amalga oshiriladi. Kitob savdosi xodimlari mijozlari bilan kelgusi
munosabat uchun shartnomalar tuzib olish, raqobatchilar haqida
axborotga ega bo‘lish mumkin.
Ko‘rgazmalar yonida
mutaxassis sharhi uyushtirilsa, kitob
reklamasi yoki ko‘rgazmaning ta’siri yanada oshadi.
Ko‘rgazmalar namoyish etilayotgan mahsulotni harakatga
keltirishda iqtisodiy samara beruvchi vosita.
Bunda joy, vaqt,
mahsulot narxi, yashash va maosh xarajatlari nazarda tutiladi.
Ko‘rgazma bir vaqtning o‘zida katta auditoriyaga mahsulot haqida
keng ma’lumot beradi, mijozlarning shaxsan va bevosita tanishib
chiqishlari hamda xulosa chiqarishlariga imkon yaratadi. Namoyish
etilayotgan kitob haqida keng va tushunarli m a’lumot berish,
mijozlar qiziqishini o‘rganish, talablarini aniqlash imkonini beradi.
Ko‘rgazma televideniye orqali namoyish etilishi, u haqda radio
va vaqtli matbuot sahifalarida ma’lumot berib borilishi mumkin va
bu qo‘shimcha reklamani tashkil etadi. Ko‘rgazma tadbir davomida
turli mashhur kishilarning o‘ta do‘stona muhitda uchrashuvlariga
va fikr almashuvlariga sharoit yaratadi. Ko‘rgazma tashkilotning
imijini oshirishga, jamoatchilik o ‘rtasida ta’sir doirasini kengay-
tirishga, yangi hamkorlar va homiylar topishga yo‘l ochadi.
Shunga qaramay, ko‘rgazmaning salbiy tomonlari ham mav
jud. Bular: tasodifan kelib qolgan kishilarga tadbirning ta ’siri
kamroq bo'ladi, katta ko‘rgazmalar uchun joy
muammosi ham
paydo bo‘ladi, agar boshqa ishlab chiqarish tashkilotlarining
ko‘rgazmasi uchun kutubxonalar ijaraga joy berish imkoniyatiga
ega bo‘lsa, kutubxona
uchun yaxshi imkoniyat, ammo kichik
kutubxonalarda bunday tadbirlarni o‘tkazish biroz mushkulroq.
0 ‘z joyiga ega bo‘lmagan tashkilotlar uchun ijaraga joy olish ham
anchagina qiyinchilikni keltirib chiqaradi.
Tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan muammoga javob
topib, qiziqishlari doirasida kelgusi ish yo‘nalishlarini, usulini,
texnologiyasini belgilab olishadi. Yangi tanislilar orttirish, namoyish
etilayotgan kitoblarni o‘z qo‘llariga olib, bevosita tanishib chiqish,
xulosa chiqarish lmkoniga ega bo‘lishadi. Bir vaqtning o ‘zida
raqobatga kirishayotgan boshqa mahsulotlarni ham ko‘radilar.
Tadqiqotchilaming fikriga ko‘ra, 50 % qatnashuvcliilar yangi
334
www.ziyouz.com kutubxonasi
mahsulotlarni, xizmat turlarini ko‘rish ishtiyoqida keladi. De-
mak, taslikilotchilar ko‘rgazmam tashkil etishda
namoyish etilishi
ko‘zda tutilayotgan kitob yoki xizmat turining, boshqa vositalar-
ning dolzarbligiga, yangiligiga alohida e’tiborni qaratishlari lozim.