oila a’zolari va ular haqidagi barcha ma’lumotlarni ham bilib
olishga harakat qilishadi. Bu qanchalik aniq va to ‘liq amalga
oshirilsa, fandrayzing bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning unumi
shunchalik yaxshi natija beradi. Agar homiy sifatida xalqaro
tashkilot yoki xayriya jamg‘armalari tanlangan bo‘lsa, endi ular
ning
bir-biridan farqini, afzalligini va ulardan nima kutish
mumkinligini aniqlab olish zarur. Bular, masalan, xalqaro do-
norlik tashkilotlari: Davlat donorlari — USAID, USIS, Yev-
rosiyo jam g‘armasining vositachilari, AYREKS.
Bular eng
talabchan va byurokrat tashkilotlar bo‘lib, ularning dasturi kuchli
talabgorlarga qaratilgan, loyiha va hisobotlarni yozish va ras-
miylashtirishga juda qattiq talab bilan yondashadi.
Xususiy donorlar — MakArturlar, Rokfeller jamg‘armasi,
Soros jamg‘armasi (2004-yiIgacha mamlakatimiz madaniyat va
ilm maskanlari bilan ishlagan) va boshqalar.
Bular loyihalarni va
hisobotlarni yozishda soddalik va osonlikni talab qiladi. Jam-
g‘armalar va xususiy tashkilotlaming vositachilari — ISAR. Ular
o‘z jamg‘armalariga ega emas, ammo boshqalarning mablag‘ini
jalb etishda vositachilik qilib, jamoatchilikni xabardor qilishadi,
talablarni rasmiylashtirishda yordam bergan holda, ularni
baholaydi, tanlaydi, mablagMarni
sarflashni nazorat qiladi, do-
norga hisobot yozishda yordam beradi.
Homiylarni aynan sizning tashkilotingizni qo‘llab-quwat-
lashga ishontirish uchun nima qilish kerak? Fandrayzing ishining
muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun tashkilotning yoki loyihaning
maqsadini aniq belgilab olish zarur. NNT o‘zining bozoriga va o‘z
xaridoriga ega. Agar ana shu bozor talablari, xaridorning qizi-
qishlari
aniqlab olinmasa, boshqa tashkilotlar bilan ishlab bo‘l-
maydi va urinishlar kam samara beradi. AKM axborot-kutubxona
xizmati ko‘rsatayotgan tashkilotlar va kishilarning talab hamda
ehtiyojlarini to‘la-to‘kis bilib olingandagina siz ularning qiziqish-
larini himoya qila olasiz va ularni homiylarga yetkaza olasiz.
4.
Siz tashkilotingiz yoki loyihangizning g‘oya va maqsadlarini
homiyga yoki donorga yetkazib berish uchun aniq rasmiylashtira
olishingiz kerak va bunda quyidagilarga e’tibomi qarating:
317
www.ziyouz.com kutubxonasi
• Sizning tashkilotingiz qanday maqsad yo‘lida faoliyat ko‘r-
satmoqda?
• 0 ‘z maqsadingizga erishish uchun qanday rejalaringiz bor?
• Sizning tashkilotingiz kimlarga xizmat ko‘rsatadi yoki
kimlarning qiziqishini himoya qiladi?
• Nima uchun donor aynan shu maqsadlarni amalga oshi-
rishga o‘z hissasini qo‘shishi kerak?
• Nima uchun aynan sizning tashkilotingizni mablag4 bilan
ta’minlashi zarur?
M a’lumotlar qisqa, ishonchli va to ‘g‘ri bo‘lishi shart.
Jahon kutubxonachiligida chetdan m ablag‘ jalb etishning
juda ko‘p yo‘llari ishlab chiqilgan va qo‘llaniladi.
Ularning ay-
rimlari ko‘proq samara bersa, ayrimlari esa kamroq samara be
radi. Har birining o‘ziga yarasha salbiy va ijobiy tomonlari bor.
Fandrayzingning u yoki bu usulini tanlash va qo‘llash kutub
xonaning imkoniyati, u joylashgan va xizmat ko‘rsatayotgan
hududning xususiyatlari va fandrayzerning mahorati darajasiga
bog‘liq. Masalan, reklama usuli katta auditoriyani qamrab olsa-da,
ammo
kamroq samara beradi, ko‘proq jamoatchilik fikrini jalb
etishda, shakllantirishda qo‘llaniladi. Mamlakatimiz axborot-
kutubxona faoliyatida XX asrning 90-yillaridan boshlab fandray
zingning quyidagi usullari qo‘llanib kelinadi:
1.