Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Press-reliz
Bu firmalar, кофога1$1уа1аг, tashkilotlaming bo‘limlari, xiz- 
matchilari, PR byurolari yoki maxsus PR agentligi vositasida bepul 
tarqatiladigan qisqa yoki kengaytirilgan axborot. Press-relizni tashkil 
etish uchun quyidagi talablarga javob berish kerak:
• mazmunning, jumlalarning tushunarli va oddiy tilda berilishi;
• fikrlarning qisqa va yig'ma holda berilishi;
• bosh xatboshining keyingi xatboshilar bilan uzviy bog‘liqligi;
• asosiy fikrlarning belgi yoki qora chiziq bilan ajratilishi;
• asosiy fikrni 15—20 ta so‘zda bera olish;
• bosh xatboshidagi yagona fikr — yagona g‘oya keyingi 
abzaslarda davom etib borishi kerak.
Bosh xatboshining vazifasi kitobxonni birinchi fikrdanoq 
qiziqtirishdan iborat. Keyingi vazifasi tashrif qog'ozi o‘mini egallash.
22 - 40.1 
337
www.ziyouz.com kutubxonasi


Muharrirlar shu satr boshidanoq press-relizning asosiy maz­
muni haqida yakuniy xulosaga ega bo‘lishIari mumkin.
Bosh xatboshi press-relizni tuzuvchining mahoratidan, savod- 
xonligidan darak beradi. U muallifning kimligini bildiradi. Shu­
ning uchun matnni tuzishda quyidagilarga amal qilinadi:
• oshiqcha bironta ham so‘z bo‘lishi kerak emas;
• uslubning soddaligi.
Press-relizning quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart bo‘ladi:
1. OAVning xususiyati muhim yangilikdan iborat bo‘lishidir. 
Shuning uchun press-relizning muallifi gazetaga qanday yangilikm 
berish zarurligini, qanday va qaysi yo‘nalishdagi yangilikka ta- 
labgor ekanligini hamda qaysi yangilikni rad etishini bilishi zarur. 
Muallif press-reliz uchun gazetaga mos yangilikni topishi shart.
2. Yangilikning o‘z ta’sir doirasi bo'lishi kerak. Bu uni kim va 
kimga tarqatayotgani bilan belgilanadi. Buning uchun voqealar, 
hodisalar, faktlarni tushunuvchi auditoriyani aniqlash birinchi 
galdagi vazifa. Yangilikni mustaqil qabul qila olmaydigan, uni 
baholay olmaydigan omma faqat muallif fikrlariga, xulosalariga 
suyanadi, ya’ni agar u ishontira olsa, shunga ishonadi, ishontira 
olmasa, yangilikni qabul qilmaydi.
3. 0 ‘ziga xoslik yangilik berilayotgan tomonni hayratga sola 
bilish uchun zarur. Bu uning diqqatini yanada tezroq jalb etadi.
4. Asosiy shaxsning mashhurlik yoki taniqlilik darajasi. Tadbir 
markazida turgan kishining, masalan, Nobel, boshqa Davlat 
mukofotlari sohiblari, hukumat boshliqlari, badavlat tadbirkorlar 
va boshqalarning mashhurligi ham auditoriyani jalb etishga ta’sir 
qiladi.
5. Qarama-qarshilik yoki voqealardagi dramatizm.
Shunday qilib, ommani ishontirish mexanizmi voqealar
doirasini kengaytirish yoki qisqartirish imkonini beradi, 

Download 11,3 Mb.
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish