«oltinfondlar»
ning tashkil etilishidir. Toshkent davlat
san’at
va madaniyat instituti asosiy kutubxonasi — hozirgi axborot-resurs
markazida ana shunday fond tashkil etilgan. Fondga institutning
sobiq o‘qituvchilari, mehmonlar, turli xalqaro va mahaUiy jam-
g‘armalar tomonidan sovg‘a qilingan adabiyotlar jamg‘arilgan.
11.
Xayriya jamg ‘armalarini
tashkil etish — fandrayzingning
bir ko‘rinishi. Xayriya jamg‘armalari kutubxonalarda ko‘ngilli-
lardan, badavlat yoki tadbirkor shaxslar tomonidan baholi qud-
rat ajratilayotgan mablag‘lar evaziga tashkil etiladi. Ana shunday
jamg‘arma Respublika bolalar kutubxonasida ham tashkil etilgan.
324
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xayriya jamg‘armalarida to ‘planayotgan mablag‘lar kutubxonaga
yangi adabiyotlar olishda, ommaviy tadbirlarda ishtirokchilarni
ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishda, kutubxonani jihozlash va
bezatish maqsadida ishlatiladi.
Pablik rileyshnz
Fandrayzingni tashkil etishda Pablik rileyshnz (PR) alohida
ahamiyatga ega. Public — inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, uning
500 dan ortiq m a’nosi mavjud: jamoatchilik, ijtimoiy, umumiy,
ommaviy, xalq, maqsadli guruh, tashkilot-muassasa, institut,
kutubxona va boshqalar. Pablik rileyshnz, asosan, ijtimoiy mu-
nosabatlar tushunchasini anglatadi, ya’ni tashkilot, muassa-
saning faolligini, obro‘-e ’tiborini oshirish maqsadida ijtimoiy
fikrni tashkil etish ma’nosida. Bu turli yo'llar bilan, ayniqsa,
ommaviy axborot vositalari yordamida amalga oshadi. PR — dav
lat boshqaruv organlari, ijtimoiy tuzilmalar va fuqarolar o‘rta-
sidagi butun jamiyat manfaati va qiziqishi yo‘lida o‘zaro bog'liq-
likni o'rnatish san’atidir.
Pablik rileyshnz tushunchasi quyidagicha tavsiflanishi mumkin:
• keng va mahalliy jamoatchilik fikriga ta’sir etish maqsadida
olib boriladigan muntazam va rejali faoliyat;
•tashkilotni jamoatchilik bilan, jamoatchilikni tashkilot bilan
bog‘lash jarayoni, bunda quyidagi funksiyalarni ko‘rish mumkin;
•tashkilot va jamoatchilik o‘rtasidagi o‘zaro foydali muno-
sabatlarni o‘rnatish, aniqlash va qo‘llash bo‘yicha boshqaruv va-
zifasi;
• tashkilotga foyda va omad keltiradigan darajada qaror qabul
qilishda maslahat berish;
• tashkilot bilan jamoatchilikning aloqasini boshqarib borish.
PR faoliyatining asosiy yo‘nalishi ommaviy axborot vositalari,
tadbirkorlar, davlat va mahalliy boshqaruv organlari, investorlar
bilan ishni tashkil etishdan iborat.
Yuqoridagi xususiyatlar ilgaridanoq turli xil ko‘rinishlarda
namoyon bo'lgan. Masalan, kishilarni ijtimoiy birlashtirish maq
sadida ibtidoiy jamoa davridanoq o‘yin va qo‘shiqlardan foydala-
325
www.ziyouz.com kutubxonasi
nishgan. Bu tadbirlar davomida nutq, ritorika, sahna mahorati
shakllangan, rivojlantirilgan, uning yordamida auditoriyani bosh-
qara olish xususiyati antik davrdanoq rivojlanib kelgan.
PR tushunchasi birinchi marta 1807-yilda Amerika Qo‘shma
Shtatlari prezidenti T. Jefferson tomonidan qo‘llanilgan. 1900-yili
Bostonda Garvard universiteti qoshida PR agenturasi tashkil
etiladi. D. Rokfellerning press-boshqaruvchisi Ivya Li jurnalis-
tikada PRni qo‘llashga asos soldi va uning shiori «jamoatchilik ax
borot bilan ta’minlanishi shart» ifodasidan iborat edi.
PR nazariyasi, amaliyoti va mutaxassisligining asoschisi Edvard
Bemauz bo‘lib, yaratilgan birinchi darslikning muallifi, ilk muallimi
edi, 60 yillik umrini, bilimi va tajribasini PR sohasiga bag‘ishladi.
XX asrda texnika vositalari rivojlana borishi bilan axborotga
bo‘lgan talab va intilish, uning tarqalish doirasi kengaydi. 1904-yili
Pensilvaniya shtatidagi universitetda «Publicit» xususiy ofisi tashkil
etildi. 1918-yili birinchi marta PR fan sifatida Illinoys shtati uni-
versitetining o‘quv rejasiga kiritildi.
Dastlab, PR, asosan, jumahstika fakultetida o‘qitildi. 1923-yili
Zigmund Freyd PR asoslariga bag‘ishlangan birinchi kitobini yozdi.
1930-yillarga kelib, Amerikada PR menejmentning mustaqil tarkibi
va vazifasi sifatida shakllandi. 1948-yilda Amerikada PR jamiyati
tashkil etildi. Keyinchalik Rossiya tijorat va davlat tizimidagi
tashkilotlar ham PRni o‘zlarining faoliyatiga faol kirita boshlashdi.
PR boshqa xorijiy mamlakatlar kutubxonalari tajribasida ham
awaldan keng qo‘llanilib kelingan. Masalan, Germaniya kutub-
xonalarida maxsus PR byurolari tashkil etilgan bo'lib, ular kutub
xonada olib boriladigan barcha PR ishlari bilan shug‘ullanadi. Bunda
alohida PR bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishlaydi va ulardan
quyidagi fazilatlarga ega bo‘lish talab etiladi:
• aqllilik, qiziquvchanlik, sezgirlik;
• tasawur eta bilish, yumorni tushuna bilish;
• vazminlik, epchillik;
• tahliliy va tashkiliy mahoratga ega bo‘lish;
• har qanday kishi va tashkilotlar bilan aloqa bog‘lash qobiliyati;
• turli xil auditoriya bilan bog‘lana olish va ishlay olish;
326
www.ziyouz.com kutubxonasi
• savodli yoza olish, muammolarni tezda ilg'ay olish va
shakllantira olish;
• tafovutlarni, muammolarni hal eta bilish, muloqotlarni o‘rnata
bilish;
• kompyuter savodxonligi.
PRning quyidagi asosiy vazifalari belgilangan:
• boshqaruv vazifasi;
• rejali va muntazam ish olib borish;
• ikki yo‘nalishda aloqa olib borish;
• o ‘zaro bir-birini tushunish.
PR bir vaqtning o'zida ham marketing, ham reklama, ham
targ‘ibot, ham boshqaruv qarorlariga ta ’sir etish amaliyotidir.
Ijtimoiy-siyosiy, texnologik va professional talablarning o‘zgarib
va o‘sib borishi, insoniyatga va jamiyat hayotiga OAVning kuchi va
ta’sirining oshib borishi, kutubxonalarning maqom va imijining
pastlashib borganligi, boshqa sohalarga nisbatan oylik maoshlaming
kamligi, bozor va biznesning ijtimoiy hayotga ta’siri kutubxonalar
faoliyatiga PRni olib kirishni talab etdi. PR kutubxonalar imijini
ko‘tarish, ommani axborot bilan muntazam ta’minlash, jamoat -
chilikning tayanchiga, madadiga erishish va tashqaridan mablag1
jalb etish, o‘z obro‘sini oshirish va himoya qilish maqsadida qo‘lla-
niladi. PRnmg maqsadi kutubxona maqsadiga mos kelishi shart.
Kutubxonalar faoliyatida PRni qo'llash jarayonida o‘ziga xos
tashkiliy madaniyat talablariga amal qilinadi. Bulami quyidagi
ko‘rinishlarda ajratib ko‘rish mumkin:
|