|
Fayl serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarni sanab o`tamiz
|
bet | 3/6 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 124,62 Kb. | | #152016 |
Bog'liq Laboratoriya ishi N2 Mavzu Kichik o’lchamdagi lokal kompyuter tFayl serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarni sanab o`tamiz.
1. Shaxsiy umumiy foydalanuvchi ma`lumotlarni faylli - serverda saqlash imkoniyatining mavjudligi. Shu bois umumiy foydalaniladigan ma`lumotlar ustida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi (Matnlar, elektron jadval va ma`lumotlar bazasini ko`rib chiqish, o`qish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidagi ma`lumotlar ko`p tomonlama ximoya qilinadi; umumiy ma`lumotlarning Excel, Access kabi tarmoqli amaliy dasturlangan maxsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operasion tizimi orqali o`rnatilgan chegara doirasida bo`ladi.
2. Ko`pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo`ladigan dasturli vositani doimiy saqlash imkoniyati: U yagona nusxada fayl - server diskida bo`ladi. Shuni qayd etamizki, dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini buzmaydi. ko`pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo`lgan dasturli vositaga avvolo matn va grafik taxrirlovchi, elektron jadvallar, ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi va boshqalar kiradi. Ko`rsatilgan imkoniyatlar orqali quydagi ishlarni bajarish mumkin: Ishchi stansiyalarining lokal diskni dasturlangan vositalarni saqlashdan ozod qilish hisobiga tashqi xotiradan unumli foydalanish; tarmoq operasion tizim ximoya vositasi bilan dasturli mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli maxsulotlarni ishlashga layoqatli axvolda ishlab turishni va ularni yangilashni soddalashtirish, chunki ular fayl-serverda bir nusxada saqlanadi.
3. Tarmoqning barcha Kompyuterlar o`rtasida axborot almashish. Ayni paytda tarmoqdan foydalanuvchilar o`rtasida dialog saqlanadi, shuningdek elektron pochta ishini tashkil etish imkoniyati ta`minlanadi.
4. Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi omillar ta`minlanadi: har bir foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi;
5. Kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoniyati (malakasiz muomiladan himoyalangan holda); dasturli maxsulotlar sifatida bosishi O`qituvchi Kompyuterida bajarilgan ishlarni o`quvchilar Kompyuterida ko`rsatish; o`qituvchining Kompyuter monitorida o`quvchilar Kompyuterlari ekranlarini aks ettirish orqali o`quvchilar bajaradigan ishlarni nazorat qilish.
|
| |