xil yo‘nalishda axborotlarni to ‘playdi. Ular esa gazeta, jurnal,
radio, televideniye, davlat
tashkilotlari, tijorat va boshqa tizimlarga
axborotni uzatadilar.
Vaqtli matbuot gazeta va jurnal nashrlaridan iborat bo‘lib,
mahalliy va xorijiy turlargabo‘linadi. Gazetalar, birinchi navbatda,
kundalik voqea va hodisalar haqida ma’lumot beradi, nashr etilish
muddatiga ko‘ra kunlik, haftalik, yakshanbalik bo'lishi mumkin.
Yo‘nahshiga, hududiy belgisiga ko‘ra umummilliy, respublika,
viloyat, tuman, shahar gazetalari; profiliga ko‘ra ommaviy, ixtisosli
bo‘ladi. Har bir gazetaning o‘z o‘quvchisi mavjuddir.
Jumallar ham, asosan, oylikva choraklikbo'ladi. Chiqish joyiga
ko‘ra mahalliy va umummilliy bo‘lishi mumkin. Jumallar ijtimoiy
vazifasiga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, badiiy-adabiy,
ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy-mutaxassislik kabi turlarga ajratiladi.
Radio o'zining hamma uchun
mansubligi va hamma joyga
mosligi bilan ajralib turadi. Radio maxsus joy va vaqtda, alohida
xabar tinglashni talab etmaydi. Uni boshqa ish bilan mashg'ul
bo‘la turib ham eshitish mumkin. Radio orqali kundalik axborot
materiallari bilan tanishib borish mumkin. Unda berilayotgan
xabarlar kunning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, m a’rifiy,
adabiy-badiiy va boshqa sohalariga oid bo‘ladi va tez eskiradi.
Televideniye — yanada kengroq kommunikativ imkoniyat-
larga ega. Tinglovchi bir yo‘la ham tinglashi va ham eshitishi mum
kin. Bunda berilayotgan axborotning ta’sirini unga mos tasvirlar,
musiqa ohanglari oshiradi. Televideniye axborotni to‘g‘ridan to‘g‘ri,
bevosita va ikki tomonlama qabul qilishga imkon beradi.
Bu bir
qaraganda, ikki shaxs o‘rtasidagi muloqotga o‘xshaydi. Radio va
televideniye eshittirishlari ham mahalliy va xalqaro turlarga bo‘linadi.
Jurnalistika — dolzarb axborotni to ‘plash, qayta ishlov berish
va matbuot, radio hamda televideniye orqali tarqatishga qaratilgan
ijtimoiy faoliyat sohasidir.
Bosma mahsulotlardan yillik hisobotlar, bukletlar, varaqalar,
dalil va raqamlar nashr qilingan turli varaqalar, plakatlar, otkrit-
kalar, taqvimlar, xatcho‘plar, turli mahsulot olib yurishga mo‘ljal-
langan sumka yoki paketlar ham kutubxona faoliyatiga boshqa
tashkilotlarm jalb etishga va kutubxona reklamasiga yordam beradi.
330
www.ziyouz.com kutubxonasi
Masalan, Litva, Latviya va Estoniyadagi kutubxonalar hainkor
tashkilotlar yordamida kutubxona tamg‘asi, biron-bir shior, kitob
haqida so‘zlarni berish bilan paypoqlar,
ruchkalar, turli xil sharf-
lar, maykalar, futbolkalar, kitob uchun xatcho‘plar chiqaradi,
tadbirlarda ularni sovg‘a sifatida tarqatadilar yoki turli xil o‘yin
g‘oliblariga taqdim qilishadi. Homiy va hamkor tashkilotlarga sovg‘a
sifatida ulashadilar.
Har qanday tashkilotda og‘zaki va yozma aloqa vositalari
qoMlaniladi.
Yirik tashkilotlarda, hatto ichki gazeta-yangiliklar
varaqasi, yillik hisobotlar, e’lonlar taxtasi, ichki video, Internet
yoki elektron pochta, rahbarlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Yangiliklar varaqasi aloqaning bosma vositalaridan biii. Uncha katta
bo‘lmagan varaqa arzon va qulay bo'lib, uni printerda chiqarib,
nusxa ko‘paytiruvchi apparatda ko‘paytirish mumkin.
Varaqa bosmaxona usulda ham tayyorlanadi. Varaqani tayyor
lash bilan quyidagi masalalar hal etiladi: biron-bir maqsadga ega
bo‘lgan
auditoriyani tanlash, maqolaning xil, nashr xarajati,
maqola hajmi, varaqaning chiqish davomiyligi, nusxasi, tarqatish
usullari. Varaqalar mavzuli ham bo‘ladi, ayrim chiqish sonlari
aniq mavzularga bag‘ishlanadi va har biri alohida ranglarda bezatiladi.
Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi ayrim kutubxonalar tajribasida
bunday vositalarning ko‘pchiligini ko‘rish mumkin. Finlandiya
kutubxonalari, hatto kutubxona nishoni yoki surati,
kitob shakli
tushirilgan maykalami ham ko‘plab nusxada chiqaradi va ommani
tashkil etuvchi guruhlarga tarqatadi.
Boshqa taslikilotlarni kutubxona faoliyatiga jalb etishda turli
hamkorlarga yoki shaxslarga jo ‘natiIgan xatlar, tadbirlar va das-
turlar — ko‘rgazmalar va ularda ishtirok etish, ochiq eshiklar
kuni, taqdimotlar, mukofotlash marosimlari, sayohatlar, aksiyalar
ham alohida ahamiyatga ega.
Bunday tadbirlar maxsus tashkil etilgan voqea yoki tadbir deb
ham yuritiladi. Ushbu tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish keyingi
paytda kutubxonalar faoliyatida ham ko‘p uchrab turibdi.