Shtatdagi xodimlar, kutubxona yoki
boshqa tashkilot fao-
liyatiga jalb qilingan shaxslar, maslahatchilar, ko‘ngillilar yoki
volontorlar esa
mehnat resurslari
hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, axborot-kutubxona muassasalari nodavlat
notijorat
tashkiloti emas, ular davlat budjetidan mablag1 bilan
ta’minlanadigan tashkilotlar. Shunday ekan, fandrayzingni ku
tubxonalar faoliyatiga kiritish nima uchun kerak? M a’lumki,
budjetdan ajratilayotgan mablag‘ kutubxonalar ehtiyojini to‘liq
qondira olmaydi. Moddiy-texnika negizini yaratish,
kutubxonalar
fondini zarur adabiyotlar bilan to ‘ldirish, ommaviy tadbirlarni
tayyorlash va o‘tkazish, nashriyotchilik faoliyatini olib borish
uchun ko‘plab mablag1 kerak bo‘ladi. Texnika vositalari,
yozuv
qurollari, ayniqsa, adabiyotlarning narxi juda qimmat.
Yana bir tomoni, adabiyotlar nashrining adadi juda kam. Bu
esa aholining axborotga bo‘lgan talabini to ‘liq qondirishda
muammolar paydo qiladi. Fandrayzing kutubxonalarga tevarak-
atrofdagi iqtisodiy baquw at tashkilotlar, homiylar,
xususiy
firmalar, shaxslar bilan aloqa o ‘rnatish, hamkorlik qilish, ho-
miylar topish, ularga qiziqishlari, ehtiyojlari doirasida axborot
xizmati ko‘rsatish, axborot bilan ta ’minlab turish,
kutubxona
ishiga volontorlarni jalb etish, boy shaxsiy kutubxonalar fondini
kutubxonaga olish bilan mablag1 topish imkonini beradi.
Mustaqillik yillarida tashkil topgan ko‘pgina nodavlat notijorat
tashkilotlari o‘z faoliyatlarini tashkil etish va yuritishda jahon
tajribasida tez ommalashib ketgan usullardan foydalana boshladilar.
Respublikamiz kutubxonalarida ham ko‘pgina ish shakllari-
ning u yoki bu usuli qo‘llaniladi. Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘z-
bekiston Milliy kutubxonasi, Respublika bolalar kutubxonasi,
deyarli oldingi barcha viloyat ilmiy-universal kutubxonalari turli
mavzularda, turli maqsadlar yo‘lida
grant olib, kutubxonalarni
zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta ’minlash, asbob-
uskunalar sotib olish, kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan
to‘ldirish, kitobxonlarga axborot xizmati va bepul Internet xizmati
ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishgan. Chirchiq
shahar kutubxonalari
mahalla qo‘mitalari bilan birgalikda o‘smirlar, maktab o‘quvchilari
www.ziyouz.com kutubxonasi
va yoshlar orasida ta lim-tarbiyaviy ishlarni olib borish uchun
hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, har bir ommaviy tadbir uchun ho-
miylarva ko‘ngillilardan ko‘pgina miqdorda mablag1 to‘pIashga
erishilmoqda. Shaxsiy kutubxona fondlarini kutubxona fondiga olish
bo‘yicha ham juda ko‘p kutubxonalar ma’lum tajribaga egalar.
2002-yili Toshkent viloyat «Turon» axborot-kutubxona mar
kazi (awalgi universal ilmiy kutubxonasi) qoshida viloyat ku
tubxonalar assotsiatsiyasi kutubxonalarning yangi ish usullari
yuzasidan qator seminar mashg‘ulotlari o‘tkazdi. Seminarlarda
turli xalqaro jam g‘armalar va mahalliyjamg‘armalar, Respub
lika kutubxonalar assotsiatsiyasi vakillari qatnashishdi.
Seminar-
larning bir mashg‘uloti aynan kutubxonalar faoliyatiga fandray-
zingni olib kirish masalasiga bag‘ishlandi va «Kutubxonada
fandrayzing» deb nomlandi. Bu tadbir «IREX» jamg‘armasi
mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Unda klassik fand
rayzing, uning mohiyati, negizi, kutubxonalar tizimida fandray-
zingni tashkil etish, rejalashtirish, Pablik rileyshnz, 0 ‘zbekis-
tonda fandrayzing, uning ko‘rinishlari, press-reliz va turli boshqa
tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Seminarlar davomida
barcha vilo-
yatlar kutubxonalari uchun murabbiylar tayyorlandi.