta’minlasin.