20 - 40.1
305
www.ziyouz.com kutubxonasi
kabi xizmatlar uchun xarajatlar beriladi. Ijtimoiy nafaqalar, asosiy
vositalarni olish uchun mablag'lar aniqlanadi.
Smetani rasmiylashtirish va tasdiqlash.
Smeta loyihasi uch
nusxadatuziladi. Loyihaga asosnoma yoki tushuntirish xati ilova
qilinadi. Xatda o‘tgan yilgi smeta moddalarining bajarilishi tahlil
qilinib, rejalashtirilgan yil uchun talab etiladigan mablag‘lar
ajratilishi asoslab beriladi. Smeta rahbar va bosh hisobchi imzosi
bilan tasdiqlanib, yuqori tashkilotning moliya bo‘limiga jo ‘nati-
ladi va tasdiqdan o‘tgach, Moliya vazirligida ro‘yxatga olinadi.
Kichik kutubxonalarda tuman, shahar moliya bo‘limlari tomo
nidan ro'yxatga olinadi.
Budjetdan tashqari (maxsus) mablag‘lar uchun ham alohida
smeta tuziladi. Unda ham asosiy smeta kabi 1,2, 3-guruh modda-
laridan iborat bo‘ladi. Maxsus mablag‘larb o ‘yicha kirim-xarajat
smetasida o‘tgan yilgi foyda vabu yilga mo‘ljallangan foyda ko‘rsatiladi.
Kutubxona hisob-kitob bo‘limi orqali moliya bo‘limlariga
moliyaviy hisobot topshiradi. Bu ajratilgan va amalda to ‘langan
foyda summasi haqidagi va jismoniy shaxslardan foydaga nisbatan
ushlab qolingan soliqlar haqidagi m a’lumot bo‘ladi. Budjetdan
tashqari nafaqa fondiga o‘tkazilayotgan summa alohida varaqada
ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya tomonidan har chorakda yuqori tashkilotga
xarajatlar smetasining 1-shakli b o ‘yicha bajarilgan balansi,
2-shakli bo‘yicha budjet mablag‘larining sarflanishi, 2-inno-
vatsiyalar (agar kutubxonada grant asosida ish olib borilayotgan
bo‘lsa) smetasi bo'yicha bajarilishi haqida hisobot, debitor va
kreditorlik qarzlari bo‘yicha ma’lumotnoma, boshqa budjetdan
tashqari jalb qilingan mablag‘lar sarfi bo‘yicha hisobot topshirib
turiladi. Bunda tegishli jadvalda yil boshiga va hisobot berila-
yotgan vaqtga ko‘ra, xarajatlar aniq yoritib beriladi.
Buxgalteriya 1-mehnat shakli bo‘yicha Davlat statistika qo‘-
mitasiga hisobot topshiradi. Bu hisobot davridan keyingi oy-
ning 4-sanasigacha topshirilishi shart. Hisobotning 1-bo‘limi
xodimlar soni va ish haqi, 2-bo‘limi xodimlar soni va ishchi kuchi
harakati haqida ma’lumot jo ‘natiladi.
306
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 xizmat shakli
choraklik hisobot boclib, aholiga pulli xiz
mat ko‘rsatish to ‘g‘risidagi ma’lumotdan iborat. Unda kelib tush-
gan mablag yil boshidan, hisobot oyida deb alohida ko‘rsatiladi.
2-xizmat shakli — bu oylik hisobot bo‘lib, hisobot davridan
keyingi oyning 3-sanasigacha topshiriladi. Bunda tegishli jad-
vallarda xizmatlar turi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi va
tushgan foyda summasi ko‘rsatiladi.
XX asr oxiriga kelib, ilg‘or mamlakatlar tajribasida ancha
yillardan beri qo'llanib kelinayotgan fandrayzing usuli bizning
AKM, ARM va kutubxonalar faoliyatiga ham kirib keldi.
Fandrayzing «budjetdan tashqaridan mablag‘ topaman», «mab
lag1 jalb qilaman» ma’nosini anglatadi. Fandrayzing aslida no-
davlat, notijorat tashkilotlari uchun qo‘llanilib kelingan. Chunki
ularni davlat budjet bilan ta’minlamaydi, ular o‘zlarini o‘z!ari
mablag1 bilan ta’minlash asosida faoliyat yuritadi.
Kutubxonalar davlat tashkiloti va davlat budjeti asosida ish
yuritadi. Ammo budjetdan ajratilayotgan mablag‘ hamma davrda,
hamma mamlakatlarda ham kutubxonalar ehtiyojini to ‘liq
qondirolmaydi. AKM jamg'armasini to‘liq va mukammal to‘l-
dirish, texnika vositalari va kompyuter vositalarini olish, ommaviy
tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun zarur ehtiyojlarga
mablag‘ ko‘pincha yetishmaydi. Shuning uchun fandrayzing
usullari yordamida qo‘shimcha mablag1 topib, ish yuritayotgan
kutubxonalar talaygina. Fandrayzingning resurslari: pulli-a’zolik
badallarini yig'ish, xayriya jamg‘armalarini tashkil etish, maq-
sadli moliyalash dasturlari, grantlar ishlash, tijorat faoliyatidan
tushgan mablag‘, qarz-investitsiyalar, pulli xizmat ko‘rsatish
usullari; moddiy asbob-uskunalar, xususiy binolar, chiqim
mollari, yozuv qurollari, bepul ko'rsatilgan xizmat; mehnat —
AKM, ARM va kutubxona faoliyatiga jalb etilgan shaxslar,
maslahatchilar, ko‘ngillilar yoki volontorlar.
Fandrayzing — boshqalami AKM, ARM va kutubxonaning
faoliyati e’tiborga loyiq yoki arzirli ekaniga ishontirish san’ati va
u haqidagi fan. Fandrayzingni olib borish usullari: maxsus
tadbirlar — xayriya kitob yoymalari, konsertlar, festivallar, spek-
takllar, sport musobaqalari; pochta tarqatmalari — xat va xabarlar:
307
www.ziyouz.com kutubxonasi
xayr-ehson yig‘ish, telefon orqali muloqotga chiqish; shaxsiy
muloqot; AKM, ARM va kutubxonalarda oltin jam g‘armalarni
tashkil etish; xayriya jam g'arm alarini tashkil etish. Fandray-
zingni tashkil etishda Pablik rileyshnz (PR) katta ahamiyatga
ega. Uning 500 dan ortiq m a’nosi mavjud: keng va mahalliy ja-
moatchilik fikriga ta ’sir etish, AKM, ARM va kutubxonani
jamoatchilik bilan, jamoatchilikni AKM, ARM va kutubxona bi
lan bog‘lash, o‘zaro foydali munosabatni shakllantirish, uni
boshqarish. Bu faoliyatda ommaviy axborot vositalari, radio,
televideniya, Internet, axborot agentliklari, gazeta va jurnal,
jurnalistika, bosma mahsulotlar, xatlar, tadbirlar va dasturlar,
taqdimot, davra suhbati,- ko‘rgazmalar, kitob yarmarkalari,
konferensiyalar, ochiq eshiklar kuni kabi tadbirlar yordam beradi.
Fandrayzing bilan yirik kutubxonalarda alohida boMim, ki-
chik AKMda mutaxassis xodimning o‘zi shug'ullanadi. Buning
uchun mutaxassis xodimdan og‘zaki va yozma savodxonlik, nutq
mahorati, bilim, tashabbus, madaniyatlilik, muloqot madaniyati,
xushmuomalalik, uddaburonlik talab etiladi. Savodxonlik da-
rajasi press-reliz ishini olib borishda juda zarur. Bu jamoatchilik va
ommaviy axborot vositalarini AKM, ARM va kutubxona faoliyati
bilan bog‘lash hamda unda dolzarb masalalar haqida o ‘z vaqtida
axborot berib borishdir.
Mustaqil 0 ‘zbekistonning kuch-qudrati manbayi xalqimiz-
ning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat,
tenglik, ahil qo‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtak-
larini asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda.
Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi tarixiy bosqichi kelajakda buyuk
davlat egasi bo‘ladigan komil insonlarni tarbiyalab, voyaga yetka-
zish mas’uliyatini zimmamizga yukladi. Odob-axloqli, mada-
niyatli komil inson, birinchi navbatda, o‘z Vatanini, milliy tili,
urf-odati, tarixi, yuksak bilimi, mustaqil o‘qish ko‘nikmasini
hosil qilgan, ma’naviyatli, avlod-ajdodlari yaratgan san’at javohir-
larini jilolantirmog‘i, umuminsoniy qadriyatlardan xabardor
bo‘lmog‘i lozim. Inson erkinligi, huquqlari, qadr-qimmati 0 ‘zbe-
kistonda fuqarolik jamiyatining oliy maqsadini tashkil etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jamiyatimiz har bir insonni e’zozlash, uning turmushini
yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini o'stirish, qobiliyatini har
tomonlama rivojlantirish uchun siyosiy, iqtisodiy, huquqiy,
madaniy asoslar yaratmoqda. Bularning hammasi Asosiy qonu-
nimizda o‘z ifodasini topgan. Fan-texnika taraqqiyoti ijodga va
rivojlanishga, o‘qish va o‘qitishga, milliy, hududiy hamda dunyo
miqyosidagi muammolarni hal qilishga doir asarlarni, matbuot
materiallarini targ‘ib qilish, elektron ma’lumotlarni foydalanuv-
chiga yetkazish kutubxonachilarning vazifasidir.
Hozirgi kunda AKM, ARM va kutubxonalarga qo‘yiladigan
talablar shulardan iboratki, o‘tmish ajdodlarning ko‘p asrlar
davomida ta’lim-tarbiya sohasida orttirgan boy, ijobiy tajribasini
o‘zlashtirish asosida yosh avlodni 0 ‘zbekiston mustaqilligini
mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan umumiy ishda faol
ishtirok etadigan fidoyilar qilib kamol toptirishga alohida e’tibor
berilmoqda.
|