Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

tashkiliy madaniyat
— 
qadriyatlar tizimi va undan foydalanish, avaylab-asrash, har bir 
ishga ishonch bilan yondashish va o‘zaro ishonch tuyg‘usi, umid- 
orzu, an’analarning qadriga yetish va uni boyitib, davom etti- 
rish, yangi shakllarini ishlab chiqish, me’yor va ramzlarga amal 
qilish; 
rahbarlik madaniyati
talablari va me’yorlariga bo'ysunish, 
aloqa va axloq me’yorlarini qo'llay olish.
Keyingisi — 
ta ’sirchanlik.
PR sohasida har bir ishda va har 
qanday kishi bilan muloqotda o‘ziga xos ta’sirchanlik kuchiga ega 
bo‘lish zarur va shundagina kutubxona xodimi qarshisidagi 
shaxsini, homiyni o‘ziga ishontirib, bo'ysundira olgan holda, o‘z 
faoliyatiga jalb qila oladi.
327
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ichki PR.
Bu ko‘proq kutubxonaning ichki tashkiliy mada- 
niyatigabog‘liq.
Kutubxonachilik amaliyotida ko‘proq iste’molchiga bo‘lgan 
munosabat, e’tibor qadrlanadi. Bunda har bir ishni va vazifani 
yorqin ko‘rsata olish, huijatni va xizmat turlarini keng tushuna 
bilish, ommani o‘rganish va tushunish, kutubxona jamiyatning 
bir funksional bo‘limi ekanligini tan olish, kutubxonachining 
tashabbuskorligi, yangilik, o ‘zgarishlarga moslashuvchanligi va 
ochiqligi, axborotni boshqara olishi, undan foydalana olish qo- 
biliyati, hujjatlarga va iste’molchilarga qiziquvchanlik hamda 
mas’uliyat bilan yondasha olishi qadrlanadi.
PR dasturini belgilashda quyidagilar hisobga olinadi:
1. 0 ‘zining va o‘zgalarning kimligini anglab, tushunib olish;
2. Xabaming yoki axborotning nimadan iborat ekanligini, 
mazmunini bilib olish;
3. Ommaning kimlardan tashkil topganini, uning tarkibini 
bilish;
4. Nima uchun va nima maqsadda axborot berilayotganini 
aniqlab olish;
5. Axborotni berishda qanday usullar, uslublar va vositalardan 
foydalanish zarurligini;
6. PRning qanday natijaga ega bo‘lishini, undan kutilayotgan 
natijani bilish.
Samarali va ta’sirli PR dasturini amalga oshirish uchun har 
bir kutubxona rahbari kutubxona mavqeyini to ‘g‘ri belgilashi, 
uning jamiyatda tutgan o‘rnining qay darajada ekanligini bilishi, 
istiqbolli rejalarni belgilashi uchun vaqt-vaqti bilan siyosiy, iq­
tisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarni va ularning ta ’sirini 
o‘rganib, tahlil qilib borishi zarur. Shunda kutubxona missiyasi, 
maqsadi va vazifalarini aniqlab olish mumkin bo‘ladi. Natijada, 
kutubxonaning eng kuchli va yaxshi hamda ijobiy tomonlarini, 
imkoniyatlarini, zaif va kuchsiz tomonlarini, uning ishiga xalaqit 
beruvchi va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ko‘ra bilishi hamda 
uni boshqalarga ham ko'rsata oladi.
Omma uchun berilayotgan xabar eng asosiy axborotdir. U to‘g‘- 
ridan to‘g‘ri berilishi, biron-bir vosita yordamida uzatilishi, ochiq
328
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoki boshqa ma’lumotlar ichida bo‘lishi mumkin. Bunda biz nima 
to‘g‘risida xabar berishimiz va nimani yetkazayotganimizni aniq- 
ravshan aniqlab olmog‘imiz kerak.

Download 11,3 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish