|
Microsoft Office ilovalarini boshqa foydalanuvchilar tomo- nidan ruxsatsiz o‘zgartirilishidan himoyalash
|
bet | 45/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,93 Mb. | | #228057 |
Bog'liq Atadjanova Nozima Oquv qollanma 123 oxiri c2a31-converted 2.Microsoft Office ilovalarini boshqa foydalanuvchilar tomo- nidan ruxsatsiz o‘zgartirilishidan himoyalash
Microsoft Office ilovalarini parolli himoyalashni ko‘rib chiqamiz. Hujjatga, ishchi kitobga va taqdimotga parol o‘rnatish.
Hujjat, ishchi kitob va taqdimotga parol o‘rnatish uchun:
«Office» tugmasini bosing, so‘ng Сохранить как ... buyrug‘ini tanlang.
Сервис bandini, so‘ng Общие параметры buyrug‘ini tanlang.
Quyidagilardan birini yoki har ikkalasini tanlang:
Agar hujjatni ko‘rishdan saqlamoqchi bo‘lsangiz, u holda Изме- нение пароля для открытия файла maydoniga parol kiriting.
Agar hujjatga kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlamoqchi bo‘lsangiz, u holda Пароль для изменения maydoniga parol kiriting.
Пароль для открытия файла buyrug‘i tanlanganda kuchaytirilgan shifrlash amalga oshiriladi. Пароль для изменения buyrug‘i tanlanganda shifrlash usullari qo‘llanilmaydi. Bu buyruq foy- dalanuvchining ishonchli hamkorlar bilan ishlashi uchun ishlab chiqil- gan bo‘lib, faylni himoyalash uchun mo‘ljallanmagan.
Ikkala parolni tayinlashda - biri faylga ruxsatsiz kirishdan himo- yalash uchun bo‘lsa, ikkinchisi hujjatning mazmunini muayyan ham- korlar tomonidan o‘zgartirishga ruxsat berish hisoblanadi. Bunda parol- larni turlicha bo‘lishiga e’tibor bering.
Boshqa hamkorlar tomonidan faylni tasodifan o‘zgartirishlardan asrash uchun Рекомендовать только для чтения ga belgi qo‘ying. Fayl ochilganda hamkorlarga « только для чтения» rejimi taklif etiladi.
OK tugmasini bosing.
Parolni tasdiqlash uchun uni yana bir marta kiriting va OK tug- masini bosing.
Сохранить tugmasini bosing.
|
| |