• Tashqi ko‘prik ish stansiya komp’yuteri tarmoq vazifalari- dan ham boshqa vazifalarni bajarishiga qarab ajratilgan
  • IP manzil haqida ma’lumot
  • Ana’naviy ko‘priklar ichki va tashqi turlarga ajratiladi




    Download 124,62 Kb.
    bet5/6
    Sana06.02.2024
    Hajmi124,62 Kb.
    #152016
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Laboratoriya ishi N2 Mavzu Kichik o’lchamdagi lokal kompyuter t

    Ana’naviy ko‘priklar ichki va tashqi turlarga ajratiladi.


    Tashqi ko‘prik aslida ish stansiyasini tashkil etadi va unda ikkita tarmoq adapteri o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu holda, ichki ko‘priklardan farqli tomoni shundaki tarmoq qismlari faqat bir turli bo‘lishi kerak (masalan, Ethernet- Ethernet).
    Tashqi ko‘prik ish stansiya komp’yuteri tarmoq vazifalari- dan ham boshqa vazifalarni bajarishiga qarab ajratilgan (dedicated, videlennim) yoki ajratilmagan (non-dedicat - ed, nevidelennim) bo‘lishi mumkin. «Tashqi» atamasi bu holda tarmoqdagi asosiy komp’yuter bo‘lgan serverga nis­batan ishlatilgan. Har qanday tarmoqda bir vaqtning o‘zida tashqi va ichki ko‘priklar yoki bir necha ko‘priklar bo‘lishi mumkin.



    IP manzil haqida ma’lumot


    IP manzil (o'qilishi (ay-pi adres) ingilizcha Internet Protocol)- Qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual adresidir.
    Internet va lokal tarmog'idagi qurilmalar bir-biri bilan IP protokoli orqali bir-birini IP adreslariga ma'lumot junatish orqali aloqa qilishadi. Bu aloqaning o'ziga yarasha qonun qoidalari bor va shu qonun qoida asosida bir IP manzil ikkinchi IP adresga xabar(paket) jo'natadi va shu qonun qoida protokol deyiladi.

    Bu takrorlanmas ip manzil qurilmada (komputer/router(marshrut)/..) emas balki tarmoq interfeysida bo'ladi.
    IP adreslarning xozirda ikki avlodi mavjud.
    1. IPv4 (Internet prtocolining to'rtinchi avlodi).
    2. IPv6 (Internet prtocolining oltinchi avlodi).
    IPv4 adres 32 bitdan tashkil topgan bo'ladi. Bitlar ikkilik sanoq tizimida 0 va 1 larni ifodalaydi. Demak IP manzil 32 ta 0 va 1 larning ketma-ketligidan tashkil topgan bo'ladi. Ikkilik ko'rinishda 11111111 11111111 11111111 00000000 bunday ko'rinishda yoziladi. Biz uchun bunday holatda o'qish qiyinchilik va tarmoqda chalkashlik xosil qiladi ya'ni eslab qolish yoki biron bir sonni noto'g'ri kirgazish. O'zimiz uchun qulay bo'lishi uchun o'nlik sanoq tizimiga o'tkazib foydalanamiz.
    32 bitlik adreslar sxemasida 4 mlrd dan ortiq ip larni tuzush mumkin.

    IPv6— yangi avlod hisoblanib, ipv4 dan farqli ravishda keng imkoniyatga ega. IPv6 128 bit dan tashkil topgan bo'ladi. IPv6 ning ko'rinishi quyidagicha fe80:0:0:0:200:f8ff: fe21:67cf. Manzillar ikki nuqta bilan ajratiladi. Bu ip manzillar facebook.com va shunga o'xshash mashxur saytlarga o'rnatilgan.
    Biz manzillarni o'nlik sanoq tizimida ishlatganimiz bilan tarmoq interfeyslari IP manzilni ikkilik ko'rinishi bilan ishlaydi. Shunda IP manzilning har-biri 8 bitdan iborat bo'lgan to'rtta oktetlardan tashkil topgan sonlar to'plami bo'ladi. Undagi har-bir bit o'z qiymatiga ega bo'ladi. IP manzil kiritilishini quyidagi turlari mavjud
    1.Static
    2.Dinamic
    Static ip manzillar foydalanuvchiga o'zgarmas ip manzil beradi. Masalan sayt yoki biron bir server va hakozolarning egasi bo'lsangiz.
    Dinamic ip manzillar esa o'zgaruvchan ip manzillar degani. Bu degani ip manzillarni boshqa kompyuterniki bilan bir xil bo'lib qolishidan himoyalaydi. Chuqurroq kiradigan bo'lsak, masalan internet pravayderining 4000 ta foydalanuvchisi bor, lekin real vaqtda 1000ta foydalanuvchi ishlaydi. Demak 1000 ta ip manzil yetadi degani va tarmoq administratorining vazifasini yengillashtiradi. Dinamic ip manzil bir martda beriladi kompyuterning tarmoqqa qayta kirganda unga yangi ip manzil beriladi. Bu degani, tarmoqqa ulangan har bir kompyuter, qayta ulanishni amalga oshirganda, har gal har xil IP manzil oladi.

    IP manzillar tarmoqda foydalanishiga ko'ra ikki xil buladi.
    1. global (real, beliy, oq)
    2. local (seriy)
    Lokal ip manzillar global tarmoqda ishlatilmaydi va bu ip manzillarga global ip manzil orqali kirib bo'lmaydi va xavfsizlik ta'minlanadi. Quyida lokal manzillarning ro'yxati keltirilgan, ular cheklangandir.


    Download 124,62 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 124,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ana’naviy ko‘priklar ichki va tashqi turlarga ajratiladi

    Download 124,62 Kb.