|
Laboratoriya ishi №13
|
Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 131,66 Kb. | | #105894 |
Bog'liq 13-tajriba ishi
Laboratoriya ishi №13
Multivibratorlar haqida umumiy ma’lumotlar
Chiqish kuchlanishi shakli sinusoidal shakldan farqli bo‘lgan qurilmalar keng qo‘llaniladi. Bunday tebranishlar relaksatsion tebranish deb atalib, generatorning boshqa turidir. Multivibrator (lotincha so‘zlar multim— ko‘p va vibro— tebrataman) — relaksatsion impuls generatori impulsi deyarli to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda bo‘lib, musbat teskari aloqali kuchaytirgich ko‘rinishidagi qurilmadir.
Multivibratorlar ikki turga bo‘linadi: avtotebranishli (turg‘un holatga ega bo‘lmaydi) va kutuvchi (bir turg‘un holatli, shuning uchun birvibrator deb ataladi).
Multivibratorning ishlashi kondensator C da energiya yig‘ilib, R qarshilikda razryadlanishiga asoslangan. Bu ulab-uzish tranzistorli kalitda amalga oshiriladi.
Multivibratorlarni bipolyar tranzistorlarda, operatsion kuchaytirgichlarda amalga oshiriladi.
Tranzistorli multivibrator. Ishlash prinsipi, ossillogrammalari
Multivibrator ikki kaskadli musbat teskari aloqali RC- kuchaytirgichdan iborat. Buning uchun ikki kaskadli UEli ulangan sxema (3.1-rasm) yoki ikkita invertirlovchi o‘zgarmas tokli operatsion kuchaytirgich ishlatiladi.
Multivibratorni uyg‘otish uchun ikki shart bajarilishi — fazasi va amplitudasi balansda bo‘lishi kerak:
faza balansi: cpta + cpy = 0°;
amplituda balansi: &p > 1 .
Teskari aloqa omili (3 = 1 va
kuchaytirgichning faza siljishi (Py = 0 bo‘lib, UE sxemali ikki kaskad bilan amalga oshiriladi.
Bipolyar tranzistorli multivibratorlar, odatda, kollektor- baza aloqali simmetrik sxemadan tuziladi (3.2- rasmga qa- rang). Sxema simmetrikligi joylashgan elementlarining bir
xilligini bildiradi: rezistorlar Rkl = Rkl, Rk\ = Rk2 va kon- densatorlar Cl=C2; tranzistorlar parametrlari bir xil.
Yuklama va qayta ulanish elementlari bir turdagi MDYA - tranzistorlarda hosil qilingan kalitlar texnologik qulay va universal hisoblanadi. Shu sababli, ular KIS va bevosita aloqali O‘KISlarda keng qo‘llaniladi. KIS yana QUE bo‘lib kanali induksiyalangan MDYA - tranzistorda, YuE - esa o‘tkazuvchanlik turi bir xil bo‘lgan kanali qurilgan MDYA - tranzistorda hosil qilingan kalitlar ham qo‘llaniladi. Bunday kalitlar yordamida nochiziqli, kvazichiziqli va tokni barqarorlovchi yuklamali invertorlar hosil qilish mumkin.
Bir turdagi va komplementar MDYA - tranzistorlar asosida tayyorlangan elektron kalitlarning statik parametrlarini kо‘rib chiqamiz.
Bir turdagi MDYA - tranzistorli elektron kalit. n - kanali induksiyalangan MDYA - tranzistorli bunday kalit sxemasi 8.1- rasmda keltirilgan.
Zatvori stok bilan ulangan VT2 tranzistor YuE hisoblanadi. Bunday tranzistor dinamik yuklama deb ataladi. VT2 tranzistorning VAXi quyidagi mulohazalardan kelib chiqadi. Zatvor stok bilan ulanganligi sababli, tengsizlik bajariladi. Bu yerda VT2 tranzistorning bo‘sag‘aviy kuchlanishi bo‘lib, zatvordagi kuchlanish dan ortib ketsagina unda kanal induksiyalanadi va tranzistor ochiladi. Demak, tranzistor to‘yinish rejimida bo'ladi.
8.1-rasm. Dinamik yuklamali MDYA - tranzistorli kalit.
Bu rejimda VT2 tranzistoming VAXi formulaga asosan quyidagi ko‘rinishda yoziladi
(8.1)
BTdagi kabi, MDYA — tranzistorlarda bajarilgan kalitlar ham, statik rejimda qoldiq tok (berk holatda) va qoldiq kuchlanish (ochiq holatda) bilan ifodalanadi.
Kalit quyidagicha ishlaydi. Agar VT1 ning zatvoriga kuchlanish berilsa ( VT1 ning bo‘sag‘aviy kuchlanishi), bu tranzistor berk bo‘ladi. Berk holatda kalit orqali VT1 ning stok p - n o‘tishidan teskari tokka teng bo'lgan qoldiq tok oqib o‘tadi. Uning qiymati dan katta emas. Shuning uchun chiqish kuchlanishi o‘zining maksimal qiymatiga yaqin bo'ladi: (8.2-rasmdagi A nuqta). Qoldiq kuchlanish ni esa grafo - analitik va analitik usulda aniqlaymiz. Buning uchun VT1 tranzistorning (2-egri chiziq) bo‘lganda o‘lchangan stok xarakteristikasining bo‘lishi va unda VT2 tranzistorning (8.1) formula yordamida aniqlangan yuklama chizig‘ini o‘tkazish kerak (1- egri chiziq). Chiqish xarakteristikasining yuklama chizig‘i bilan kesishgan В nuqtasi qoldiq kuchlanish va to‘yinish toki ni ishchi qiymatlarini belgilaydi.
Kalit to‘yinish tokini deb faraz qilib, analitik usulda (8.1) formuladan aniqlash mumkin
8.2-rasm. Stok xarakteristikasida ishchi nuqtalarningjoylashishi.
tokni VT1 ning kanal qarshiligi ga ko‘paytirib va deb faraz qilib, qoldiq kuchlanishni aniqlash mumkin:
8.2
(8.2) formuladan ko‘rinib turibdi-ki, qoldiq kuchlanish qiymatini kamaytirish uchun bo'lishi kerak. Eslatib o‘tamiz, tranzistorning nisbiy tiklik qiymati В birinchi navbatda kanal kengligi Z ni uning uzunligi L ga nisbati (Z/L) bilan aniqlanadi. Bundan, qayta ulanuvchi tranzistorning Z/L qiymati imkon qadar katta, yuklama vazifasini bajaruvchi tranzistorniki esa - imkon boricha kichik bo'lishi kerakligi kelib chiqadi. Texnologik jihatdan kalitlarda ta’minlanadi. Kalitdagi statik rejim va o‘tish jarayonlarining tahlili ko‘rsatadi-ki, tezkorligi va iste’mol quvvati nuqtayi nazaridan kuchlanish manbai optimal hisoblanadi. Mazkur shartlarda qoldiq kuchlanish 50-100 mV oralig'ida yotadi.
Komplementar MDYA — tranzistorli elektron kalit. Bir turdagi MDYA - tranzistorlarda hosil qilingan kalitlarning kamchiligi shundaki, tranzistor ochiq bo‘lgan statik rejimda kalitdan doim tok oqib o'tadi. Komplementar, ya’ni o‘tkazuvchanlik kanallari turi qarama-qarshi bo‘lgan MDYA - tranzistorlar asosida tayyorlangan elektron kalit bu kamchilikdan holi (8.3-rasm). QUE sifatida n - kanali induksiyalangan MDYA - tranzistor (VT1), YuE sifatida esa p — kanali induksiyalangan MDYA - tranzistor (VT2) qo‘llanilgan. QUE sifatida n - MDYA - tranzistorning asosi kuchlanish manbaining musbat qutbiga, p - MDYA — tranzistorning asosi esa sxemaning umumiy nuqtasiga ulanadi. Kirish signali ikkala tranzistorning zatvorlariga bir vaqtda beriladi. Sxema quyidagicha ishlaydi. Agar bo‘lsa, u holda bo'ladi, demak, n - MDYA - tranzistorda kanal induksiyalanmaydi, ya’ni tranzistor berk holatda bo'ladi. Bu vaqtda VT2 ning zatvorida bo‘ladi.
Bu vaqtda chiqish kuchlanishi manba kuchlanishiga deyarli teng bo‘ladi:
bo‘lsin. U holda , bo‘ladi. Demak, n - MDYA tranzistorda kanal induksiyalanadi, ya’ni VTI ochiq, p - MDYA tranzistor, ya’ni VT2 esa berk bo‘ladi.
8.3-rasm. KMDYA tranzistorli elektron kalit (invertor).
Bu vaqtda umumiy zanjirdagi tok avvalgidek ga teng bo‘ladi. Kalit chiqishidagi qoldiq kuchlanish (8.2) ifodadan, indekslar o‘rnini almashtirib aniqlanadi:
Qoldiq kuchlanishning kichikligi komplementar kalitlarning afzalligi hisoblanadi. Sxema ikkala holatda ham quvvat iste’mol qilmasligi bu kalitlarning yana bir afzalligi hisoblanadi.
Ishni bajarish tartibi: Ushbu tajriba ishi Proteus dasturida amalga oshiramiz.
8.4-rasm.
Tranzistorli elektron kalitlar qanday parametrlar bilan xarakterlanadilar?
Elektron kalit qanday elementlardan tashkil topgan?
Elektron kalit yasashda qanday qurilmalardan foydalaniladi?
RISlarda qo 'llaniladigan kalit turlarini aytib bering.
|
| |