bir muvaffaqiyatli tadbirni ko‘pchilikka, jamoatchilikka taqdim
etish marosimidir. Buni tayyorlash
bosqichlari quyidagilardan
iborat:
•
maqsadni aniqlab olish.
Maqsad yangi kitobxonlarni jalb
etish, jamoatchilik o‘rtasida kutubxona imijini ko‘tarish, ku
tubxonaning qiyofasini namoyish etish,
yangi homiylami jalb
etish, ko‘ngillilar safini kengaytirish, mahalliy OAV bilan aloqani
mustahkamlashdan iborat bo‘1 ishi mumkin;
•
g ‘oyani shakllantirish.
Bunda asosiy g‘oya
nimadan iborat
ekanligini ko‘rsatish, tadbirni o ‘tkazish
joyi va vaqti, tadbir
ishtirokchilari va tashkilotchilarimng tarkibi, zarur sarf-xarajatlar
belgilab olinadi.
Taqdimotni, asosan, tushdan keyingi vaqtga
mo‘ljallab o‘tkazish va davomiyligini 1,5—2 soatga m o‘ljallash
maqsadga muvofiqdir. Tadbir 1 — 1,5 soatga m o‘ljallangan bir
piyola choy yoki qahva atrofidagi suhbat bilan yakunlanadi.
Tadbirga taklif etilayotganlar uchun awal dan tadbir mavzusi,
g‘oyasi va maqsadi, o‘tkazish joyi va vaqti, hatto yetib kelish
vositalari aniq ko‘rsatilgan taklif qog‘ozlari tarqatiladi. Qog‘ozlar
tashkilotchilar tomonidan tarqatilsa, ishtirokchiga bo‘lgan hur-
mat alohida bildirilgan bo‘ladi va uning, albatta, tadbirga kelishiga
yana bir qadamdir.
Tadbir ssenariysini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Tadbirni tashkilot rahbari yoki PR xizmati rahbari ochadi va olib
boradi.
Boshqaruvchi so‘zga boy, chechan, nutq madaniyati rivoj-
langan, o‘ta
muomala madaniyatiga ega, o‘zini sahnada yoki
ko‘pchilik orasida yaxshi tuta oladigan bo‘lishi zarur. Buning
uchun u awaldan tayyorgarlik ko‘radi, tadbirning ravon, xatosiz
va kamchiliksiz bo‘lishi uchun tadbir ssenariysini tayyorlab oladi.
Ssenariy quyidagi tartibda tuziladi:
• boshqaruvchi tadbir mazmuniga ko‘ra,
tashkilot rahbarlari
vaxodimlarini kelgan mehmonlarga tanishtiradi yoki boshqa-
larga alohida ajralib turgan ishtirokchilarni tanishtiradi;
• tadbir mazmunidan kelib chiqib, 7—12 minut vaqtda uning
asosiy g‘oyasini ko‘rsatuvchi, dolzarb, asl va ijodiy, ilmiy va badiiy
332
www.ziyouz.com kutubxonasi
yangilikka ega bo‘lgan kitob ko‘rgazmasi, videofilm, kompyuter
xonasi, turli xil dasturlar namoyishi o‘tkaziladi;
• so‘ngra boshqaruvchi asosiy muammoga oid fikr va mulo-
haza bildiruvchilarga so‘z beradi. So‘zga chiquvchiga 2—5
minut
vaqt ajratiladi;
• tadbir tashkilotchilari savollarga javob beradi;
• mehmonlarga taklif va mulohazaJarini, tabrik so‘zlarini, izoh
va istaklarini bildirishlari uchun navbat beriladi;
• taklif etilganlarga sovg'alar (nishonlar, kutubxona varaqalari,
kutubxona surati tushirilgan mayka, taqvim va boshq.) ulashiladi;
• norasmiy qismda tashkilotchilar va mehmonlarga o‘zaro
munosabat o‘rnatish, fikr almashish, boshqa tashkilotlar bilan
aloqa bog‘lash uchun imkon beriladi.