|
Laboratoriya ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov asboblariningtasnifi
|
bet | 1/3 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 361,59 Kb. | | #150863 |
Bog'liq 3.1 Texnik mexanika-LAB-1
1-LABORATORIYA ISHI
LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI TALABALARNI MEXANIK SOHASIDAGI TADQIQOTLARNI EKSPERIMENTAL USLUBLARIGA O‘RGATADI.
Laboratoriya ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov asboblariningtasnifi
Laboratoriya ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov asboblari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
oddiy (chizg‘ich, o‘lchagichlar vaboshqalar);
shtrixli suriluvchan asboblar (shtangensirkul, shtangenreysmus, shtangentisho‘lchagich);
richagli mexanikaviy priborlar(indikatorlar).
Ko‘pchilik talabalar ushbu o‘lchov asboblari bilan avval o‘tilgan fanlardan laboratoriya ishlarida tanishishgan. Bu asboblar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot metrologiya bo‘yicha darslik, ma’lumotnoma va maxsus adabiyotlarda keltirilgan. Biz bu asboblar bo‘yicha talabalar
«Texnik mexanika» fanidan laboratoriya ishlarida foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan holatlarini eslatish bilan chegaralanamiz.
Shtangen asboblar
Laboratoriya ishlarida shtangenasboblardan ─ shtangensirkul, shtangenreysmus va shtangentisho‘lchagichlar ishlatiladi.
Shtangenasboblar chiziqli o‘lchamlarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Mashina detallari, uzatmalar, birikmalar o‘lchamlarini tajriba ishlarida aniqlash uchun shtangensirkul, shtangenreysmus va shtangentisho‘lchagich qo‘llaniladi.
Shtangensirkul ikki xil variantda tayyorlanadi.
Oddiy shtangensirkul (1.1-rasm, a) qo‘zg‘almas labli shtangada 4, harakatlanadigan qo‘zg‘aluvchan labli ramka 3, ramka bilan biriktiril- gan chuqurlik o‘lchagich sterjeni 5 va mahkamlovchi vint 2 dan tuzil- gan. 7 lablar qamrab olinadigan (vallar) o‘lchamni o‘lchash, 1 lablar esa qamraydigan (teshiklar) o‘lchamni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Shtangada 1 mm bo‘lakli asosiy shkala o‘yilgan, ramkada esa yor- damchi shkala (nonius) 6 o‘yilgan, nonius yordamida millimetrning o‘ndan bir miqdori o‘lchanadi.
1.1-rasm. Shtangensirkullar: a-oddiy; b-takomillashtirilgan
Noniusdan foydalanish tarzini 1.2-rasm yordamida tushunish mumkin. Noniusning o‘n bo‘lagi asosiy shkalaning to‘qqiz bo‘lagiga to‘g‘ri keladi. Demak, nonius bo‘laklari intervali 0,9 mm ekan. Shtan- gensirkul lablari bir-biriga tegib turganda noniusning nolinchi shtrixi asosiy shkala nolinchi shtrixiga to‘g‘ri keladi.
Agar ramkani o‘ngga 0,1mm ga siljitsak asosiy shkala shtrixi bilan noniusning birinchi shtrixi to‘g‘ri keladi, 0,2 mm ga siljitsak uchinchi shtrixi va h.k. to‘g‘ri keladi. Shaklda birinchi misolda asosiy shkala bilan noniusning to‘rtinchi shtrixi to‘g‘ri keladi (o‘lcham 3,4 mm), ikkinchi misolda esa yettinchisi to‘g‘ri keladi (o‘lcham 2,7mm).1.2-rasm. Nonius bo‘yicha o‘lchamni aniqlashmillimetrning butun son qismi asosiy shkaladan, kasr qismi (o‘nli kasr) esa noniusdan aniqlanadi.
Agar nonius bo‘laklari sonini o‘zgartirmay, bo‘laklar intervalini 1,9 mm ga uzaytirilsa, o‘lchamni aniqlash tamoyili o‘zgarmaydi, noniusdan foydalanish qulay bo‘ladi. Bunday uzaytirilgan noniuslar shtangenasboblarda ko‘p qo‘llaniladi, masalan, o‘lchash aniqligi 0,1 mm bo‘lgan oddiy shtangensirkulda (1.1-rasm, a).
Qo‘zg‘aluvchan labli ramkali mikrometr yordamida suruvchi moslamali shtangensirkul takomillashgan va aniq hisoblanadi. Bunda surish moslamasi mahkamlovchi vint 5 o‘rnatilgan surgich 4 va qo‘g‘aluvchan ramka 3 bilan bog‘langan gayka 8 va vint 7 orqali harakatlanadigan mikrometrik surgichdan iborat. Ramka 2 ning mahkamlovchi vinti bo‘shatiladi va surgich mahkamlovchi vinti 5 ni qotirib, gayka 8 ni asta-sekin burab, shtanga 6 ga nisbatan 3 ramkani surish mumkin.
O‘lchashdan oldin shtangensirkulning to‘g‘ri ishlashini tekshirish zarur. O‘lchovchi lablarning sirtlarida zanglash va yopishish izlari bo‘lmasligi kerak. Agar mahkamlovchi vint qotirilgan bo‘lsa, ramka liqillamasligi darkor. Lablarni tutashtirib, ular orasida tirqish yo‘qligi- ga va nonius 9 ning nolinchi shtrixi asosiy shkala nolinchi shtrixi bilan ustma-ust tushishini tekshirilishi zarur.
Shtangensirkul yordamida detallarni o‘lchashda ularning lablarini tutashtirib yoki o‘chib, ularning o‘lchanadigan sirt bo‘yicha yengil ishqalanish bilan surilishini ta’minlash kerak. Shundan so‘ng asosiy shkala va nonius bo‘yicha natija aniqlanadi. Agar silindrik lablar 10 yordamida ichki o‘lchamlar o‘lchansa, shtangensirkul ko‘rsatkichiga lablarda ko‘rsatilgan qalinliklar qo‘shiladi. 1 lablar bilan tashqi o‘lchamlar o‘lchanganda shtangensirkul ko‘rsatkichlariga hech qan- day qo‘shimchalar kiritilmaydi.
Shtangensirkullarning o‘lchash oraliqlari 0─125, 0─150, 0─160, 0─400, 250─630 oraliqlarda bo‘ladi.
Noniuslar o‘lchamlarni 0,1─0,05 mm aniqlikda o‘lchash imkonini beradi.
|
| |