|
Laboratoriya ishi №1. Mavzu: Axborotlarni ximoyalovchi dasturiy vositalar bilan ishlash. Ishning maqsadiBog'liq DJALOLETDINOV H
Laboratoriya ishi №1.
Mavzu: Axborotlarni ximoyalovchi dasturiy vositalar bilan ishlash.
Ishning maqsadi: Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari. Axborot
xavfsizligini ta’minlash qonunchiligini o`rgatish.
Kutilayotgan natija: Talabalarda axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari
hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning maqsadlari haqida amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi.
Laboratoriya jihozlari: Kompyuter, Windows operatsion tizimi, Antivirus va arxivaror
dasturlari.
Nazariy ma’lumotlar.
Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga
quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir.
Axborot xavfsizligi – bu axborot foydalanuvchilariga va ko’plab axborot tizimlariga zarar
keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni
va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir.
Axborot xavfsizligini ta’minlash tamoyillari quyidagilar xisoblanadi:
–Ma’lumotlar butunligi – axborotni yo’qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek
ma’lumotlarni mualliflik huquqi bo’lmagan holda hosil qilish yoki yo’q qilishdan himoya qilish.
–Axborotning konfedentsialligi – axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va
unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz nusxa ko’chirishning oldini olish
ta’minlangan bo’ladi.
–Foydalanish huquqlariga, ya’ni mualliflikka ega barcha foydalanuvchilar axborotdan
foydalana olishliklari.
Axborotlarni xavfsizligini ta’minlashda ma’lumotlarni arxivlash va ularning ahamiyati
quyidagicha.
Axborot xavfsizligi tahdidlarining turlari sun’iy va tabiiy tahdidlardir.
SUN’IY.
• Tasodifiy.
|
| |