LABORATORIYA ISHI №6.
MAVZU: TAQDIMOTLAR ISHLAB CHIQISHNING INSTRUMENTAL
Ishning maqsadi. Talabalarga taqdimotlar yaratish dasturi bilan ishlashni o‘rgatish.
Masalaning qo‘yilishi. MS PowerPointda taqdimotlar tayyorlashni o‘rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Power Point dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining Windows operatsion sistemasi dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, dastur prezentatsiyalar uchun qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish va ayrim hollarrda ma`lumotlar bazasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalari bajariladi.
Davlat ta`lim standartlari asosida, yangi pedagogik texnologiya elementlaridan
dars jarayonida foydalanish, masofali o‘qitishning namunasi sifatida Power Point dasturi yordamida turli dars mavzulariga oid ko‘rgazmali dars ishlanmasini tayyorlab namoyish etish mumkin. Windows OT ning multimedia imkoniyatidan foydalanib, Power Point dasturidan o‘quv jarayonida unumli foydalanilsa yuqori samaralar beradi.
Dasturning asosiy tushunchalaridan biri slayd va prezentatsiya tushunchalari hisoblanadi. Slayd-ma`lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi.
Prezentatsiya -
yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.
Masalan: Prezentatsiya1 - Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib, unda yaratilgan va yaratilayotgan prezentatsiyaning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni xoxlagan tarzda almashtirish imkoniyati mavjud.
MS PowerPoint dasturini ishga tushirish.
Asosiy menyu orqali
[Пуск]
[Программы]
[Microsoft PowerPoint] buyruqlar ketma ketligi amalga oshiriladi. Agar mavjud bo‘lsa, ish stolidagi dastur yorlig‘iga murojaat qilish ham mumkin. Natijada MS PowerPoint dasturi hosil bo‘ladi.
PowerPoint dasturida taqdimot yaratish turi va fonini belgilash.
Taqdimot yaratish turini
tanlash uchun menyuning Формат bo‘limiga kirib
Разметка слайда bandi tanlanadi. Bu yerda bir qancha ko‘rinishlar hosil bo‘ladi, ulardan birini tanlab olamiz(1-rasm).
1-rasm. 2-rasm.
Taqdimot yaratish turlari Taqdimot yaratish foni Taqdimot yaratish fonini hosil qilish uchun ham menyuning
Формат bo‘limiga
kiramiz
4a-rasm. 4b-rasm.