haqida axborot beriladi. Agar jurnalist anjuman mavzusi va
muammodan yiroqbo‘lsa, awaldan gazeta va jurnal uchun press-
reliz tayyorlanadi. Bunda tayyorlangan m a’lumot quyidagi tar
tibda bo‘lishi kerak:
• tashkilot haqida ma’lumot,
aniq nomi, faoliyat yo‘nalishi,
qisqacha tarixi, tarkibi, rahbarlar haqida m a’lumot, tashkilot
ko‘rinishining surati;
• anjuman dasturi, qatnashuvchi shaxslar haqida qisqacha
ma’lumot va ro‘yxati, foydali va muhim ma’ruzalarning qisqacha
bayoni, press-rehz matni.
Yirik anjumanlar paytida jurnalistlar uchun tadbir ishtirok-
chilaridan intervyu olish, suhbat olib borish va to ‘g‘ridan to ‘g‘ri
efirga uzatish uchun maxsus xonalar ajratib beriladi.
Konferensiyalar turli tashkilotlar o‘rtasida aloqalar o‘r-
natish va mustahkamlash,
professional, siyosiy va ishchan
jamoatchilik orasida yuzma-yuz holda m uam m olarni muho-
kama qilib, hal etish imkonini beruvchi samarali tadbirdir. Yirik
tashkilotlarda an’anaviy anjumanlar tele va videokonferensiyalar,
Internet konferensiyalari bilan to‘ldiriladi.
Ochiq eshiklar kuni OAV xodimlari, keng omma, mutaxas-
sislar uchun o‘tkaziladi.
Keng omma, asosan, mahalliy jamoat
chilik bunday tadbirga ko‘proq o‘z qiziqishlariga javob izlab ke-
lishadi, tashkilotchilar esa ularda o‘zlariga yaxshi va to ‘g‘ri mu-
nosabatni shakllantirishga hamda mustahkamlashga harakat qi-
lishadi. Ochiq eshiklar kunini tayyorlash va o‘tkazish mas’uliyatli
jarayon. Bunda tadbir dasturi va o‘tkazish ssenariysini tayyorlab
olish, boshqaruvchini tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Bosh-
qaruvchi so‘zga chechan, boy, xullas mahoratli notiq bo‘lishi
shart. Tadbirda mavzuga mos turli ko‘rgazmalar, ko‘rsatkichlar,
jadvallar, eng yaxshi yutuqlar, adabiyotlar, kutubxonaning imko-
niyatlari namoyish qilinadi.
Kutubxonalar tajribasiga PRni olib kirish va undan foydala-
nishda quyidagi qat’iy qoidalarga amal qilish zarur: tushunarli
xabar — bunda berilayotgan xabar aniq, tushunarli, qisqa,
mantiqan yuqori savodxonlik darajasida tuzilgan bo‘lishi kerak.
Jumladan, bitta g‘oya, bitta obraz joy olishi zarur. Bunda so‘zlaming
336
www.ziyouz.com kutubxonasi
soddaligiga erishish katta ahamiyatga ega. Aniq belgilangan manzil
yoki
shaxs
xabarni yoki axborotni kimga jo ‘natayotganingizni
awaldan aniq belgilang, kirn, manzili qayerda, hatto pochta
belgilarigacha aniq bo‘lishi xabarning har joyda adashib yurmasdan,
to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z egasiga borishiga zamin yaratadi, maqsadning
aniq bo‘lishi esa sizga hamkorlik qiladigan shaxsning, tashkilotning
siz bilan bundan keyin ishni davom
ettira olish imkoniyatini
belgilashda yordam beradi. Maqsadingizni aniq bilib va tushunib
olgandagina hamkorlik qilishga kiiishish mumkin, kirishimlilik fazitati
har bir kutubxonachi uchun juda zarur, ta’sirchanlik, munta-
zamlilik, birlik va turli-tumanlilik, ishchanlik ham bu ish jarayonida
muhim ahamiyat kasb etadi.
PR ishini amalga oshirishda bir narsani unutmaslik kerakki,
kitobxonni yolg'on so‘zlar bilan aldab boMmaydi, unga real, ha-
qiqiy narsa kerak, faqatgina imij emas. Shuning uchun ham ichki
aloqajuda zarur.
PR juda katta, chiroyli, dabdabali boMgani bilan,
ammo kam samara berishi ham mumkin. Real bog‘liq hayot, ha-
qiqat esa doimo yodda turishi zarur, PR hamma muammoni hal
etishi, yaxshi boshqaruvning o‘rnini bosa olishi mumkin emas.