Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

ikkinchidan,
ehtiyojlarning shakllanishiga, xizmat ko‘rsatishga, 
mavjud so‘roqlarga faol ta’sir ko‘rsatadi.
«Fandrayzing» tushunchasi —
inglizcha 
fund-raising
degan ikkita 
so‘zdan tashkil topgan: birinchisi, moliyalashtirish, vositalarni 
qimmatli qog‘ozga aylantirish, ikkinchisi, ko‘tarish, o‘stirish, ya’ni 
о zining mablag‘ini ko‘tarish (oshirish)ni eplash m a’nosini 
anglatadi. Iqtisodga oid lug‘atda «fandrayzing» — 
fund-raising
310
www.ziyouz.com kutubxonasi


piogrammes
mablag lami to‘plash dasturi, kapitalni mobiliza- 
tsiya qilish deb berilgan. Shunday qilib, kutubxonalar faoliyatida 
fandrayzing — bu moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini 
qidirish, topish va faoliyatga jalb etish ma’nosini anglatadi.
Mamlakatimizning kutubxonachilik sohasida katta ijtimoiy 
o‘zgarishlar yuz berdi. Kutubxona imijini ko‘tarish, ma’naviy 
qiyofasini o‘zgartirish, ijtimoiy salohiyatini oshirish, jamoatchilik 
orasida kutubxonalar mavqeyini ko‘tarish yoMida turli ish usul- 
larini qo‘llashga kirishildi. Shulardan biri budjetdan tashqari pul 
topish yo‘llari bo‘lib, kutubxonalar ehtiyojini qondirishda muhim 
omillardan biridir.
Respublika axborot-kutubxona faoliyatida axborot-resurs 
fondlarini qaytadan tashkil etish, hozirgi zamon talablariga mos, 
kishilarning ma’naviyatini, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini boyitadigan 
adabiyotlar bilan to ‘ldirish, kutubxonachilik ish va shakllarini 
takomillashtirish, asosiysi, zamonaviy axborot texnologiyalari- 
dan axborot-kutubxona faoliyatida unumli foydalanish davr ta- 
labiga aylandi.
2006-yil 0 ‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan 
«Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni 
tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarorga ko‘ra, XXI asr kutubxonasi 
hamma bilim sohalari bo‘yicha va jami yo‘nalishdagi kitobxon­
lar uchun axborot markazi, turli yo‘nalishda ta’lim va tarbiya 
markazi, kitobxonlar vajamoat tashkilotlari, mashhur kishilarning 
muloqot maskani, turli ommaviy tadbiiiar, ilmiy anjumanlarni 
o‘tkazish dargohiga aylandi.
Bugungi kun kutubxonachisi esa har tomonlama barkamol 
inson, bilimli, aqlli, tadbirkor, tashabbuskor, kuch-qudratga 
ega, nutq madaniyati, salohiyati kuchli inson, o‘z kasbining 
mohir ustasi, turli kishilar bilan ishlay oladigan shaxs, pedagog 
va psixolog bo‘lishi lozim. Bu kutubxonachidan muntazam 
ishlashni, bilim olishni, jamiyat va hayotda yuz berayotgan 
voqealar bilan bab-baravar odimlashni, yangiliklarni tez ilg ab 
olishni, eng yaxshi ilg‘or tajribalarni kutubxonalar faoliyatiga 
olib kira bilishni talab etadi.
311
www.ziyouz.com kutubxonasi


Endilikda kutubxona xodimi tadbirkor va tashabbuskordir. Shu 
yo‘l bilan u axborot-kutubxona maskanining imijini oshirishga, 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, xodimlarning ijtimoiy 
va moddiy manfaatdorligini ko‘tarishga, o ‘z kasbining ma’naviy 
qiyofasini o'stirishga ta ’sir qiladi. Buning uchun, u albatta, bud- 
jetdan berilayotgan mablag* bilan qanoatlanmay, jahon tajribasida 
qo‘llanilib kelinayotgan qo‘shimcha daromad topish yo‘llarini 
mukammal o ‘rganishi va amalda qo‘llay olishi zarur. Ayniqsa, 
2011-yil 23-fevralda qabul qilingan Prezidentimizning «2011 — 
2015-yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari negizida 
axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini sifat jihatdan 
yanada takomillashtirishning chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi Qa- 
rori va 2011-yil 13-aprelda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respub- 
likasining «Axborot-kutubxona faoliyati to ‘g‘risida»gi Qonuni 
bu yo‘nalishdagi ishlarga keng yo‘l ochib berdi. Bu hujjatlarda 
davlat budjetidan tashqari homiylar va xususiy daromad yo‘li bilan 
faoliyat sifatini osliirish haqida gap boradi.
Fandrayzing insoniyat qalbida ezgulik, yordamga muhtoj 
kishilarga xayr-ehson qilish, yordam berishga asoslanadi va u 
mehr-shafqat hissi paydo bo‘lgandan beri turli ko‘rinishlar va 
shakllarda qo‘llanilib kelingan. «Avesto»da ham muhtojlarga xayr- 
ehson qilish, hadislarda esa qo‘lga kiritilgan daromadning ma’lum 
bir qismini Olloh yo‘lida yetim-yesirlarga, muhtojlarga ehson 
qilish zarurligi aytilgan. Xalqimizda azal-azaldan fandrayzing - 
ning dastlabki ko‘rinishlaridan biri — hashar yo‘li bilan qo‘li 
qisqalarga yordam ko‘rsatish, hamma uchun kerak bo‘lgan 
inshootlar, kutubxona binolari, uy-joylar qurilishlari amalga 
oshirilganini tarixiy manbalardan bilamiz. Lekin bular ilmiy 
jihatdan asoslab berilmagan edi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 350 yil muqaddam fandray­
zing qo‘llanila boshlangan, deb ko'rsatiladi. Tarixdan ma’lumki, 
1601-yili qirolicha Yelizaveta maktablar qurilishi uchun yordam 
berayotgan firmalarni davlat solig‘idan ozod qilish 

Download 11,3 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish