• Linux operatsion (amaliy) tizimi.
  • UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar
  • DOS oilasiga mansub operatsion tizimlar




    Download 37,95 Kb.
    bet7/8
    Sana05.12.2023
    Hajmi37,95 Kb.
    #111960
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Laboratoriya ishi-4

    DOS oilasiga mansub operatsion tizimlar. Bu oilaning birinchi vakili - MS DOS tizimidir (Microsoft Disk Operating System - Microsoft firmasining diskli operatsion tizimi). Bu operatsion tizim 1981- yilda IBM PC paydo bo’lishi munosabati bilan chiqarilgan. DOS oilasining operatsion tizimlari bir vazifali bo‘lib, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

    • EHM li interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi;

    • tizimni EHMning boshqa turlariga o‘tishni soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi;

    • operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi (640 Kbayt). DOS operatsion tizimi oilalarining jiddiy kamchiligi shaxsiy kompyuterlar va operatsion tizim zaxiralariga ruxsatsiz kirishdan muhofaza vositalarining yo‘qligidir.

    Linux operatsion (amaliy) tizimi. O’zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991 yili Linus Torvalds tomonidan ishlab chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko’ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intra tarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo’llanadi.
    UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar. Bular 32 razryadli ko‘p vazifali bir necha kishi foydalanadigan operatsion tizimdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o‘zi turli kompyuterlarda - superkompyuterlardan shaxsiy kompyuterlargacha foydalaniladi. Bu hol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga qulay o'tkazish imkonini beradi. UNIXda taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofdan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkoni mavjud. UNIX da pochta xizmati - uning asosiy tarkibiy qismlaridandir. Hozirgi paytda UNIX uchun ko'plab miqdorda ilovalar mavjud. DOS va Windows uchun ommaviy bo‘lgan ilovalar UNIX da foydalanilishi mumkin. UNIX oilasida bir necha operatsion tizimlar mavjud. Bu oilaning turli versiyalari o‘z nomiga ega. UNIX operatsion tizimining faylli tizimi foydalanuvchiga va foydalanuvchilar guruhi darajasida fayllarga beruxsat kirishdan muhofaza etadi. Korxonalar tarmoqlari uchun mo‘ljallangan UNIX Ware 2.0-32 razryadli ko‘p (kishi)foydalanadigan ko‘p vazifali operatsion tizimlar UNIX oilasidagi tarmoqli operatsion tizimlar orasida keng tarqalmoqda.

    Download 37,95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 37,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DOS oilasiga mansub operatsion tizimlar

    Download 37,95 Kb.